(ro‘yxat raqami 273,1996 yil 14 avgust).
• “Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash
to‘g‘risidagi Namunaviy nizom” (ro‘yxat raqami 272, 1996 yil 14 avgust).
• “Mehnatni muhofaza qilish vakili to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 196, 1995 yil 18
dekabr).
• “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Nizom
(ro‘yxat raqami 870, 2000 yil 7 yanvar).
• «Положение об установлении пределно допустимих
норм при подеме и
перемешении тяжестей литсами моложе восемнадсати лет» (рег. № 1954 от 12 мая 2009г.).
• “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat
sharoitiga ega ishlar ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 865, 2000 yil 5 yanvar).
• O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Xodimlarni ishga kirishdan oldin
dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 10 iyul
2012 yil 200 -son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust).
• Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari
(ro‘yxat raqami 1582, 2006 yil 13 iyun).
• Balanlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish Qoidalari” (2009 yil 24 yanvar, ro‘yxat
raqami 1890).
Mehnatni muhofaza qilish huquqlari - mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va
sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy,
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy,
texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya
tadbirlari hamda vositalari
tizimidir.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga xavfli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf etish
ishlarini ko‘rib chiqadi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - zararli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf etish yoki
kamaytirish ishlarini ko‘rib chiqadi.
Yong‘in xavfsizligi – yong‘inlarni kelib chiqish sabablari, yonish va portlash tabiatini,
yong‘in va portlash xavfsizligini ta’minlash usullari, yong‘inlarni o‘chirish va yong‘in
muhofazasini tashkil qilishni ko‘rib chiqadi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlari - Ishlab chiqarishda
mehnat
sharoitlarini yaratish, zararli va xavfli omillar oldini olish, mehnat to‘g‘risidagi qonun
asosida ishlash kabilar alohida qabul qilingan Respublikamizning asosiy qonunlar,
standartlar,
nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlari tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan mehnat qonunlari, standartlar belgilanadi. Korxonalar tomonidan
o‘zining nizomlari, korxonaga doir qoidalar va me’yoriy hujjatlar belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: