Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix28.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#90568
1   2   3   4   5   6   7
Maruza.-3

Analitik mashqlar: 
a) Belgilangan tayanch so„zini va tarkibidagi yangi o„rganilayotgan tovushni to„g„ri talaffuz 
qilish; 
b) Yangi o„rganilayotgan tovushni tayanch so„zdan ajratib olish va sof xolda talaffuz qilish; 
v) Shu tovushni talaffuz qilish jarayonida nutq organlarining xolatini amaliy ko„rsatish va 
izohlab tushuntirish;talaffuzi o„rganilgan tovushni to„g„ri so„zlar tarkibidan topish; 
d) Tarkibidagi yangi o„rganilgan tovush ishtirok etadigan so„zlar tanlash; 
e) Talaffuzi o„rganilgan tovushning grafik belgisi - bosma harf bilan tanishtirish; 
s) Harfning bosh va kichik shaklini, oldin o„rganilgan harflardan farqini ko„rsatib, tushuntirish. 
Sintetik mashqlar: 
a)Kesma harflardan bo„g„in tuzish va o„qish; 
b)Bo„g„inlardan so„z tuzish va o„qish; 
v)«Alifbe» tushunchalarida bo„g„inlarga bo„lib berilgan so„zlarni o„qish; 
e)«Alifbe» dagi so„z va gaplarni o„qish. 


M.Yusupov asosiy maqsadni nazarda tutib, anilitik mashqlarni nutqdan emas, so„zdan 
boshlashni tavsiya etadi. 
1
Shu bois analitik-sintetik tovush metodining an‟anaviy hamda shakllanish, tashkil topish 
jarayonidagi tamoyillari quyidagilardan iborat: 
1. Savod o„rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga 
ko‘ra ta‟limiy va o„stiruvchi xarakterda boiadi, nutqiy mashqlar orqali aqliy o„sishini 
ta‟minlaydi, o„qishning ongli boiishini talab etadi. 
2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga bo„linadi: 
a) tayyorlov davri; 
b) alifbo davri. 
Bunda yozuvga o„rgatish o„qishga o„rgatish bilan parallel holda olib boriladi. 
3. Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan quyidagilarga e‟tibor 
qaratiladi: 
a) savod o„rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; 
b) savod o„rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, tahlil va sintez 
qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta 
ahamiyat beriladi; 
d) o„qish birligi sifatida bo„g„in olinadi, bo„g„in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi. 
Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardir: 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin