“ Yuzlik” mavzusida arifmetik amallarni o‘rganish. 100 ichida qo‘shish va ayirish



Yüklə 173,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.03.2023
ölçüsü173,68 Kb.
#90181
1   2   3   4
 
100 ichida ko‘paytirish va bo‘lish 
Mavzusi ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar 
quyidagilardan iborat: 
1) O‘quvchilarni ko‘paytirish va bo‘lish arifmetik amallarni ma’nosi bilan 
tanishtirish, ularning ba’zi xossalari (ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi, 
sonni yig‘indiga va yig‘indini songa ko‘paytirish xossasi, yig‘indini songa bo‘lish 
xossasi) va ular orasidagi mavjud bog‘lanishlar bilan, bu amallar komponentlari 
bilan natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar bilan tanishtirish; 


2) Ko‘paytirish jadvalini puxta bilishni va undan bo‘linmani topishda foydalana 
olishni ta’minlash; 
3) O‘quvchilarni jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish usullari bilan 
ko‘paytirish va bo‘lishning maxsus hollari ( nol soni bilan ko‘paytirish va bo‘lish, 1 
ga ko‘paytirish va bo‘lish) qoldiqli bo‘lishning jadval hollari bilan tanishtirish. 
100 ichida ko‘paytirish va bo‘lishni bir necha bosqichlarda bo‘lib o‘rganish 
mumkin. 
1. Тayyorgarlik bosqichi. 100 ichida ko‘paytirish va bo‘lish 2 sinfda o‘rganiladi, 
ammo o‘rganishga tayyorgarlik 1-sinfdayoq 10 va 100 ichida raqamlashni qo‘shish 
va ayirishni o‘rganishda boshlanadi. 
10 ichida qo‘shish va ayirishning dastlabki jadvallarini qarashdan boshlab 
berilgan songa 2 tadan qo‘shib sanashga oid ( 3 talab, 4 talab...va hokazo) mashqlar 
nazarda tutiladi. 
 
“Minglik” mavzusida arifmetik amallarini o‘rganish 
Minglik temasida oldin qo‘shish va ayirishning og‘zaki, keyin yozma usullari 
o‘rganiladi. 
Ming ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullarini o‘rganish metodikasi 100 
ichida qo‘shish va ayirish metodikasiga o‘xshashlik tomonlari bor. 
1000 ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullari bir vaqtda va quyidagi 
tartibda o‘rganiladi. 
1. 250+30, 420+300 ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish hollari. 
Hisoblash usullari sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indidan sonni ayirishning 
tegishli qoidalariga asoslanadi. 
250+30=(200+50)+30=200+80=280 
250–30=(200+50)-30=200+(50-30)=200+20=220 
420+300=(400+200)+300=(400+300)+20=700+20=720 
420–300=(400+20)–300=(400-300)+20=100+20=120 


O‘quvchilarni qaralayotgan hollar uchun qo‘shish va ayirishning boshqa usuli, 
ya’ni o‘nliklar sonini ifodalovchi sonlarni qo‘shish va ayirishga keltiriladigan usuli 
bilan tanishtirish maqsadga muvofiq: 
250+30=280 250-30=220 
25 o‘nl+3 o‘nl=28 o‘nl 25 o‘nl-3 o‘nl=22 o‘nl
420+300=720 420-300=120 
42 o‘nl+30 o‘nl=72 o‘nl 42 o‘nl-30 o‘nl=12 o‘nl 
Bu usuldan foydalanish o‘quvchilarni 1000 ichida ko‘paytirish va bo‘lishning 
og‘zaki usullarini, shuningdek, ko‘p xonali sonlar ustida amallar bajarishni 
o‘rganishga tayyorlaydi. 
2. 840+60, 700-80 ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish hollari. 
Qo‘shishning bu usulini qarashda 84+6 ko‘rinishdagi holni eslatish kifoya:
840+60=(800+40)+60=800+(40+60)=800+100=900 
700–80 ko‘rinish uchun esa 70–8 ko‘rinishni eslatish bilan birga quyidagi 
maxsus mashqlarni bajarishni nazarda tutish kerak. 
Sonlarni namunadagicha o‘xshash yig‘indi bilan almashtiring: 
400+300+100, 600=...., 900=.... 
437+400, 162+5, 872-700, 568-4.... v.h. 
Bularning yechimlari ham yig‘indiga sonni qo‘shish va yig‘indidan sonni ayirish 
qoidalarini qo‘llanishga asoslanadi. 
Bunda birdan-bir farq uch xonali sonni xona birliklari yig‘indisi shaklida emas, 
balki qulay qo‘shiluvchilar yig‘indisi shaklida ifodalashning qulayligidir: 
437+200=(400+37)+200=(400+200)+37=637 
162+5=(160+2)+5=160+(2+5)=167 
872-700=(800+72)-700=(800-700)+72=172 
568-4=(560+8)-4=560+(8-4)=564 


3. 700+230, 430+260, 90+60, 380+70, 270+350 ko‘rinishdagi qushish hollari. 
Bunday qo‘shish usullari songa yig‘indini qo‘shish qoidasiga asoslanadi. 
700+230=700+(200+30)=(700+200)+30=930 
430+260=430+(200+60)=(430+200)+60=690 
90+60=90+(10+50)=(90+10)+50=150 
380+70=380+(20+50)=(380+20)+50=450 
270+350=270=(300+50)=(270+300)+50=570+50=620 
420+260 ko‘rinish uchun yig‘indini yig‘indiga qo‘shish qoidasidan ham 
foydalanish mumkin. 
430+260=(400+30)+(200+60)=(400+200)+(30+60)=600+90=690 
90+60 ko‘rinishda o‘nliklar ustida amallar bajarish usulidan ham foydalanish 
mumkin. 
9 o‘nl+6 o‘nl=15 o‘nl 
4. Sondan yig‘indini ayirish qoidasining qo‘llanilashiga asoslangan hollar 
guruhi: 
500–140=500-(100+40)=(500–100)–40=400–40=360 
270–130=270–(100+30)=(270–100)–30=170–30=140 
140–60=140–(40+20)=(140–40)–20=100–20=80 
340–60=340–(40+20)=(340–40)–20=300–20=280 
340–160=340–(100+60)=(340–100)–60=240–60=180 
270–130 ko‘rinishdagi hollar uchun yig‘indidan yig‘indini ayirish qoidasiga 
asoslangan hamma xona ayirish usulidan foydalanish qulay 
270–130=(200+70)–(100+30)=(200–100)+(70–30)=100+40=140 
140–60 ko‘rinishdagi hol uchun o‘nliklar ustida ayirish amalini bajarish 
qulaydir. 
14 o‘nl–6 o‘nl=8 o‘nl 
Qo‘shish va ayirishning yozma usullari alohida-alohida qaraladi: 
Yig‘indini yig‘indiga qo‘shish qoidasi yozma qo‘shish (ustun shaklida 
qo‘shish)ga asos bo‘ladi. 


354+132=(300+50+4)+(100+30+2)=(300+100)+(50+30)+(4+2)=400+80+6=48

Keyin shu misolni ustun qilib yechib ko‘rsatiladi va taqqoslanib, qulayiga 
intiladi. 
O‘qituvchi yozma ravishda qo‘shish yuzliklardan emas, balki birliklardan 
boshlanishga o‘quvchilar e’tiborini qaratish kerak. 
O‘quvchilarga sonlarni birining ostiga ikkinchisini to‘g‘ri yozishning zarurligini 
oydinlashtirish uchun birinchi darsdayoq qo‘shiluvchilardan biri uch xonali, 
ikkinchisi esa ikki xonali bo‘lgan misollar ishlatish kerak: 
412 I437256333464279 
32512324645474 
737 5608098001000 
II. Birliklar yig‘indisi yoki o‘nliklar yig‘indisi 10 ga teng bo‘lgan hollar. 
III. Birliklar yig‘indisi yoki o‘nliklar yig‘indisi 10 dan katta bo‘lgan hollar. 
Yozma ayirishning har xil usullari qo‘shishdagidek o‘rganiladi: oldin 
yig‘indidan yig‘indini ayirish qoidasi qaraladi, so‘ngra yozma usuli yechib boriladi. 
563–321=(500+60+3)–(300+20+1)=(500–300)+(60–20)+(3–
1)=200+40+2=242 
563 450 963
--- 
321 136 586 
242 314 
1000 ichida ko‘paytirish va bo‘lish. Ikkinchi sinfda o‘quvchilar bir yoki ikki nol 
bilan tugaydigan sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish usullari bilan tanishadilar. 
Ko‘paytirish va bo‘lish hollari jadvalda ko‘paytirish va bo‘lishga keltiriladi. 


60 x 4 80:2 540:9
6 o‘nl x 4=24 8 o‘nl:2=4 o‘nl 54 o‘nl:9=6 o‘nl 
60x4=240 80:2=40 540:9=60 
900:3 300x2 
9 yuzl:3=3 yuzl 3 yuzl x 2=6 yuzl 

Yüklə 173,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin