Mehnat xavfsizligi bo‘yicha Davlat standartlar tartibi (GOST SSBT). Mehnat xavfsizligi bo‘yicha standartlar tartibi—tashkiliy-texnik, metrologik, sanitar –
gigiyenik meyor va qoidalarga tegishli talablarini o‘z ichiga olgan, mehnat sharoitlari
xavfsizligini ta’minlovchi, xodimlarni mehnat jarayonida hayoti va sog‘lig‘ini saqlovchi o‘zaro
uzviy bog‘langan kompleks standartlari majmuasidir.(2-rasm)
2-rasm. Davlat standartlar tartibi (GOST SSBT) Bu yerda guruh nomlari quyidagicha:
0-Tartibi tashkiliy-uslubiy meyorlari bo‘yicha tuzish;
1-Ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar turlariga talab va meyorlar
2-Ishlab chiqarish (jihozlariga) uskunasiga qo‘yilgan xavfsizlik talablari
3-Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yilgan xavfsizlik talablari
4-Ishlovchilarni himoya vositalariga qo‘yilgan talablar.
Har xil guruhdan tashkil topgan mehnat xavfsizligi bo‘yicha Davlat standartlar tartibi
GOST CCBT :
GOST 12.0.004-90 SSBT.– “Mehnat xavfsizligi bo‘yicha o‘qishni tashkillashtirish.
Umumiy qoidalar”;
GOST 12.1.030-81 SSBT.“Elektr xavfsizligi. Yerga ulangan himoya simi. Nolga ulanish”;
GOST 12.2.003-91 SSBT. “Ishlab chiqarish asbob-uskunasi. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy
talablar”;
GOST 12.3.020-80 SSBT. “Korxonalarda yuklarni boshqa joyga qo‘chirish jarayoni.
Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar”
GOST 12.4.125-83 (1985) SSBT. “Mexanik omillari ta’siridan jamoaviy himoya
vositalari. Tasnif” kabi ko‘rinishlarda mavjud bo‘ladi.
2.3. Faoliyat xavfsizligi qonun-qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar. Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi
davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
2. “O’zgeosanoatkontexnazorat” agentligi.
3. O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Sanitariya epidemiologiya
nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining Yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
5. O`zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati.