Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Agressiya haqida tushuncha



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

15.5. Agressiya haqida tushuncha 
Shaxslararo munosabatlarda namoyon bo’luvchi xulq-atvor tiplaridan biri bu agressiyadir. 
Inson agressiyasini o’rganish, darhaqiqat, serqirra mavzu bo’lib, ushbu fenomenning asl mohiyatini 
ochib berishga urinayotgan olimlaming diqqatini hozirgacha o’ziga tortib keladi. 
Oddiy kundalik hayotda agressiya - zo’vavonlik yoki raqibni yengi—h uchun qo'llaniladigan 
vosita sifatida tavsiflanadi. Agressiya - kishilar o‘rtasidagi turli kel-shmovchilik oqibatida kelib 
chiqadigan har qanday xulq-atvor modellaridan bin bo‘lib, u shunday atamaki, unga oid 
mulohazalar nafaqat psixologlami, balki sotsioiog, huquqshunos, pedagog, faylasuf, qisqasi, 
ijtimoiy soha xodimlarining barchasini birdek qiziqtiradi. Agressiya tusbunchasining o'ziga izoh 
berish qator qiyinchiliklami tug'diradi, chunki bu termin ko‘plab xatti-harakat shakllarini o‘zida 
qamrab oladi. Odamlar biron bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflaganlarida, uni 
“...boshqalami haqorat qiluvchi, badfe’l, barcha narsani o‘zi istaganidek qilishni istaydigan, o‘z 
g‘oyalarini qat’iy himoya qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga o‘zini giriftor qiladigan 
inson”, deb ta’riflashlari mumkin. Agressiyaga nisbatan berilgan bunday ta’rif to‘g‘ri yo 
noto‘g‘riligini biHsh uchun bu tushunchaga oydinlik kiritish lozim. 
Agressiyaga aloqador eng birinchi va balki eng mashhur nazariy tushunchaga asosan bunday 
fel-atvor o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv juda keng tarqalgan bo‘lib, 
unga 
ko‘ra, 
insonda 
genetik 
va 
konstitutsional 
jihatdan 
shunday 
harakatlar 
«programmalashtirilgan»ligi tufayli uning xulq-atvorida agressiya sodir boiadi. 
Insonning agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan nuqtai 
nazarlar ichida eng mashhuri U.Makdaugoll, Z.Freyd, G.Marrey va boshqa olimlaming “inson va 
hayvonlarda agressiyaning tug‘ma instinkti mavjud boiadi” degan qarashlaridir. Agressiv xulq-
atvor haqidagi fikr- mulohazalar XX asr boshlarida yuzaga keldi. Bu nazariya agressiya haqidagi 
dastlabki nazariya boiib, unda agressiyaning sababi frustrasiya nazariyasi bilan bogiiq ravishda 
tahlil etilgan. Unga ko‘ra agressivlik frustrasiyaning oqibatidir. Bunday qarash birinchi marta Dj 
.Dollard tomonidan ilgari surilgan. Ammo ushbu nuqtai nazar amaliyotda o‘z tasdigini topmadi. 
Agressiv xulq-atvor xususidagi ikkinchi nuqtai nazar L.Berkovichning ijtimoiy bilish 
nazariyasida keltiriladi. Unga ko‘ra, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan 
to‘siq shaxsda agressiv xatti-harakatlami hosil qiladi. Nihoyat, agressiv xulq-atvoming kelib chiqish 
sabablari haqidagi eng zarnonaviy nuqtai nazai bilishning kognitiv nazariyasi bilan bogiiq holda 


100
ifodalanadi. 
R.Kratchfild va N.Livson agressiyaning bir-birini inkor etmaydigan ikki xil tavsifini ishlab 
chiqqanlar. Birinchisi, xulq-atvoming tashqi alomatlariga asoslanadi va unga ko‘ra “Agressiya - 
kimgadir ziyon yetkazuvchi xul—atvoming har qanday ko‘rinishidir“. Ikkinchisi, odamning ichki 
niyatlari bilan bogiiq boiib, insonni harakatga undovchi kuchlami oiganish orqali anglash mumkin 
boigan holatlar bilan mushtarakdir, ya’ni, “Agressiya - boshqa bir insonga ziyon yetka - ishni 
maqsad qilib olgan har qanday xatti-harakatdir”. Agressiyaning yuqorida zikr etilgan tavsiflariga 
monand tushunchalarga tayangan ko'plab psixologlar agressiyani jonli olamning yashash uchun 
kurash bilan bogiiq uzviy xarakteristikasi deb hisoblaydilar. 
Jozef Bass tomonidan taklif etilgan mulohazalardan biriga asosan, agressiya - boshqalar 
uchun xavf tug‘diru~chi va ularga ziyon yetkazuvchi har qanday fei-atvor ko'rinishidir. 
Bir qancha taniqli tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan agressiyaning ikkinchi ma’nosi esa 
quyidagilami o‘z ichiga oladi: “u yoki bu harakatlar agressiya sifatida kvalifikasiyalanishi uchun 
ular kimnidir oxir-oqibat xafa qilish yoki haqoratlashga olib kelishi shart emas, balki xafa qilish va 
xaqoratlasbni maqsad qilib qo'yish ham agressiyadir”. Va nihoyat uchinchi nuqtai nazar N.Zilman 
tomonidan bildirilib, unga ko‘ra agressiya - boshqalarga tan jarohati va ji-moniy jarohatlar 
yetkazish demakdir. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin