www.ziyouz.com кутубхонаси
227
tuxmat, hasadgo‘ylik, chaqimchilik, xaromxo‘rlik va h. k.
Gunohi sag‘ira - kichik, yengilroq gunohlar: dangasalik, yalqovlik, beg‘amlik,
dag‘allik, hasislik, sabr-toqat kamligi, do‘stlarga, qarindoshlarga beparvolik va h. k.
Zodi roh- oxirat yo‘lining ozig‘i, ya’ni, savob, hayrli, olijanob ishlar, go‘zal xulqlar.
Fasod-aynish, ruhan chirish yemirilish, odatda ba’zi amirlar, xokimlar va boshqalar, yana
ba’zi boy badavlat odamlarga xos illatlar.
G’aflat - yaxshi, savob ishlardan xabarsizlik g‘aflat ahli og‘ir gunohlarga botadi.
Dil g‘izosi (taomi) - go‘zal xulqlar, savobli ishlar, ilm-ma’rifat.
Xorut va Morut - Qur’onda tilga olingan ikki farishta. Bular go‘zal Zuhrani zinokorlikka
majbur qilmoqchi bo‘lganlar. Zuxra Xudoga iltijo qilganida, u osmonga parvoz qilib,
yulduzga aylangan. Xorut va Morut og‘ir gunohlari uchun Bobildagi chuqur choqga oyog‘i
osmondan qilib osib qo‘yilgan.
Malakul-mavt - Azroil, o‘lim farishtasi.
Ruhi insoniy - modda, shakl, hajm, rang yoki vaznga muhtoj bo‘lmagan, abadiy
yashaydigan, sira o‘lmaydigan ruh. Vujud, badan o‘lganida insoniy ruh qafasdan qutilib.
ozodlikka chiqadi.
Vahiy - payg‘ambarlarga Alloh tomonidan yetkaziladigan amr-farmon, Qonun-Qoida,
pand-nasihatlar.
Bovar qilmoq - ishonmoq.
O’zligini tanimoq- insonlar aslida o‘zini farishtalarga yaqin, Allohga sevimli, barchaga
yaxshilik tilaydigan, hech kimga yomonlik tilamaydigan, gunoh ishlar qilmaydigan
sofdil xilqat ekanligini, ya’ni asl o‘zligini bilmaydi. Komil insonlar bundan mustasno.
Baxllik, zinokorlik, munofiklik, aldov, qotillik, o‘g‘rilik kabi gunoh ishlar aslida devlar va
shaytonlarning odatidir. Ba’zilaro‘zining insonligini unutib, devlar va shaytonlar kabi
yovuzlik qiladilar.
Fuqaho - faqihlar, musulmon xuquqshunoslari. Mutakallim - kalom ilmi sohibi. Ahli
basirat - qalb ko‘zi ochiq insonlar.
Ahli taqlid - tushunmasdan yomonlarga taqlid qilib yashovchilar.
Xashr - mahshargoh.
Ba’as - qiyomatda tirilmoq.
Maod - ruhning o‘z joyiga qaytishi.
O’lmak birla botil bo‘lmas - inson vujudi o‘lgach, ruhi erkin parvoz qiladi va
fazilatlarini yo‘qotmaydi.
«Bu dunyo - mo‘minlarning do‘zahi va kofirlarning jannatidur» - hadisning ma’nosi: bu
dunyoda birovlarni aldab, jabr-zulm qilib, qiynab, mol-mulk, boylik topuvchilar, ya’ni
do‘zahiy odamlar jannatda yashaganday rohatlanadilar, lekin abadiy hayot, oxiratda
do‘zah azoblarini tortadilar.
Ruhiy (ruhoniy) do‘zax,- jismoniy azob ham og‘ir, lekin ruhazobi jonni o‘rtaydi, ya’ni,
undan omonlik yo‘q.
«Qiyomat kuni suvrat ma’noga tobe’ bo‘lg‘usidur» - ya’ni, qiyomatda har qanday ayyor,
makkor odam o‘zining yomonligini, do‘zahiyligini yashirolmas.
Ahli ma’rifat va ahli toat - ma’noga ko‘ra, ma’rifat hosil . qilish taot-ibodat qilish
bilan barobardir. X,am ma’rifat, ham ibodat bo‘lsa - nur ustiga a’lo nurdir.
«Rux insonning x.aqiqatidur» - ya’ni, odam tilida ming chandon ajoyib so‘zlar aytib,
xalqni aldasa ham. ruh yomonligi, majruxligini, Alloxdan va sofdil odamlardan
yashirolmaydi.
Ma’qulot - aqliy bilim, tushunchalar. Asl aql - ayyorlik va yovuzlikda emas, balki
Xaq taologa xush keladigan savob ishlarda ko‘rinadi.
«Bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar...» - shunchalik dono insonlar Alloh, oxiratni