partiyasida kuchli raqib bo'lib keldi.
122
Birmuncha ko'zga ko'ringan konservativ siyosatchilar qatriga kiruvchi Ikeda Xayato
boshchiligida xukumat o'zidan oldingilarini xatolarini xam jadal iqtisodiy o'sishga yo'l
ochuvchi yangi imkoniyatlarini xam xisobga olib ish tutdi. Ikeda kayshuqoq ichki
siyosatini o'tkazshi va ijtimoiy guruxlar o'rtasidagi to'qnashuvlarni qarama - qarshi
kuchlarni xildagi dialoglari yo'li bilan pasaytirishga intildi. Jamiatni ichki siyosiy
barqarorlashtirishga ko'rsatilgan bu takti tazim qilgan xolatda (teysi-sey) o'tkazilgan
siyosat nomini oldi.
1964 yilning kuzida bosh vazir Ikeda kassaligi tufayli istefoga chiqdi va LDP ichida
uzoq davom etgan kurashdan so'ng yetakchilik Yaponiya moliya va ishbilarmonlik
doiralari tomonidan qo'llab quvvatlangan Sato Eysakuga o'tdi. Undan partiya ichidagi
qarama-qarshi fraktsiyalarni birlashtirishni va muxolifat ta'sirini kuchayib borishiga
qarshi bir qadar qat'iy yo'l tutishini kutgan edilar. Sato hukumati Yaponiyani qayta
qurollantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va mehnatkashlar huquqlariga
qarshi hujumga o'tish uchun konstitutsiyaning qayta ko'rib chiqish zaruriyati haqida
fikr bildira boshladi. Urushdagi mag'lubiyatning barcha oqibatlarini yo'q qilishga
qaratilgan chaqiriqlar tarqatila bordi.
1960 yillarning ikkinchi yarmi 2000 yillarning boshlarida iqtisodiy rivojlanish.
1960 yillar davomida Yaponiya iqtisodiy o'sish sur'atlari bo'yicha boshqa rivojlangan
mamlakatlarni quvib o'tishda davom etdi. 1961-1970 yillarda YAMM (yalpi ichki
maxsulot)ning o'rtacha yillik o'sish sur'atlari Yaponiyada 11 foizni tashkil etgani
holda Buyuk Britaniyada bu ko'rsatgich 2,8 foizdan AQSHda esa 4,1 foiznigina
tashkil etdi. 1951 - 1970 yillarda sanoat ishlab chiqarishi Yaponiyada yiliga o'rtacha
15,2 foizni, yuqorida keltirilgan mamlakatlarda tegishlicha. Agar 1950 yili butun
kapitalistik ulushi 1,7 foizni tashkil etgan bo'lsa, 1970 yilga kelib bu ko'rsatgich 10
foizga yetdi.
Yaponiyaning 1960-yillarda iqtisodiy rivojlanishining yuqori sura'tlari bir qator
olimlar bilan belgilanar edi. Ulardan eng muhimlaridan birini anchayin yuqori mehnat
123
unumdorligi sharoitida ish haqining past darajada bo'lganligi tashkil etardi. Binobarin,
Yaponiyada qayta ishlovchi sanoatda ishchilarning real ish haqlari 1969 yilda
AQSHdagiga nisbatan 4 marta, Angliya va GFRdagiga nisbatan 40 foiz kam edi.
Sarmoya jamg'arishi davlatni qo'llab quvvatlashi sharoitida muntazam yuqori darajada
qolmoqda edi.
Asosiy sarmoyaga investitsiyalar ulushi YAlpi Milliy mahsulotga nisbatan 1969 yili
Yaponiyada 35,2 foizni, boshqa rivojlangan mamlakatlarda - AQSHda 14 foizdan,
Frantsiyada 25,4 foizgachani tashkil etardi.
Ulkan miqdordagi jamg'arilishlar uskunalashga tezlik bilan investitsiyalar kiritish
imkonini berdi. Ularning o'sish sura'talari bo'yicha Yaponiya 1950-1970 yillarda
Angliyadan, GFR, Frantsiyadan 2,6 marta, AQSHdan 4 barobar o'zib ketdi.
Sarmoyalar avvalo, iqtisodiyotni umumiy o'sishini belgilab beradigan sohalarga -
metallurgiya, mashinasozlik, neft kimyosigv kiritildi. Jahon fani va texnikasini eng
yangi yutuqlarini patent va litsenziyalarini sotib olish yo'li bilan ishlab chiqarishga
ommaviy tadbiq qilish davom etdi. Iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini
ta'minlanishida uzoq vaqt davomida Yaponiya tomonidan import qilinadigan neft va
boshqa xom ashyo narxlarining past narxlarda va aksincha Yaponiya eksport qiluvchi
maxsulotlar, birinchi navbatda mashina va uskunalarning narxlarini birmuncha yuqori
darajada saqlanib kelganligi ham katta rol o'ynadi.
Yaponiyada xarbiy ehtiyojlar uchun deyarli xarajat qilinmaganligi (1976 yilga kelib
bor yo'g'i YAMMning 1 % iga yetgan) sharofati bilan mamlakatda barcha ishlab
chiqarish
qudratini
yangi
sohalarga
yo'naltirishga
erishdi.
Ular
orasida
avtomobilsozlik muhim o'rinni egalladi. 1960-1980 yillarda yengil avtomobillar
ishlab chiqarish 33 marta o'sdi. Ayni vaqtda mashinasozlikni boshqa sohalarida,
radioelektronika, EHM, avtomatlashtirish vositalari aloqa uskunalari ishlab chiqarish
yuqori sur'atlar bilan o'sib bordi.
124
Avtomobillar ishlab chiqarish bo'yicha 1980 yili Yaponiya AQSHni quvib o'tib
jahonda birinchi o'ringa chiqdi. Rabototexnika, maishiy texnika va optikadan
foydalanishda Yaponiya mustahkam birinchilikni saklab kelmoqda. Yapon sanoatida
o'n minglab (1990-yillarda 60 mingdan ortiq) turli xil robotlar ishlatilmoqda. Yapon
sanoatining hozirgi zamon shart-sharoitlariga moslashuvida davlatni boshqaruvchilik
roli katta bo'ldi.
Yaponiya YAMM (yalpi milliy maxsulot) hajmi bo'yicha sobitqadamlik bilan avval
Italiya va Frantsiyani undan so'ng Germaniya Federativ Respublikasini quvib o'tdi va
1968 yili kapitalistik dunyoda AQSHdan so'ng ikkinchi o'ringa chiqdi.
Sanoat ishlab chiqarishini tez o'sib borishi bilan monopoliyalar pozitsiyalari kuchayib
bordi. Ilgarigi yetuk guruhlar, katta uchlik - ---, mitsubisi, Sumitomolar yetakchilik
qildilar. Biroq 60-yillarda yosh moliya oligarxiya guruhlari - Fudzi, Donti, Sanvolar
paydo bo'ldi. “Katta uchlik” bilan birga ular ham Yapon iqtisodiyotida katta o'rin
egalladilar. Yaponiya dunyoning eng boy mamlakatlari yettiligiga kirdi.
1980-yillarida Yaponiya zamonaviy kapitalizmning uch asosiy markazlaridan biri
(AQSH bilan YeIH birga) dinamik rivojlanib borayotgan mamlakat bo'lib qolmoqda
edi. Aholining jon boshiga daromadi Yaponiyada yiliga 18 ming dollardan oshdi.
(AQSHda 15,5 ming dollar).
Yapon qishloq ho'jaligida tub o'zgarishlar amalga oshirildi. Yaponiya hududida 32
ming kv.km. dan iborat, bu O'zbekiston hududidan 25 foiz kichik degan gap. Qishloq
ho'jaligidan islohotlarni samarali amalga oshirilishi natijasida 125 millionli aholini
zaruriy oziq-ovqat bilan ta'minlanishiga erishildi. Mehnat unumdorligi darajasi
bo'yicha Yaponiya 1991 yil G'arbiy Yevropa mamlakatlarini quvib o'tdi, AQSHning
90 foizi darajasiga yetdi.
(1975 yili - 50 foiz). 1970 yillarning o'rtalari 19820-yillarning boshida namoyon
bo'lgan yoqilg'i - energetika resurslari bilan ishlanmaganligidan kelib chiqadigan
Yapon iqtisodiyotining noqisligi ilm-fanni talab qiluvchi sohalar: elektronika,
125
kompyuterlar, telekommunikatsiya va nazorat-o'lchov aslohalari, avtomatizatsiya
biotexnologiya vositalari ishlab chiqarish sohalarini ustuvor rivojlantirish zaruriyatini
ko'rsatdi.
Hozirgi
vaqtda
Yaponiya
dunyoda
ishlab
chiqarilayotgan
videoapparaturaarini 90 foizini bermoqda, u kapitalistik dunyodagi barcha
robotlarning 70 foiziga egalik qilmoqda. Asta - sekin industrial jamiyatdan bilimlar
asosiy qadriyalar bo'ladigan axborot jamiyatiga o'tish amalga oshirilmoqda. 1970
yillardayoq patentlar va litsenziyalar sotib olish ilmiy va texnikaviy tadqiqotlarni
moliyalashga nisbatan ikkinchi darajali ahamiyat kasb eta boshladi. Bu sohadagi
ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar mamlakatdagi yuqori ta'lim darajasiga tayanadi : 1980
yilning o'rtalariga kelibgina Yaponlarning 93 foizi o'rta ma'lumotga, 25 yoshga to'lgan
yoshlarning 40 foizi oliy ma'lumotga (AQSHda 20 foizi) ega edilar. Biroq 1991
yilning oxirida Yaponiya 50 yillik ko'tarilishdan so'ng qiyinchiliklarga duch keldi.
Yapon rasmiy statistikasi guvohlik berganidek 1992 yilda mamlakatda YAMMning
o'sishi turg'unlikka uchradi: sanoat maxsuloti ishlab chiqarishi oldingi darajada qolgan
holda eksport esa iyenning kursini tezlik bilan o'sib ketishi va iqtisodiyot rivojini
sekinlashishi tufayli qisqardi. 1993 yili mehnat unumdorligi bo'yicha Yapon
ko'rsatgichlari pasayotganligini ko'rsatdi, ishsizlik esa aksincha 3,2 foizgacha ko'paydi
(bu 1953 yildan eng yuqori daraja edi).
Natijada Yaponiya xukumatiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
umumdavlat rejasining maqsad va vazifalarini qaytadan ko'rib chiqishga to'g'ri keldi.
Faqat 1995 yilning oxiridagina asta - sekin iqtisodiy depressiya holatidan chiqish
belgilari ko'zga tashlandi. Mamlakat uchun 1997 yildagi Osiyo-Tinch okeani
regionidagi iqtisodiy inqiroz jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatdi. YAIMning o'sish sur'atlari
1990 yillarning ikkinchi yarmida 1 % dan ko'p bo'lmadi.
Siyosiy tizim va jamiyat hayotining muammolari (1960 yillarning o'rtalari - 2000
yillarning boshi).
126
1960 yillarning o'rtalarida Yaponiyada yuzaga kelgan ichki siyosiy vaziyat shunday
ko'rinishga ega bo'ladiki u 1990 yillarning boshlariga qadar ya'ni qariyb o'ttiz yil
davomida saqlanib keldi. Siyosiy partiyalardan eng kuchlisi xokimiyat tepasida turib
kelayotgan LDP (liberal demokratik partiya) bo'lib u saylovlarda saylovchilarning 42
foizdan 58 foizgacha ovoziga (iqtisodiy kon'yuktura - vaziyatga bog'liq holda) ega
bo'lib keldi. LDP ning yetakchiligiga xavf solmasa-da. Har holda YASP (Yaponiya
sotsialistik partiyasi) uning asosiy raqibi edi. Undan so'ngroqda Yaponiya
kompartiyasi bo'lib, uning saflarida chamasi maoizmning kuchli ta'siri tufayli birlik
yo'q edi.
Oraliq pozitsiyadagi (LDP bilan YASP o'rtasida) o'rta yo'l partiyalari - Komeyta
(diniy buddaviylik maqkurasidagi 1964 yili tashkil topgan) partiyasi, Demokratik
sotsializm partiyasi (DSP, 1959 yili tashkil topgan), YAngi liberal kongress (YALK,
1976 yili tashkil topgan), partiyalari katta guruhni tashkil etardilar.
Garchi kuchlarning taqsimlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmasada, biroq partiyalarga
ular ovozi uchun kurashga va binobarin ular ortida turgan ko'psonli saylovchilar
fikrini hisobga olishga majbur qiluvchi parlament mustaqil deputatlari sonining
doimiy ortib borishi Yaponiya siyosiy hayotining xarakterli jihati bo'lib qoldi.
Zamonaviy Yaponiyaning siyosiy tizimi davlat boshlig'i sifatida imperatorni saqlanib
qolinganligi sharoitida ko'ppartiyaviylik parlament demokratiyasiga asoslanadi 1993
yilga qadar 38 yil davosida saylovlarda yetakchi LDP uzluksiz g'alaba qozonib
hukumatni shakllantirib keldiki, bu holat partiyaga bo'lgan saylovchilarnng hurmat
e'tibori va mamlakatdagi ichki siyosiy barqarorlikdan darak berar edi. LDPning
ommaviy 1986 yilga kelib o'zining cho'qqisiga chiqdi. Biroq 3 yildan keyin esa u
parlamentning yuqori palatasida ko'pchilikdan maxrum bo'ldi. Bu korruptsiya bilan
bog'liq katta janjalning (katta xukumat almashinuviga olib kelgan “Rikruto” firmasi
ishi deb atalgan) va yuqori partiya siyosiy doiralardagi ma'naviy buzuqlik, boshqa
faktlari va aholi orasida iste'molchilik solig'ini joriy qilishning natijasi edi.
127
Yapon parlamentining quyi palatasi (vakillar palatasi)ga 1993 ylning yozida bo'lgan
saylovlar esa LDP hokimiyatini qulashiga va uni Sotsialistik partiya yo'liga o'tishiga
olib keldi. Natijada Yaponiya siyosiy hayotida kuchlarning haddan tashqari beqaror
muvozanati yuzaga keldi. Eng yirik partiyalarda bo'linishlar sodir bo'ldi, ularda
hozirga qadar raqobatlashuvchi guruhlarni kurashi davom etmoqdaki, ularning
yetakchilari mamlakat siyosatining printsipial muammolariga qarama-qarshi
qarashlarni ilgari surmoqdalar.
LDP hokimiyatga qaytib kelishi mumkin edi, lekin uning ahvolini mustahkam deb
bo'lmasdi. 1998 yilning iyulida yuqori palataga bo'lgan saylovlarda yana yutqazib
qo'ydi va uning lideri Ryutaro Xasimato bunda o'zini aybdor sanab, darhol iste'foga
chiqish niyatini bildirdi. Bu voqealardan keyin Vazirlar Mahkamasiga uning
Dostları ilə paylaş: |