Hayot faoliyati xavfsizligi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix24.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#89558
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-Maruza

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika 
xavfsizligi bo`yicha me`yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda 
mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik 
inspektoriga ega. 
“O’zgeosanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini, bosim ostida 
ishlaydigan idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz 
uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish 
ishlarini nazorat qiladi. 
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan 
ogohlantirish, Shovqin va titrashni yo`qotish, tsexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash 
(harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi. 
Davlat yong’in xavfsizligi nazorati yong’inga qarshi tadbirlarni, ut o`chirish vositalarining 
holatini, yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati 
korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi 
qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi. 
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda Hayot faoliyati xavfsizligi 
qonunlari bajarilishining oliy nazorati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklatilgan. 
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, shuningdek, mehnat qilish qonunlarining 
bajarilishini ta'minlovchi umumiy va maxsus davlat nazorat tashkilotlari mavjud. 
Hamma vazirliklar, birlashmalar va sanoat korxonalarida mehnat qonunlarining aniq 
bajarilishini O'zbekiston Respublika prokuraturasi ko’zatadi. Prokuratura mahkamalari 
qonunlarning bo’zilmasligini mehnatkashlarning arzlari asosida yoki koncona va ayrim 
shaxslarning signallari asosida, mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarilayotganligini 
tekshirish yo'li bilan amalga oshiradilar. 
Prokuratura umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar 
xodimlarini xabardor qiladi va bo’zilgan mehnat qilish qoidalari buzilishini tezda bartaraf 
qilishni talab qiladi, rahbar xodimlarga ma'muriy chora ko'rilishini talab qilib yuqori rahbar 
xodimlaiga murojaat etadi. Agar jinoyat sodir bo'lganligi aniqlansa (xavfsizlik texnikasi qoidasi 
jinoiy ravishda bo’zilgan bo'lsa), rahbar xodimlarni jinoiy javobgarlikka tortadi. O'lim sodir 
bo'lgan, og'ir va bir guruh, (bir necha kishi) bilan baxtsiz hodisaga uchragan holatlarda 
prokuratura mustaqil tekshirish o'tkazadi. 
Mehnat qonuniyatlari bo’zilmasligining umumiy nazoratini mehnatkashlar deputatlari 
kengashi va ularning ijroiya qo'mitalari ham amalga oshiradi. 
Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha maxsus davlat nazorati tashkilotlariga quyidagilar 
kiradi: 
1. Kasaba uyushmasining texnik nazorati. 
2. O'zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish va kon nazorati. 
3. Sanitar nazorati. 
4. Eneigetika nazorati. 
5. Yong'inga qarshi kurash nazorati. 
6. Jamoat nazorati. 
O‘zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish (texnik reglament)larning 
umumiy texnik reglamentlar, maxsus texnik reglamentlar kabi turlari qo‘llaniladi. 
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar 
quyidagilar bo‘yicha belgilanishi mumkin: 
biologik xavfsizlik
mexanik xavfsizlik; 
kimyoviy xavfsizlik; 
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik; 


yong‘in xavfsizligi; 
elektr xavfsizligi; 
mashina va uskunalarni ishlatish (ulardan foydalanish) hamda utilizatsiya qilish 
xavfsizligi; 
elektromagnit mosligi; 
qurilish ishlari xavfsizligi; 
binolar, inshootlardan va ularga tutash hududdan foydalanish xavfsizligi; 
ekologik xavfsizlik; 
veterinariya xavfsizligi; 
sanoat va ishlab chiqarish xavfsizligi
portlash xavfsizligi; 
axborot xavfsizligi; 
o‘lchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini ta’minlash. 
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa 
talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin. 
Ba'zi bir rahbar shaxslarning o'z ishiga sovuqqonlik va loqaydlik bilan qarashi natijasida 
mehnatni muhofaza qilish tartib qoidalari bo’zilib, baxtsiz hodisa yo’z bersa, bu baxtsiz 
hodisaning og'ir-yengilligi va oqibatini hisobga olib, javobgarlik chora-tadbirlari belgilanadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin