83
tarmoqqa yerlari tortib olindi. SHahar va qishloqlarda bozorlar yopildi. Norozilikning
har qanday ko'rinishlari armiya va xavfsizlik organlari tomonidan bostirilar edi.
Bu yillarda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi siyosatida ham o'zgartirishlar sodir bo'ldi.
Xususan sobiq SSSR bilan munosabatlar yomonlashdi. Agar 1950
yillarda sovet
rahbariyati XXR hukumatiga katta miqdorda uzoq muddatli imtiyozli kreditlar
bergan, Xitoyga 10 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislarning yuborgan, 20
mingdan ortiq Xitoy mutaxassislarini esa tayyorlab bergan va boshqa ko'plab
sohalarda keng qamrovli yordan ko'rsatgan bo'lsa, 1960 yilning avgustida o'z
mutaxassislarini chaqirib oladi. Mao TSzedun tomonidan e'lon
qilingan
“imperialistlar va barcha reaktsionerlar qog'ozdan yasalgan soxta yo'lbarslardir” tezisi
Tayvan bo'g'ozida keskin vaziyatni yuzaga keltirib AQSH bilan to'qnashuv xavfsini
keltirib chiqardi. 1959 yili xalq ozodlik armiyasi qismlari tibet aholisi qo'zg'olonini
shafqatsiz bostirdi. Mahalliy hukumat tugatilib tibet ustidan XOA ning nazorati
o'rnatildi.
“Katta sakrash” siyosati o'zini batamom oqlolmadi. 1958-1960 yillarda ya'ni ikki yil
ichida xalq xo'jaligi ulkan 100 mlrd. YUan miqdorida talofat ko'rdi. Ba'zi
ma'lumotlarga qaraganda “katta sakrash” yillarida XXR xalq xo'jaligi
yangi ichki
maxsulot uchdan bir, milliy daromad to'rtdan bir qismiga qisqartirilgan. 1960 yilga
kelib Xitoy xalqi ocharchiliklarga duchor bo'ldi. Bu falokat uchun ayb May TSzedun
raqiblari “Aksil partiyaviy guruhga yuklandi. Biroq
hayot iqtisodiy siyosatiga
o'zgartirish kiritishni taqazo etdi. Endi iqtisodiyotdagi asosiy soha sanoat emas, balki
qishloq xo'jaligi deb e'lon qilindi. Dehqonlarga tomorqalar qaytarib berildi.
Mahsulotlarni bozorda sotishga ruhsat berildi. Mayda domna pechlari qurish
to'xtatildi. Faqat 1965 yil oxiriga kelibgina xalq xo'jaligini 1957 yil darajasida
tiklashga muvaffaq bo'lindi.
Dostları ilə paylaş: