Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
206
oftobda, ayb yo‘qdur. Chunonchi bayt: 
Har zarrani xurshid qilur nuroniy
 Bu bandaga idbor mazallat monv’. 
Bas, sifatki, nuqs va tag‘ayyurg‘a dalolat qiladur o‘zig‘a nisbat bergay va Haq 
taoloni tag‘ayyur va nuqsdan poklik birla yod qilg‘ay. 
Ikkinchi daraja ulki, muridlig‘ darajasidan o‘tub yuqori martabasiga yetgayki, 
ani fano derlar va endi Haq taoloning sun’i san’ati va nuridan o‘zgani mushohada 
qilmas. Balki simo’ga yetmak birla o‘zining fanosi va Haq taoloni yagonalig‘i 
ko‘nglida toza bo‘lib, bilkulli o‘zidak g‘oyib, bu olamdan bexabar bo‘lur. Misol uchun 
o‘tg‘a kirsa, hech xabari bo‘lmas. Bu qism simo’ hammadin komilroqdur. Ammo 
muridlar simo’i odamlarning sifati (pastligi) birla omuxtadur. Ko‘pchilik o‘zlugidan 
xalos bo‘lolmaslar. 
Ikkinchi maqom. Vaqtiki solik fahmdan forig‘ bo‘lsa, andog‘holat ro‘y berurki, ani 
vajd atarlar. Vajdning ma’nosi yuksak holatni topqonidur. (So‘fiylikda ishq va 
ishtiyoq g‘alabasi natijasida behush bo‘lish, o‘zidan ketish). Ba’zi so‘fiylar andog‘ 
holatni topurki, ul holat ilgari yo‘q edi va ul holat haqiqatida so‘z juda ko‘pdir. 
Ammo ikki nav’g‘a iktifo (kifoyalanish) qilindiki, bir nav’ hol, yana bir nav’ - 
mukoshafotdur. Ammo birinchi nav’da inson sifati va holati g‘olib bo‘lurki, mast va 
mustahraq (otashin) qilur. Bas, ul sifat gohi shavq va gohi xavf va gohi otashi 
ishq bo‘lur va gohi talab va gohi anduh bo‘lur va gohi hasrat, ala hazal-qiyos (va 
shular kabi) bo‘lur. Vaqtiki oshiqlik o‘ti dilg‘a g‘olib bo‘lsa, dudi dimog‘ni kuydirur. 
Odam atrofidagi hech nimani ko‘rmas va eshitmas. Mastlardek o‘zidan g‘ofil bo‘lur. 
Ikkinchi nav’ mukoshafotdurki, olami g‘aybdan biror nima oshkora bo‘lur, ba’zan 
maxfiy va ba’zan sarixan (aniq, ravshan) namoyon bo‘lur. Bu jihatdan simo’ning 
asari dilni andog‘ sof qilurki, oynaning gard-g‘uborini sayqal birla sof qilg‘onga 
o‘xshashdur. Toki olami g‘aybning nozanin suratlari dilda jilvagar bo‘lur. 
Bas, bu holni maqom martabasiga yetmagan kishilar bilmaslar va bu holdan 
hech bir ibora ta’bir qilolmas. Bilgilki, takalluf (urinish) birla vajdi hol paydo qilmoq 
ayni nifoq va mazmumdur. Magarki vajdi hol qiladurg‘on sabablarga takalluf qilmog‘i 
joizdur. Toki haqiqiy vajdi hol hosil bo‘lg‘ay. Xabarda kelibdur, vaqtiki Qur’on 
eshitsanglar va agar yig‘layolmasanglar, takalluf qilinglar. Ma’nosi ulki, takalluf 
(urinish) birla girya (yig‘lamoq) va parishonlikning sababini ko‘nglinglarga keltiringlar, 
butakallufningta’siri bordur, ana shu vaqtda haqiqiy yig‘i hosil bo‘ladi. 
Uchinchi maqom. Simo’da raqs va harakat qilmoq va kiyim yirtmokdur. Bas, bu 
ishlarni behushliq va beixtiyor qilsa muboh va ajri bo‘lg‘ay. Ammo ixtiyor birla o‘zini sohib 
hollarga o‘xshatib qilmoqharom va ayni nifokdur. Abul Qosim Nasr Obodiy aytur: 
«Takalluf birla simo’ qilmoqdan g‘iybat qilmoq behroqtsur». Abu Umar ibn Majd aytur: 
o‘ttiz yil g‘iybat qilg‘on kishining g‘iybati, bir navbat takalluf birla simo’ qilg‘onning 
fasodiga yetmas. Hammadin behroquldurki, simo’ni dildan eshitgay, ovoz qilmagay, 
zohirida ta’sir qilmaganday bo‘lib, dili vajdga yetsin. Harakat qilmoq va ovoz qilmoq 
va yig‘lamoq za’ifliqning nishonidur. Va lekin bu toqat va quvvat kishida kam bo‘lur. 
Hazrati rasul alayhissalomning huzurlarig‘a guruhe kelib Qur’on o‘qidilar. Qur’onni 
eshitib, yig‘lab parishonliq qildilar. Hazrati Abu Bakir Siddiq roziyallohu anhu 
aytdilarkim: 
«Kunno kama kuntum summa qasat qulubuno». 
Ya’ni, biz avval sizlarg‘a o‘xshash edik, endi ko‘nglimiz qattiq, ya’ni biz sizlardek 
vajdu hol bo‘lur edik. Endi Qur’onni to‘la eshitmak birla ko‘nglimizg‘a quvvat hosil 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin