4-bob. Stajirovkani o‘tash tartibi 19. Stajirovka uch bosqichga bo‘linadi:
tayyorlov;
asosiy;
hisobotlarni topshirish va baholash.
20. Stajirovka tayyorlov bosqichining birinchi kunida Moliya vazirligi
tizimidagi stajirovka rahbari tomonidan yig‘ilish o‘tkaziladi. Yig‘ilishda talabalar
stajirovkani o‘tash dasturi bilan tanishadilar, uning maqsad va vazifalariga taalluqli
ko‘rsatmalar, stajirovkani o‘tash va Dasturning 3-ilovasidagi hisobot shaklini
to‘ldirish tartibi haqida xabardor qilinadilar.
21. Stajirovka o‘tashning boshida talabalar qabul qiluvchi tashkilotning
tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari, o‘ziga xosligi bilan tanishadilar hamda stajirovka
rahbari va biriktirilgan ustoz-mentor bilan birgalikda stajirovkani o‘tash dasturini
bajarish bo‘yicha Dasturning 4-ilovasiga muvofiq, shaxsiy ish reja jadvalini tuzadilar.
22. Stajirovkaning asosiy bosqichida bitiruvchi bevosita stajirovkani o‘tash
dasturini bajarish bo‘yicha Shaxsiy ish rejada ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajaradi.
23. Stajirovka yakunlari bo‘yicha hisobotni topshirish so‘nggi bosqich
hisoblanadi. Belgilangan tartibdagi hisobot-taqdimot stajirovka rahbari, ustoz-mentor
va Yoshlar ishlari agentligi vakili tomonidan baholanib tasdiqlanadi.
24. Stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar Yoshlar ishlari
agentligi tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan sertifikat bilan taqdirlanadi.
Mazkur sertifikat asosida bitiruvchilar Moliya vazirligi tizimi kadrlar zaxirasiga
kiritiladi hamda Moliya vazirligi tizimidagi mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha
o‘tkaziladigan tanlov jarayonlarida ustunlik beriladi.
5-bob. Yakuniy qoida 25. Mazkur Dastur bo‘yicha yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida
belgilangan
tartibda
hal
etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tizimida “Yosh
mutaxassislarni tanlash” dasturiga
1-ilova