Toshkent moliya institute bxa 81-2 guruh talabasi


-bob. Buyurtmachi xizmatining javobgarligi



Yüklə 302,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix27.03.2023
ölçüsü302,14 Kb.
#90337
1   2   3   4   5   6   7   8
gulnoza investitsiya va innovatiyalar

6-bob. Buyurtmachi xizmatining javobgarligi 
12. Buyurtmachi xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq: 
ishlarni bajarishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi 
kechiktirilganligi; 
geodeziya — bo‘lish asoslari hamda qurilish hududiga biriktirilgan punktlar 
va belgilar berilishi kechiktirilganligi; 
qurilishi tugallangan obyekt, uning ayrim navbatlari, ishga tushirish 
kompleksi, binolar, inshootlar, ishlab chiqarishga tayyorlangan mahsulotlar yoki 
xizmatlar shartnoma shartlariga muvofiq qabul qilib olinishi asossiz ravishda 
kechiktirilganligi; 
shartnomaga 
asosan 
belgilangan 
muddatda 
mablag‘ 
bilan 
ta’minlanmaganligi, bajarilgan ishlar tasdiqlanmaganligi va ularga haq 
to‘lanmaganligi; 
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki 
zarur darajada bajarilmaganligi uchun mulkiy javob beradi. 
7-bob. Xo‘jalik faoliyati asoslari 
13. Buyurtmachi xizmati yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka 
egalik qiladi, mustaqil balans yuritadi. 
14. Buyurtmachi xizmati ta’minoti uning yuqori turuvchi organi tomonidan 
tasdiqlangan (markazlashtirilgan manbalar bo‘yicha belgilangan tartibda moliya 
organida ro‘yxatdan o‘tkazilgan) xarajatlar smetasiga muvofiq unga ajratilgan 
kapital qo‘yilmalar hisobiga amalga oshiriladi. 
15. 
Markazlashtirilgan 
manbalar 
hisobidan 
moliyalashtiriladigan 
buyurtmachi xizmatiga biriktirilgan mol-mulk davlat mulki hisoblanadi va mulk 
huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. 
16. Buyurtmachi xizmatlarining faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash 
quyidagi daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi: 
markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning 
qurilish-montaj ishlari qiymatidan ajratmalar; 
budjet tashkilotlari, budjetdan mablag‘ oluvchilar hamda boshqa yuridik 
shaxslar bilan shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan tushumlar; 


shartnoma asosida majburiyatlarni bajarmaganligi uchun sud va sudgacha 
hal qilish tartibida undirilgan jarimalar (sanksiyalar) va penyalardan ajratmalar; 
bo‘sh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag‘lar; 
homiylik mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
17. 
Markazlashtirilgan 
manbalar 
hisobidan 
moliyalashtiriladigan 
buyurtmachi xizmati tuzilmasi va shtatlar jadvali, lavozim maoshlari jadvali
mehnatga haq to‘lash va mukofotlash tartibi yuqori turuvchi organlar tomonidan 
tasdiqlanadi va joylashgan joyidagi moliya organida belgilangan tartibda ro‘yxatdan 
o‘tkaziladi. 
Bunda, buyurtmachilarning rahbarlari, xodimlari va mutaxassislariga: 
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son 
qarori
bilan 
tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlari va tarif koeffitsiyentlari 
hamda qonunchilik bo‘yicha oshirilgan miqdordagi koeffitsiyentlari; 
budjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash 
fondining qonunchilikda belgilangan miqdorida moddiy rag‘batlantirish maxsus 
fondi; 
ikki oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirgan holda 
mukofotlash hamda bir oylik ish haqi fondini yo‘naltirgan holda xodimlarga moddiy 
yordam ko‘rsatish shartlari qo‘llaniladi. 
Buyurtmachi xizmatini saqlash xarajatlari obyektlar qurilish qiymatiga 
kiritiladi. 
18. Vazirlik va idoralar huzuridagi buyurtmachi xizmati rahbarlari
xodimlari va mutaxassislariga ushbu vazirlik va idoralar va ularning tizim 
tashkilotlari uchun qo‘llaniladigan ko‘p yillik mehnatga haq to‘lash shartlari 
qo‘llaniladi. 
19. Markazlashgan manbalar hisobidan joriy saqlash xarajatlari uchun 
mablag‘ bilan ta’minlanuvchi buyurtmachi xizmatlari — budjet mablag‘lari oluvchi 
tashkilot hisoblanadi, uning saqlash uchun xarajatlari obyekt qiymatida ko‘zda 
tutilgan mablag‘lar buyurtmachi xizmatining bank hisob raqamlariga kelib tushadi. 
20. 
Buyurtmachi 
xizmatlari 
markazlashgan 
manbalar 
hisobidan 
moliyalashtiriladigan 
obyektlarning 
qurilish-montaj 
ishlari 
qiymatidan 
ajratmalardan tashqari mazkur Nizomning 
16-bandiga
muvofiq kelib tushgan 
mablag‘lar hisobidan yuqori turuvchi tashkilot bilan kelishgan holda quyidagilarni 
moliyalashtirishga yo‘naltiriladi: 
buyurtmachi xizmati rahbarlari, xodimlari va mutaxassislarining lavozim 
maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni 
hisobga olgan holda ustamalar to‘lashga: 2 yildan 5 yilgacha — 0,2; 5 yildan 10 
yilgacha — 0,4; 10 yildan 15 yilgacha 0,6 va 15 yildan ortiq — 0,8; 


buyurtmachi 
xizmati 
xodimlariga 
qonunchilikda 
belgilangan 
rag‘batlantirish, premiya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun pul 
mablag‘lari va mukofot pullarini to‘lashga hamda buyurtmachi xizmatining moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash va joriy faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni 
qoplashga. 
21. Moliya yili yakuniga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan bank hisob 
raqamiga kelib tushgan, biroq ishlatilmay qolgan mablag‘lar davlat budjetiga olib 
qo‘yilmaydi va ushbu mablag‘lar mazkur Nizomga muvofiq buyurtmachi 
xizmatining rahbarlari, xodimlari va mutaxassislarini moddiy rag‘batlantirish va 
joriy saqlash bilan bog‘liq xarajatlarga sarflanadi. 

Yüklə 302,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin