Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Mustaqil ish



Yüklə 58,52 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü58,52 Kb.
#199647
Falsafa (2)


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Mustaqil ish

Falsafa


Bajardi : Xamroqulov R


Qabul qildi :

Mavzu : Insonning manaviy kamolotida falsafaviy dunyoqarashning ro‘li



Reja :

  • Kirish

  1. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi

  2. Falsafa - Ma‘naviy-madaniyatning tarkibiy qismi

  3. Falsafiy dunyoqarash nima degani?

  • Xulosa

  • Foydalanilgan adabiyotlar

Bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo’ymoqda. Insoniyat bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi. Fan va texnika, madaniyat va maorif beqiyos rivojlandi. Odamzod o’zining aql-zakovati va mehnati bilan juda ko’p yangiliklar yaratdi. Dunyoning ko’plab sir-asrori kashf etildi, buyuk ixtirolar qilindi.


Ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to’plangan hikmatlar xazinasi eng muhim o’rin tutadi. Har bir davrning buyuk donishmandlari bo’ladi. Ular o’z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida, muayyan darajada, ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g’oyalarni o’rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari etaklovchi bayroq sifatida namoyon bo’ladigan bu g’oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.
Avvalo, falsafa o’zi nima, degan masalaga to’xtalib o’taylik. U insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardandir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o’zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.
Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqelikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil-kesil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog’liq. Chunki behuda xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo’lish ilmiy bilimlarni egallash orqali ro’y beradi. Eng muhimi, falsafa kundalik turmushda uchrab turadigan eskilik asoratlari, bid’at va cheklanishlarga muxolif bo’lgan hurfikrlikdir. Falsafa aynan ana shunday yangi dunyoqarashning shakllanishi uchun asos bo’ldi.
Haqiqiy falsafa tafakkur mahsuli bo’lgan narsalarni oliy darajadagi haqiqat sifatida mutlaqlashtirmaydi. Bu borada Suqrotning «Men hech narsani bilmasligimni bilaman» degan e’tirofi haqiqat mezonidir. Holbuki, Suqrot qadimgi Yunonistonning eng bilimli faylasufi bo’lgan. U bilimdon, bahs-munozara chog’ida har qanday suhbatdoshni ham mot qilib qo’ya olgani haqida tarixda misollar ko’p. Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo’lib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni taqozo etadi. Biroq bu — ularni tamoman rad etish, ko’r-ko’rona tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos barcha xato va kamchiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish demakdir. Ana shunday tanqidiy yondashuv va vorislik falsafaning muhim xususiyatlaridan biridir.
Bu fanning oldiga qo’yilgan vazifalarga va uning hayotdagi o’rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bo’lgan munosabat ham o’zgarib borgan. Bu munosabatlar dastlabki fanlar paydo bo’lib va ularning ba’zilari falsafadan ajralib, alohida mustaqil fan sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq shakllana boshlagan.
Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yotadi? Prezidentimiz uqtirganidek, odam tabiiy omillarga ko‘ra, o‘zi mansub bo‘ladigan irq va elatni tanlay olmaydi. Lekin dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini hech kimning tazyiqisiz va, ayniqsa, zo‘ravonligisiz o‘zi tanlab olishi mumkin va lozim. Modomiki, shunday ekan, mamlakatimizda huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan davlat, fuqarolik jamiyati qurish sari borayotgan ekanmiz, qanday dunyoqarashga asoslanishimiz kerak?
Hozirgi zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yo‘nalishdagi – ilmiy – falsafiy va diniy – mistik dunyoqarash mavjudligi o‘z - o‘zidan ayon. Ularni bir biriga qarama – qarshi qo‘ymagan holda – shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning asosiy qomusi – Konstitutsiyasida dunyoviy davlat qurish nazarda tutilganligi bois bog‘cha, maktab, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalardagi ta’lim - tarbiya tizimi jarayonida ilmiy - falsafiy dunyoqarash shakllantiriladi.
Komil inson to‘g‘risidagi nazariya va uslubiyat metodologik jihatdan O‘zbekiston Prezidenti asarlarida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Talim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan.
Komil inson to‘g‘risidagi nazariya va uslubiyat metodologik jihatdan O‘zbekiston Prezidenti asarlarida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Talim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan.
Komillikning bosh mezoni insoniylik hisoblanadi. Insonning eng noyob fazilatlaridan biri uning komillikka intilishidir. Mehnat, aql, idrok, odob – axloq, odamlarga yaxshilik qilish – insonning oddiy fazilati.
Har bir xalqning o‘zi yetuk allomalari, komil inson unvoniga musharraf bo‘lgan ajdodlari bor. Ularning mehnati, merosi avlodlar ko‘ksini g‘urur bilan to‘ldiradi. Xorazmiy, Farobiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Margiloniy, Beruniy, Ulug‘bek, Navoiy, Muqumiy va boshqalar inson qadr qiymatini hamma narsadan ustun qo‘yishga harakat qilganlar.
Farobiy insonnig yaratuvchanlik qobiliyatiga yuksak baho beradi. U inson biologik mavjudot emas, balki aql zakovat sohibi ekanligini, o‘z mehnati bilan ijtimoiy mohiyat kasb etishini uqtiradi. Yusuf Xos Hojib ham insonga aql berib qo‘yilgan, shuning uchun ham yer yuzida har qanday mushkullikni oson yenga oladi, degan fikrni bildiradi. Navoiy dunyoda insonga qaraganda ulug‘roq kamolot yo‘q, deydi: “Menga ne yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam o‘lsam ushbu basdir.”
Kelajagi buyuk O`zbekistonni barpo etishda faol qatnashayotgan har bir fuqaro o`z mamlakati, xalqi, millatining ajralmas bo`lagi ekanligini anglashi-milliy ma`naviyat va ongning tarkibiy qismidir. Chunki har bir millatning o`z ma`naviyatini aniqlashi, bilishi va o`z aql-farosatining, ongining tarkibiy qismiga aylantirishi millatni mustahkamlaydi, uning o`ziga bo`lgan e`tiqod va qadr hissini boyitadi.
Ma`navitimizning O`zbekistonning porloq keljagiga dadil ishonch bilan yuksalib borayotganligini, xalqimizda yuksak insonparvarlik qadryatlari tiklanayotganligi va takomillashayotganligini ifodalovchi o`ziga xos dunyoqarashdir.
Ma`naviyat sohasida mustaqil O`zbekiston oldida muhim vazifalar turibdi. Ulardan asosiysi ma`naviyatimizni boyitish va mustahkamlashdir. Ma`naviyat istibdod yillarida har jihatdan kamsitildi. Oqibatda, masalan, o`zbek xalqi tasavvur falsafasini va uning mashhur namoyondalarini o`rganishdan maxrum edi. Õuquq sohasida esa Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining huquqshunoslik borasidagi buyuk xizmatlari inobatga olinmadi, axloqiy qarashlar va ijtimoiy falsafaga tegishli chuqur mazmunli asarlar bir tomonlama yoritildi. Bularsiz mustaqil O`zbekistonning ma`naviyati kemtik, to`laqonli emasdir. Ma`naviyatimizning bor kuchi, mazmunining chuqurligi va rang-barangligi, uning ko`hna tarixining qa`riga singib ketganligini, hozirgi salohiyati cheksiz ekanligini to`la ravishda ko`rsatmoq uchun “Avesto” va zardushtiylik ta`limotidan, axloq va musavvirlik san`atidan boshlab, Farobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy va Fitrat orqali to hozirgi kunlarga, uning butun bir zanjirini, tevaragidagi novdalarini qamrab turadigan yaxlit silsilani yaratmog`imiz zarur. Bu borada ishlar kun sayin, yil sayin kengayib va tezlashib bormoqda.
Ilg`or millat va rivojlangan davlat bo`lishning zaruriy shartlaridan biri-boy, ilg`or ma`naviyatga ega bo`lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg`or bo`lish jamiyat norasoligining muhim ko`rsatkichidir. Shu sababli Prezident I.A.Karimov ma`naviyat va ma`rifatni ko`tarish, targ`ib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyib, har bir fuqaroning yuksak ma`naviy darajasini ta`min etishni eng dolzarb masalalaridan biri, deb qayta-qayta uqtirmoqda. Buning uchun ma`naviyat va ma`rifat, sohasida eng jiddiy tadqiqotlar olib borishi, O`zbeksiton xalqi ham o`zbek millatining ma`naviyati nima, uning tarixi nima va qachon boshlangan, ma`naviyatning qaysi sohalari hozirgi davrda va nima uchun katta ahamiyatga ega, ma`naviyati qanday qilib boyimoqda va xalqaro miqyosda qanday o`rin tutadi, uning xalqaro miqyosda salmog`ini orttirmoq uchun har birimiz nima qilmog`imiz kerak,-ana shu savollarga jamiyatshunos olimlarimiz hozirgi o`tish davrining talablarini ko`zda tutib javob berishlari umummilliy dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Shiroq o`z Vatanini yovlar zulmidan ozod qildi. Otabek chor askarlariga qarshi mardona jangda halok bo`ldi. To`marisning tengsiz shijoati vatanparvarlikning yorqin ko`rinishidir. Shuning uchun ham ularning nomi xalq qalbida abadiy yashaydi.
Bugungi O`zbekistonning eng buyuk vatanparvari Prezident Islom Karimovdir. Yurtboshimiz mamlakatimizni mustaqillikka boshlab, uning dunyo hamjamiyatidan munosib o`rin egallashida mislsiz xizmatlar qilmoqda. Eng og`ir vaziyatlarda ham “Biz tanlagan yo`limizdan qatmaymiz!” deb xalqni olg`a boshladi.

Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, ilmiy bilimlar orasida muhim o’rin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o’rganib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi.


Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari va tasavvurlari majmui-dan iborat.
Odatda, falsafani o’rganishga kirishuvchi har bir kishida, qanday bo’lmasin, falsafa to’g’risida o’ziga xos biron bir tasavvur mavjud bo’ladi. Bu tasavvurni u o’z hayoti davomida: oilada, maktabda, kundalik turmushda, o’z atrofidagi kishilar, narsalar, buyumlar bilan bo’lgan munosa-batlari asosida, u yoki bu manbani o’qishi, boshqa kishi-lardan eshitishi, kinofilmlarni ko’rishi orqali hosil qilgan bo’ladi. Kishi bunda o’zining hayoti, yashashi, hayotdagi o’rni, kundalik ishlari haqida, hayotdagi quvonch va sevinch-lar, g’am-tashvishlar, baxt va baxtsizlik haqida, kishilarning dunyoga kelishi, yashashi va olamdan o’tishi haqida ma‘lum ta-savvurga ega bo’lib boradi. Shu asosda u dunyo haqida, undagi predmet va hodisalar haqida, o’zining ularga va ularning o’ziga munosabatlari haqida o’z ongida muayyan tasavvurlar va tushunchalarni hosil qila boradi. Bu tasavvur va tushunchalar uning o’zi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, o’zining kim-ligi, uning dunyoga va o’z atrofidagi kishilarga munosabat-larini ifodalaydi. Bular dunyo to’g’risidagi oddiy ong, oddiy qarashlardir. Aslida mana shu oddiy qarashlardayoq falsafa-ning ilk kurtaklari mavjud bo’ladi.
Xo’sh falsafa nima? «Falsafa» atamasi nimani ifo-dalaydi? «Falsafa» atamasi asli qadimgi yunon tilidan olingan («filio»-sevaman, «sofos»-donishmandlik, degan so’zlar) bo’lib, uning lug’aviy ma‘nosi, «donishmandlikni se-vish» yoki «donishmandlik haqidagi ta‘limot» deganidir. Lekin falsafa fanida «falsafa» atamasi butunlay bosh-qacha mazmunga egadir. U falsafa fanida bir butun dunyo, borliq, materiya, tabiat va jamiyat, inson, insonning ularga va o’ziga munosabatlarini, insonning dunyoni nazariy o’zlashtirishini ifodalaydi. Falsafa fani esa ana shu dunyo, borliq, materiya, tabiat va jamiyatga insonning munosabatini, uning jamiyatdagi o’rni va rolini, inson bilishi-ning eng umumiy qonunlarini o’rganadi.
Kishilar qadim zamonlardan boshlab dunyo, borliq, materiya nima, ular qanday tuzilgan? Dunyoning asosida nima yotadi? Insonning o’zi nima? Inson dunyoda qanday o’rin tutadi? Inson ongi va tafakkuri nima, u dunyoga qanday qaraydi? Inson dunyoni bila oladimi? Dunyodagi moddiy va ma‘naviy narsalar bir-birlariga qanday munosabatda? Dunyodagi harakat, o’zgarish, rivojlanish nima? Ular qanday sodir bo’ladi? Haqiqat va xato nima, ularni bir-biridan qanday ajratish mumkin? Vijdon, imon, nomus, mas‘uliyat, burch, yaxshilik va yomonlik, oliyjanoblik va tubanlik nima? Inson shaxsi nima va uni nima belgilaydi? Inson hayoti-ning mazmuni nima, degan masalalar bilan qiziqib, ularga javob izlab va javob berib keladi. Bunday muammolar hatto bugungi kunlarimizgacha davom etib kelmoqda.
Insoniyat bu muammolarni hal qila borish bilan birga, bugungi kunda ular yoniga-dunyoning umumiy manzarasi qanday? Insoniyat Yerdagi mavjud tsivilizatsiyani jahonga xavf solib turgan termoyadro halokatidan saqlab qolishi mumkinmi? Insoniyat jamiyatning hozirgi bosqichiga xos bo’lgan qiyinchiliklar, ziddiyatlardan qanday qutula oladi? Insonning xatosi bilan kelib chiqqan ekologik, energetik talofatlarni qanday bartaraf qilish mumkin? Bunday muammolar har doim insonning o’zi yashab turgan dunyoni to’g’ri bilishini, uning dunyodagi o’z o’rnini to’g’ri belgi-lashini, o’z-o’zini to’g’ri anglashi vazifasini qo’yib kelgan. Bu vazifalarni hal qila borish, ularni tushunishga urinish asta-sekin kishilarni falsafiy fikrlashga jalb qilib, ularda falsafiy masalalar bilan shug’ullanishga ehtiyoj tug’dirgan. Kishilarning dunyoni va unga bo’lgan o’z munosabatlarini o’rganishi ularning o’z turmush tajribalari aso-sida ongli va ongsiz ravishda yuzaga kelgan tasavvurlari va qarashlari o’z miyalarida qayta ishlanib, chuqur o’ylagan, nazariy o’zlashtirilgan, ularning e‘tiqodlariga aylangan o’ziga xos dunyoqarashning paydo bo’lishiga olib kelgan.

Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o’zgalarga va ularning faoliyatiga, o’z umri va uning mazmuni kabi ko’pdan-ko’p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo’ladi.


Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta`sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg’u, aql-idrok va tafakkur ham muhim o’rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog’liq bo’lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy hususiyati, madaniy saviyasi, shahsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o’z ifodasini topadi.Masalan, bugungi o’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta`sir ko’rsatmoqda.
Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan g’oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e`tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat.
Bularning ichida e`tiqod muhim ahamiyat kasb etadi.U dunyoqarashning mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E`tiqod insonning o’z qarashlari va G’oyalari to’g’riligiga, orzu-umidlarining asosli ekaniga, faoliyati va hatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo’lgan chuqur ishonchidan paydo bo’ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, ularni boshqaradi, shahsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi.
Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o’rin tutadi. Hissiyot dunyoqarashning emosional-ruhiy jihati bo’lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot – quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, havotirlanish, asabiylashish, yolg’izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g’am-g’ussa, nadomat, o’z yaqinlari va vatani taqdirini o’ylash kabi hilma-hil shakllarda namoyon bo’ladi. Ana shular barchasining uyg’unligi dunyoni his etishga olib keladi.Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi.
Inson aqli unga hos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi va takomillashtiradi. Har bir kishiga hos hissiyot va fikr, bilim va e`tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yahlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining ohirigacha davom etadi.Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi.
Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim g’oyatda muhim ahamiyat kasb etadi.Bilimda dunyoqarashning barcha belgilari mavjud. Lekin, bilim va dunyoqarash aynan bir narsa emas. Olamni tushunish bilimlar paydo bo’lishi uchun
asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil bo’ladi, u dunyoqarashning asosi, uning uzviy qismidir.
Bilim muayyan sharoitda biron bir hodisa yoki narsani baholashda qo’l keladi va aynan ana shu jarayonda dunyoqarashga aylanadi. Bunday baho berish jarayonida mudom muayyan manfaatlar asos qilib olinadi.Shuning uchun ham ijtimoiy dunyoqarash turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etadi, gohida ularni amalga oshirish uchun kurash maydoni bo’lib qoladi.
Biror partiya yoki guruh o’z maqsadlariga etishish yo’lida butun jamiyat uchun hos bo’lgan umumiy ijtimoiy dunyoqarash tarkibida ko’proq va salmoqliroq joy egallashga yoki uni o’z manfaatlari foydasiga o’zgartirishga harakat qiladi. Umuman, hayotda maqsadga erishishning eng oson va qulay yo’li o’zgalar dunyoqarashini jamiyat foydasiga o’zgartira olishdir.
Falsafa azal-azaldan dunyoqarash bo’lgan.Chunki, uning o’zi hayot nima uchun berilgan, dunyoga kelishdan maqsad nima, umrni mazmunli o’tkazishning qanday yo’llari bor, degan talay savollarga javob topish zarurati tufayli vujudga kelgan. Falsafiy dunyoqarash o’zining nazariy asoslangani va puhta ishlangani bilan ajralib turadi. Shu ma`noda, u boshqa fan yoki faoliyat sohasi uchun umumiy uslub vazifasini ham bajaradi.
Agar nazariya bilish jarayonining natijasi bo’lsa, usul (metod) shu bilimga erishish yoki uni amalga oshirish yo’lini anglatadi.Falsafiy nazariya esa, bir vaqtning o’zida usul vazifasini ham bajara oladi. Tarihning burilish davrlarida o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlari va maqsadlari nechog’li to’g’ri ekani falsafiy dunyoqarash tamoyillariga solishtirib aniqlanadi. Bunda muayyan falsafiy nazariya umumiy usul (metod) sifatida qabul qilinadi.Shu sababdan ham bunday davrlarda falsafiy nazariyalarga e`tibor kuchayadi, taraqqiyot yo’llaridan borish falsafiy modellarining ahamiyati ortadi.
Masalan, bizning mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilish, demokratik davlat qurish borasida Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyot yo’li – «o’zbek modeli»ni amalga oshirmoqda. Bu yo’lning asosiy mohiyati islohotlarni inqilobiy tarzda emas, tadrijiy ravishda olib borishni nazarda tutadi.Prezidentimiz, aynan shu yo’lni taklif etar ekan, asosiy e`tiborni uning mohiyat-mazmuni, tarixda qanday natijalar bergani kabi masalalarga qaratgan.Bunda taraqqiyotning mazkur yo’li aniq tarzda tasavvur etilgan. Ya`ni, uning tarixiy va zamonaviy jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy hususiyatlari, mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun naqadar ahamiyati har tomonlama o’rganilgan. Ana shu asosda kerakli hulosalar chiqarilgan va ularni hayotga tadbiq etishning asosiy yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berilgan.
Biz ana shu nazariyani, bir tomondan, taraqqiyotimizning o’zimizga hos va mos modeli deb ataymiz. Ikkinchi tomondan esa, uni mamlakatimiz hayotini tubdan o’zgartiradigan va uning kelajagini belgilab beradigan, milliy dunyoqarash, ong va tafakkur rivojida muhim o’rin tutadigan umumfalsafiy tayanch – metodologiya deb bilamiz. Chunki, uning tamoyillari taraqqiyotimizning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va shu bilan birga, bu jarayonga kuchli ta`sir ko’rsatadigan metodologik asos bo’lib hizmat qiladi.
Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo’lgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o’z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi G’oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy holat va e`tiqod mujassami hamda ularning namoyon bo’lishidir.
Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko’ra, ma`naviy faoliyat bo’lgani bois, u borliqqa bo’lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo’nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi ahloqiy munosabatlari – ahloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari – siyosiy, diniy munosabatlari – diniy, ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarash shakllarida o’z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bo’lsak, quyidagicha ko’rinish kasb etadi:


  • Axloqiy.



  • Diniy.



  • Huquqiy.



  • Siyosiy.



  • Ekologik.



  • Estetik.

Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari o’zaro bog’liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.


Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning hususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma`naviy qiyofasini belgilab beradi.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo’lib, jamiyat rivojlanishining ma`naviy mezoni sifatida namoyon bo’lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o’zlarining ijtimoiy hayotiga bo’lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o’z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o’rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Hususan, o’zbek xalqi civilizaciyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og`zaki ijod namunalari millatimiz tarihda qanday ma`naviy qiyofaga ega bo’lganini hanuz ko’rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini hayratga solmoqda. Masalan, qadimiy merosimiz namunasi – «Avesto»da yaxshilik ramzi – Ahuramazda va yomonlik timsoli – Ahriman o’rtasidagi kurash tarixi misolida ohir-oqibatda ezgulik baribir g`alaba qozonadi, ya`ni yorug`lik zulmat ustidan g`alaba qiladi, degan g`oya asosiy o’rinni egallaydi va hayotbahsh G’oyalar ilgari suriladi.
Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o’zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash G’oyalarining ifodasi bo’lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraqqiyoti, insonning aqliy salohiyati bag`oyat yuksalib ketgan davrda juda jo’n va ibtidoiy bo’lib ko’rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar o’zining kuchli jozibasi, insonparvarlik G’oyalari bilan hozirgi kunda ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta`sirchan va samarali omili bo’lib qolmoqda.
Diniy qarashlar.Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.Ular insonning ilohga bo’lgan e`tiqodi bilan bog’liq bo’lib, vujudga kelishiga ko’ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega.
Mifologik dunyoqarash afsonaviy kuchlarni e`tirof etish bilan bog’liq bo’lsa, diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga e`tiqod qo’yish bilan bog’liq. Shuning uchun ham bu dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi:


  • - emosional-ruhiy holatlar;



  • - iymon-e`tiqod;



  • - iymon-e`tiqodning hatti-harakatlarda ifoda etilishi.

Bular ayni paytda diniy dunyoqarashning asosiy tamoyillarini ham tashkil qiladi.
Diniy dunyoqarash har bir davrda muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarib kelgan.«Din, shu jumladan islom dini ham, ming yillar davomida barqaror mavjud bo’lib kelganining o’ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganidan, uning o’ziga hos bo’lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shahs ma`naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din, umuminsoniy ahloq me`yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan», deydi Prezidentimiz .
Jamiyat hayotida har qanday, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o’rni va ahamiyatini ham sun`iy ravishida mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun jiddiy havfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Hozirgi davrda fan, texnika, dunyoviy ilmlarning kuchayib ketishi bilan «Diniy dunyoqarash, tafakkurning, insonni o’rab turgan dunyoga, o’zi kabi odamlarga munosabatning yagona usuli bo’lmaganligini ham ta`kidlash zarurdir. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega bo’lgan holda rivojlanib kelgan» .
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o’rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o’lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e`tiqod tushunchalari bilan bog`lab tahlil qilish hamda o’ziga hos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog’liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o’rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.

Dunyoqarash inson faoliyatini ahloqiy me`yor, diniy qadriyat, huquqiy hujjat va siyosiy mehanizmlar kabi usul-vositalar orqali boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning o’zicha nisbatan mustaqil bo’lgan har bir yo’nalishi o’ziga hos boshqarish usuliga ega bo’ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo’naltirish uchun ahloq uning aql-zakovatiga; din — iymon-e`tiqodiga; huquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga tayanadi va o’ziga hos ta`sir yo’nalishlariga ega bo’ladi.


Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko’rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o’zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va ma`naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko’rsatgan.
Darhaqiqat, o’zbek mahallalarida bag’rikenglik, o’zaro mehr-oqibat, hamdardlik kabi noyob fazilatlar kamol topadi. Shuning uchun ham Islom Karimov uni «o’zini o’zi boshqarish maktabi... demokratiya darsxonasi», deb ta`riflaydi .
Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yo’nalishlarini milliy va umuminsoniy g’oyalar atrofida uyg`unlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli manfaatlar bilan bog’liq bo’lgani bois dunyoqarashlar o’rtasida muayyan ziddiyatlar ro’y berishi tabiiy.Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga hizmat qiladi.
Falsafiy dunyoqarash, o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lganligi uchun ham xalqni muayyan g’oya atrofida birlashtiradi.
Masalan, tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, muayyan davrlarda falsafiy dunyoqarash inson tub manfaatlari bilan bog’liq bo’lganligini, millat kelajagini belgilaydigan ozodlik g’oyasi atrofida kishilarni birlashtirganini ko’ramiz.Bu hol mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurash davrida yaqqol namoyon bo’lgan. Ushbu g’oya (ozodlik falsafasi) dunyoqarashning tarkibiy qismi sifatida millatning turli tabaqalarini, e`tiqodi, iqtisodiy ahvoli va siyosiy mavqeidan qat`i nazar, birlashtirgan va umumiy kurashga safarbar qilgan.
Har qanday dunyoqarash inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uning manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, bir tomondan, dunyoqarash o’z-o’zidan, ya`ni stihiyali ravishda shakllanib qolmaydi. Aksincha, u turli ta`lim-tarbiya vositalarining maqsadga muvofiq holdagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Ikkinchi tomondan esa, falsafiy dunyoqarash, umuminsoniy tamaddun (sivilizasiya) ta`siri o’laroq shakllangan bo’lsa, muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki millatni tarbiyalashning turli imkoniyatlari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir. Binobarin, falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasini yuqorida zikr etilgan boshqa vazifalarning asosi sifatida qarash kerak. Bu — kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag`rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo’l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y.
2. G’oya va mafkura. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent - 2001 y.
3. Milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y.
4. Markaziy Osiyo: g’oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdid. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.
Yüklə 58,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin