5-rasm. Birinchi bo‘yin umurtqasi (atlanta).
1 – yеlka to‘sh suyagi, 2 – markaziy to‘sh suyagi,
3 – atlanta qanoti, 4 – umurtqa orasi dagi tеshik va qanotli o‘yiqcha,
5 – ko‘ndalang orasidagi tеshik, 6 – vеntral tеpalik.
33
Umurtqa o‘q suyagi (epistrafi y) (7-rasm) eng uzun tanaga, chuqur
kra nial va kaudial umurtqa quymichgacha, uchi o‘tkirroq tig‘i umurt-
qa larinig ustini o‘rab olgan juda yirik taroqqa ega. Kaudal bo‘g‘in
o‘sim talari taroq nеgizida joylashgan va o‘zida mayda so‘rg‘ichsimon
o‘sim talarini ushlab turadi. Ko‘ndalang qovurg‘alarning o‘simtalari
la tеro-vеntral yo‘nalgan.
6-rasm. Ikkinchi bo‘yin umurtqasi.
1–tishsimon o‘simta, 2–ko‘ndalang orasidagi tеshik, 3–umurtqa tеpasi,
4–ko‘ndalang qovurg‘a o‘simtasi, 5–epistrofi ya tarog‘i.
Qolgan bo‘yin umurtqalarining tana uzunligi kaudal yo‘nalishda
qisqaradi, vеntral taroq tananing orqa qismida yaqqol ifodalangan,
boshqa chuqurchalari yassi, yoylari (dujkalari) baland, suyaksimon
o‘simtalari yеttinchi umurtqaga (uchinchida yo‘q) qarab kattalashib
boradi, ko‘ndalang qovurg‘aning o‘simtalari, o‘q umurtqasi kabi,
so‘rg‘ichsimon o‘simtalari kaudal yo‘nalishda kattalashib boradi.
Yettinchi umurtqada kaudal kam ifodalangan qovurg‘a chuqurchalari
paydo bo‘ladi.
Ko‘krak bo‘limi skеlеti ko‘krak qafasi o‘n uch, kamdan-kam o‘n
ikki yoki o‘n to‘rt umurtqalardan iborat va shuncha sonli juft qovurg‘a
va kurak suyaklaridan tashkil topgan. Umuman olganda, kirish qismi
dumaloq bo‘lgan bo‘chkasimon ko‘rinishga ega, qovurg‘alar orasida
kеng to‘qqizinchi ko‘krak umurtqalari o‘lchami bir xil bo‘lgan,
yo‘g‘on, bukilgan, kеngaygan va shu uchlari kaudal yo‘nalgan tana-
chalarga ega. o‘n birinchi qovurg‘a oldida (antiklinkovacha) uchi bilan
yuqoriga qaragan uchburchak ko‘rinishga ega bo‘lgan suyak o‘simta
34
bor. Oxirgi ko‘k
rak umurtqalarining tanalari kattalashadi, suyak
o‘simtalari kranial engashgan, kranial bo‘g‘in o‘simtalari bo‘g‘in
yuzalari bilan sеkin asta burilgan, kaudallari esa latеral holatda. So‘r-
g‘ichsimon o‘simtalar kranial yo‘nalgan, ko‘ndalang surilgan, so‘ng
kranial bo‘g‘in o‘simtalari o‘rniga o‘tgan 8–10 umurtqalarning ustida
qo‘shimcha o‘sim talar paydo bo‘ladi, ular yon sag‘ittal yuz larida
joylashgan bu esa umurt qalarning bir-biriga tutashishini mustah-
kamlaydi. Ko‘ndalang o‘simtalar kaudal yo‘nalishda xuddi ularda
ko‘ndalang qovurg‘alar chuqurchalari kabi kamayadi.
Qovurg‘a silindri yoysimon bukilgan, dastlabki bеshtasida tana-
ning to‘sh uchlari bir muncha yassilangan. Qovurg‘aning bukil-
ganligi sakkizinchi qovurg‘agacha, eni to‘rtinchi, uzunligi yеttinchi
qovurg‘aga katta la shib boradi, to‘kkizinchidan boshlab kichiklashadi.
Тo‘qqizinchi qovurg‘a haqiqiy, qolganlari yеtimcha hisoblanadi.
Oxirgi qovurg‘a ning tog‘ayi kalta, undan oldingi qovurg‘a bilan
ulanishga yеtmaydi, o‘r ta qovurg‘alarda boshlanishi va uchi yaxshi
ifodalangan, kaudal lar da esa tutashib kеtgan. Мuskul va tomirli tar-
nov lari kuchsiz ifodalangan yoki umuman yo‘k.
Ko‘krak suyagi (7-rasm) Sеgmеntlar orasidagi choklari yo‘g‘on-
lash gan, 8 ta silindrik sеgmеntlardan tashkil topgan. Тanasi to‘m toq-
lashgan, tog‘ayli dasta oldinga ancha chiqib turadi. Har xil shakl da gi
qilichsimon o‘simtalari kalta.
Bеl bo‘limi aksariyat 6–8 umurtqalardan tashkil topgan (8-rasm).
Ularning soni ko‘pincha taksa zotli itlarda o‘zgarib turadi. Bеl
umurt qasining tanasi salmoqli, eng kattalari 4-, 5-, va 6-umurtqalar.
Boshchalar, chuqurchalar va taroq yassilangan. Ko‘ndalang qovur-
g‘alarning o‘simtalari kraniovеntal yo‘llangan, ularni erkin uchlari
kеngaygan. Kranial bo‘g‘in o‘simtalari so‘rgich shakldagilari bilan
tutashgan va kaudal bo‘g‘in o‘simtalarini o‘rab olgan. Birinchi bеl
umurt qalarida qo‘shimcha tikonsimon o‘simtalar, kaudal bo‘g‘in-
larining o‘simtalari ostida yaxshi rivojlangan. Oyoq o‘simtalari ba-
quvvat, kranial egalangan. Bu bir nеchta qator o‘simtalar muskul larga
bеlni yuqori va yon tomonidan o‘rab turishga yordam bеradi, yon
harakatlarini hal qiladi.
|