Yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning ahamiyati



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.03.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#90620
1   2   3
yoshlarda-huquqiy-madaniyatni-shakllantirishda-huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyatning-ahamiyati

www.scientificprogress.uz
 
Page 34
rivojlantirish; oshkoralikni ta’minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini
o‘rganish va ulardan foydalanish; badiiy adabiyotda, san’atda huquqiy bilimlarni
tarqatish, o‘ylaymizki huquqiy ongni rivojlantirishning omillari bo‘lib hisoblanadi. 
Aholining barcha qatlamlarini huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak
darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik
hayotda qo‘llay olishlari uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi
haqidagi vazifalar Oliy Majlis tomonidan 1997 - yil 29 - avgustda qabul qilingan 
"Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi"da ham belgilab
berilgan. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat ham moddiy ma’naviy, ahloqiy va
boshqa mafkuraviy omillar asosida shakllanib hamda rivojlanib boradi.
Huquqiy madaniyat fuqarolarning yetukligi va ongliligini ko‘rsatuvchi
me’yordir. Huquqiy ong, bilim va tasavvurlar insonda tasodifiy ravishda paydo
bo‘lmaydi. Uni insonning tug‘ma xususiyati deyish ham mumkin emas. Inson
onadan dono-yu donishmand bo‘lib ham tug‘ilmaydi. Kishidagi huquqiy ong,
huquqiy bilim va madaniyat ta’lim tarbiya, o‘qish o‘rganish, mehnat qilish,
amaliy faoliyat, hayot tajribasi, ajdodlar merosi va namunasi asosida shakllanib,
rivojlanib uzluksiz takomillashib boradi. Huquqiy bilimlar va huquqiy ongning
yuzaga kelishi va rivojlanishi cheksiz jarayondir. U jamiyat taraqqiyoti asosida
yuzaga keladigan obyektiv talab va ehtiyojlar, mavjud imkoniyatlar, shart
sharoitlar asosida shakllanadi. 
Inson jamiyatda, davlatda yashar ekan, uning huquqiy ongini shakllanishi
mavjud huquqiy mezonlar bilan bog‘lanmog‘i lozim. Huquqiy madaniyatsiz
jamiyat kelajagini tassavur etib bo‘lmaydi. Yoshlarning qalbi va vujudiga
go‘daklik paytidan boshlab odob ahloq, huquqiy qonun qoidalar haqidagi ilk
tasavvur va tushunchalarni singdirishga jamiyatning asosi bo‘lgan oilaning roli va
ahamiyati beqiyosdir. 
Qonunlarimiz asoslaridan xabardor bo‘lish yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlik
holatlarini, odob ahloqimizga zid hatti-harakatlarning oldini olishda, ularning
huquqiy ongi va madaniyatini o‘stirishda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Qonunlarni yaxshi bilgan yoshlargina ularga rioya qiladi. Bunday inson o‘zini
ham oilasini ham, halqi davlatini ham himoya eta oladi. Qonun talablariga qat’iy
rioya etish, qonunlarimizga yuksak ehtirom ko‘rsatish, qonun oldida hamma-
prezident va oddiy fuqaro ham, erkagu ayollar ham, yoshlaru keksalar ham,
tadbirkorlaru mansabdor shaxslar ham teng va ma’sul ekanini, bu masalada hech
kimda alohida imtiyoz yo‘qligini chuqur idrok etish, ana shu qadriyatni ongiga
mukammal singdirish barcha yoshlar uchun muhim fazilat hisoblanadi. 
Shunday qilib, ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy ong jamiyat
taraqqiyotiga, ijtimoiy turmush rivojlanishiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin