3. “ stajyor ”ning majburiyatlari: stajirovka bo‘yicha uslubiy va ko‘rsatma materiallar bilan tanishish;
stajirovkani tashkil etish va undan o‘tish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etish;
stajirovkadan o‘tish dasturida nazarda tutilgan barcha tadbirlarni stajirovka uchun
belgilangan muddat ichida, to‘liq hajmda va sifatli bajarish;
stajirovka o‘tash to‘g‘risidagi hisobotni taqdim qilish;
faoliyatida foydalanishi mumkin bo‘lgan materiallar to‘plamini shakllantirish;
tashkilotning ichki mehnat tartib qoidalari va xodimlar faoliyatining tartibini
belgilovchi hujjatlarga rioya qilish;
mazkur shartnomaning 1-bandida belgilangan vazifalarni bajarganligi to‘g‘risida
har oy yakuni bo‘yicha dalolatnomani taqdim etish.
Moliya vazirligining ushbu shartnomadan kelib chiqadigan boshqa topshiriqlarini
ham bajaradi.
4. Moliya vazirligining majburiyatlari: mazkur shartnoma shartlariga, shuningdek, fuqarolik qonunchilik normalari va
boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya qilish;
stajirovka jarayonlarini adolatli va shaffof tarzda tashkil etish;
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan stajyor bilan ishlash ko‘nikmasiga ega
bo‘lgan stajirovka rahbari va ustoz-mentorni tayinlash;
stajyorlar uchun ish joyi va stajirovka davrida foydalanish uchun zaruriy
materiallar (shaxsiy himoya, moddiy-texnika vositalari va boshqalar) ajratilishini tashkil
etish;
stajyorlarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish
imkoniyatlarini yaratish;
5. “stajyor” tomonidan har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 3-sanasiga qadar
Moliya vazirligiga bajarilgan ishlar hisoboti (dalolatnomasi) taqdim etiladi.
6. Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra mazkur shartnoma shartlariga
kiritiladigan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yozma shaklda amalga oshiriladi.