Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix24.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#89558
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
1-Maruza

Nаzоrаt sаvоllаri 
1. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni ayting? 
2. Xavf nima uning turlarini ayting? 
3. Faoliyat xafvsizligini ta’minlash tamoyillari ва uslublarini ayting? 
4. Texnosferada xavfsizlikni ta’minlash vositalarini tushuntiring? 
5. “Inson-muhit” tizimida inson omilining o‘rni qanday? 
6. Ergonomika nima? 
7. Xavfsizlik psixologiyasiga nimalar kiradi? 
8. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari qanday? 
 
 
2-Ma’ruza: Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari 
 
Reja: 
 
2.1. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.
2.2. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan asosiy 
qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va meyoriy hujjatlar tizimi. 
2.3. Faoliyat xavfsizligi qonun-qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va 
talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar. 
 
2.1. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.
Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo'lishidan qat'i 
nazar, o'zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga 
asoslangan qonun asoslari, ya'ni Konstitusiyasi bo'lishi zarur. Bu Konstitusiya awalo inson 
huquqlarini himoya qilishi, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham 
himoyalanishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekistonlik har bir fuqaro erkin 
holda mehnat qilish huquqiga ega. Mehnat qilish huquqi xalq xo‘jaligini demokratik asosda 
tashkil qilish bilan ta’minlanadi. Fuqarolarga ularning millati, irqidan qat’i nazar mehnat qilish 
sohasida teng huquq beriladi. Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasida ayollarga mehnat 
qilish, mehnatga haq olish, ijtimoiy ta’minot borasida erkaklar bilan teng huquq berilgan. Bu 
Konstitusiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. 36-moddada 
«har bir shaxs qonunda ko'rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona 
sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deyilgan, matn 
davomida «Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o'tash tartibidan yoki qonunda ko'rsatilgan 
boshqa hollardan (harbiy xizmat chog'ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy 
mehnat taqiqlanadi» deb qo'yilgan. Bu Konstitusiyadagi tarqoq umumiy jumlalar asosida 
berilgan va ishyoqmas, dangasa shaxslar uchun asosiy istehkom bazasi bo'lib xizmat qiladigan 
«barcha fuqarolar ish bilan ta'minlanadi» degan jumladan tubdan farq qilishi ko'rinib turibdi. 
Shu bobning 37-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga 


egadirlar. Ish vaqti va haq to'lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi», 
deyilgan jumla ham birmuncha ijobiy xususiyatlaiga ega. Dam olish huquqini ta'-minlash mana 
shu huquqning amalga oshirilishini ta'minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak. Bu bandda 
ana shu bazani ta'minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan. 
38-Moddada «har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek, 
boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot 
olish huquqiga ega. 
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab 
qo'yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo'lishi mumkin emas» deyilgan. 
Oldingi Konstitusiyalarda ijtimoiy ta'minlanish masalasi hal qilingani bilan uning miqdori 
hech kimni qiziqtirmas edi. Bu Konstitusiyada qo'shimcha ravishda tirikchilik uchun yetarli 
miqdorda belgilanishi, albatta, keyingin nafaqa haqidagi qonunlarda uning miqdorini oshirish 
imkoniyatini beradi. 
39-Moddada «har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb 
belgilangan. 
Ilgari qabul qilingan Konstitusiyalarda bepul tibbiyot xizmatidan foydalaniladi, deyilgan 
edi. Ammo amalda tibbiyot xizmatidan, bepul foydalanish imkoniyatlari yaratilmagani sababli 
bu qonun tibbiyot sohasining inqiroziy tanglikka olib keldi. Hozir belgilangan moddada tibbiyot 
xizmati bo'yicha hech bir cheklanishlar yo'q, bunda turli-tuman tibbiyot xizmati korxonalari 
tashkil etilishi va jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o'z shaxsiy davolash muassasalariga ega 
bo'lishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, aholi malakali tibbiyot 
xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, 
shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga 
ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(qisqacha Mehnat 
vazirligi) mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni 
ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunchiligi mehnat sharoitlarining 
yuqori darajasini, ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlarini har tomonlama muhofaza 
qilishni belgilaydi. 
Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha mehnat qonunchiligi - O‘zbekiston Respublikasining 
Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonunida va Mehnat Kodeksida mujassamlashtirilgan 
huquqiy meyorlar, Hayot faoliyati xavfsizligi, ayollar mehnati, yoshlar mehnatini muhofaza 
qilish, Hayot faoliyati xavfsizligi sohasida nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonuni (1993 yil 6 
may, 29 modda) yangi tahrirda 2016 yil 22 senryabrda qabul qilindi va 36 moddadan iborat 
qonunlar majmidir . 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi 1995 yilning 21 dekabr kuni tasdiqlanib, 
1996 yilning 1 aprelidan boshlab amalda foydalanib kelgan mehnatga oid huquqiy 
munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan. 
Mehnat kodeksining 1-moddasi - «Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi 
normativ (me’yoriy) hujjatlar» ga binoan: 
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal me’yoriy 
hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu kodeks, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari 
va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston 


Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, 
davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul 
qiladigan qarorlardan iboratdir, deb ko‘rsatiladi. 
Kodeksning XIII bobi Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida bo‘lib, bunda mehnatni 
muhofaza qilish talablari, mehnatni muhofaza qilish meyorlari, mehnatni muhofaza qilish haqida 
ma’lumot olish huquqi, tibbiy ko‘rik, Hayot faoliyati xavfsizligiga ajratiladigan mablag‘lar 
to‘g‘risida qonunlar kabilar ko‘rsatilgan. 
Agar xavfsiz, sog‘lom mehnat sharoitlari ta’minlanmasa, birorta korxona, sex, butun 
ishlab chiqarish qabul qilinmaydi va foydalanishga topshirilmaydi. 
Texnika va yong’in xavfsizligi borasidagi davlat siyosatida korxona va tashkilotlarning 
ma’muriyati barcha ish o‘rinlarini kerakli texnik jihozlar bilan ta’minlashi, bu o‘rinlarda Hayot 
faoliyati xavfsizligining qoida va standartlariga mos keluvchi mehnat sharoitlarini yaratishi shart. 
Bunday qoida va standartlarni Respublika standartlashtirish idoralari, Vazirliklar, Davlat nazorat 
organlari, Markaziy Kasaba Uyushma qo‘mitalari bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin