Toshkent moliya institute bxa 81-2 guruh talabasi


-bob. Buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari



Yüklə 302,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix27.03.2023
ölçüsü302,14 Kb.
#90337
1   2   3   4   5   6   7   8
gulnoza investitsiya va innovatiyalar

2-bob. Buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari 
6. Quyidagilar buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: 
qurilish obyektlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish 
yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash; 
birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan 
muddatda sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik 
hujjatlari talablariga rioya qilish; 


obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish; 
loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish, 
xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligini ta’minlash; 
loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazorat olib 
borilishini ta’minlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik 
normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obyektlarni foydalanishga qabul qilish 
ishlarini tashkil etish; 
subyektlarning shaharsozlik faoliyati sohasidagi o‘zaro munosabatlari 
shaffofligini ta’minlash. 
3-bob. Buyurtmachi xizmatining asosiy funksiyalari 
7. Yuklangan vazifalarga muvofiq buyurtmachi xizmati quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: 
a) qurilish obyektlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish 
yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash sohasida: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahri hokimliklari, vazirlik va idoralarning topshirig‘iga binoan maqsadli davlat 
dasturlariga kiritilgan loyihalarning parametrlarini aniqlashtirish va kelgusida 
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga belgilangan tartibda 
taqdim etish uchun ularga yangi loyihalarni qo‘shish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; 
moliyalashtirish manbalarini belgilovchi hujjatlar va manzilli ro‘yxat 
loyihalarini ishlab chiqadi, o‘rnatilgan tartibda kelishadi va ularning tasdiqlanishini 
ta’minlaydi; 
pudratchi tashkilot bilan kelishgan holda qurilishning titul ro‘yxatini 
tasdiqlaydi; 
obyekt quriladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini 
joylashtirish masalalarini ko‘rib chiqish ishlarida ishtirok etadi; 
b) birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan 
muddatda sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik 
hujjatlari talablariga rioya qilish sohasida: 
loyihalarni ishlab chiqishga birlamchi ruxsat beruvchi hamda xarid bo‘yicha 
hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, xarid jarayonlarini tashkil etilishi va 
o‘tkazilishini ta’minlaydi; 
loyihachi tashkilotga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan, 
arxitektura-rejalash topshirig‘ini, topografik materiallarni, muhandislik-geologik 
qidiruvlarning va tayanch qurilish konstruksiyalarining texnik holatini tekshiruvdan 
o‘tkazish materiallarini, nuqsonlarga oid dalolatnomalarni taqdim etadi, ushbu 
hujjatlar asosida o‘rnatilgan tartibda loyihalashtirishga topshiriqni tayyorlaydi va 
tasdiqlaydi; 


shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish topshirig‘ini 
tayyorlab “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida belgilangan tartibda kelishadi 
va tasdiqlaydi; 
ishlarni bajarish hamda moliyalashtirish jadvalini inobatga olgan holda, 
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun shartnoma tuzadi; 
tegishli tashkilotlar bilan eksperimental, ilmiy-tekshirish, arxeologiya ishlari 
va boshqa ishlarni bajarish uchun shartnomalar tuzadi; 
loyiha-qidiruv ishlari ijrochilarining shartnoma majburiyatlariga rioya 
etilishini nazorat qiladi; 
loyihaoldi, loyiha va xarid bo‘yicha hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi, 
kelishadi va ularning tasdiqlanishini ta’minlaydi; 
vakolatli organlar xulosalari hamda pudratchi tashkilotlar takliflari asosida 
tegishli hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini tashkil etadi; 
qurilishi markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan 
obyektlar boshlang‘ich qiymati Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytiga 
(stat.uz) qo‘yib boriladigan qurilish materiallarining joriy narxlari, mashina va 
mexanizmlar xizmati uchun o‘rtacha narxlar hamda o‘rtacha ish haqidan 
foydalangan holda shakllantiradi; 
bunda narxlarni yil davomida o‘zgarishini inobatga olib, muayyan davr 
uchun o‘rtacha narx narxlar o‘sishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlardan 
foydalangan holda hisob-kitob qiladi; 
v) obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish sohasida: 
qurilish uchun maydon tanlash va ajratish bo‘yicha komissiyalar ishida 
ishtirok etadi; 
qurilish uchun yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi hujjatlarni, shuningdek, 
elektr uzatish havo tarmoqlari va aloqa tarmoqlari hududida, temir yo‘llarda, qurilish 
maydonida joylashgan yer osti kommunikatsiya tarmoqlari (elektr energiyasi, tabiiy 
gaz va kanalizatsiya tarmoqlari) o‘tadigan joylarda ishlarni bajaradi; 
qurilish obyektida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bo‘lmagan 
taqdirda, ishlarni tashkil etish uchun ushbu hududdagi mavjud muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish choralarini ko‘radi; 
daraxtlarni o‘tqazish, butash, zarur hollarda daraxtlarni kesish uchun talab 
etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda olinishini ta’minlaydi; 
obyekt qurilayotgan hududda buziladigan, boshqa joyga ko‘chiriladigan 
yoki rekonstruksiya qilinadigan aholi xonadonlarida istiqomat qiluvchi 
fuqarolarning mazkur masalalar yuzasidan qonuniy talablari bajarilishini 
ta’minlaydi; 


fuqarolarga zarurat bo‘lganda, amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda 
tutilgan obyektning umumiy qiymati doirasida olib qo‘yiladigan meva, rezavor 
meva daraxtlari va ekinlar qiymatini, shuningdek, fuqarolarga xususiy mulk huquqi 
bilan tegishli bo‘lgan va buzilishi kerak bo‘lgan turar joylar va imoratlar qiymatini 
qoplaydi; 
qurilish hududida buziladigan bino va inshootlarning hisob-kitobi hamda 
ularni obyekt qurilish loyihasiga kiritishning asosliligini tekshiradi; 
obyektlarning buzilishi natijasida hosil bo‘ladigan hamda qazib olinadigan 
qurilish materiallari belgilangan tartibda hisobga olinishi va sotilishini ta’minlaydi; 
qurilish uchun geodezik ajratish asosini tashkil etadi; 
g) loyihalar moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish, 
xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligini ta’minlash sohasida: 
obyektni loyihalashtirish va foydalanishga tayyor holda topshirish ishlarini 
bajaruvchi ijrochilarni belgilash bo‘yicha tender savdolarini tashkil etish, o‘tkazish 
hamda belgilangan tartibda shartnoma tuzilishini ta’minlaydi; 
shartnoma asosida ishlarni bajarish, moliyalashtirish jadvallarini tasdiqlash, 
qurilish ishlari titul ro‘yxatlarini tuzish va aniqlashtirib borilishini ta’minlaydi; 
moliyalashtirish bo‘yicha kelishilgan jadvalni hisobga olib, zarur barcha 
hujjatlarni mutasaddi idoraga (bankka, g‘aznachilik bo‘limiga) taqdim etgan holda 
loyihalash va qurilish ishlarining o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlaydi; 
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini yuritadi, tasdiqlangan shakllarga 
muvofiq faoliyat turlari bo‘yicha hisobotlarni belgilangan tartibda tegishli 
organlarga taqdim etadi hamda ularning ishonchliligi uchun javob beradi; 
loyiha ishtirokchilarining bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
to‘lovga taqdim etilgan hisobvaraqlarini tekshirib qabul qiladi; 
bajarilgan ishlar bo‘yicha belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshiradi; 
shartnoma majburiyatlari qisman yoki to‘liq bajarilmagan hollarda 
loyihachi, pudratchi va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda jarima to‘lash 
to‘g‘risida da’voni taqdim etadi; 
d) loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazorat olib 
borilishini ta’minlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik 
normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obyektlarni foydalanishga qabul qilish 
ishlarini tashkil etish sohasida: 
qurilish obyektlarini qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarida 
ro‘yxatdan o‘tkazadi; 
pudrat ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni 
hamda mualliflik va texnik nazorat mavjudligini tekshiradi; 


loyiha boshqarilishini va obyektlarda qurilish ishlari yuzasidan tizimli texnik 
nazoratni amalga oshirilishini ta’minlaydi, qurilish jarayonida kamchiliklar va 
nuqsonlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘radi; 
qurilish normalari va qoidalariga muvofiq qurilishi tugallangan obyektlarni 
foydalanishga qabul qilib oladi; 
obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha tegishli komissiyaga 
zarur hujjatlarni taqdim etadi; 
foydalanishga qabul qilingan obyektlar bo‘yicha barcha tegishli hujjatlarni 
foydalanuvchiga taqdim etadi; 
qurilish normalari va qoidalari talablari buzilgan holda qurilgan obyektlar 
foydalanishga qabul qilib olinganligi uchun javob beradi; 
e) shaharsozlik faoliyati subyektlarining obyektlar qurilishi jarayonida 
o‘zaro munosabatlari shaffofligini ta’minlash sohasida: 
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — axborot 
tizimi) zarur axborotlarni kiritib boradi; 
obyektlarning manzilli dasturi, yillik manzilli ro‘yxat va har bir obyekt 
bo‘yicha ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi; 
birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar tayyorlanishi, loyihaoldi va loyiha 
ishlarining amalga oshirilishi, ekspertiza organlari tomonidan xulosalar berilishi, 
xaridlar jarayoni, qurilish ishlarining olib borilishi hamda moliyalashtirish 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi; 
loyihachi, ekspertiza, pudratchi va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan 
shartnomalar ijrosi, bajarilgan ishlar, moliyalashtirish bo‘yicha ishonchli 
ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi; 
qurilish jarayonlarini nazorat qilish, qurilish ustidan mualliflik, texnik 
nazorat bo‘yicha mutaxassislar va qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari 
tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va ko‘rsatib o‘tilgan 
kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etishga doir ma’lumotlarni axborot 
tizimiga kiritadi; 
qurilish obyektining har bir bosqichi yakuni bo‘yicha ma’lumotlar va 
asoslovchi hujjatlarning obyektlar foydalanishga topshirilgunga qadar axborot 
tizimiga muntazam kiritib borilishi va yuritilishini ta’minlaydi. 

Yüklə 302,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin