97
ishonch;
• nizo ishlab chiqarish bilan bogTiq muammolarga ta’sir ko‘rsatmaydi;
• nizoni mensimaslik uning beixtiyor rivojlanishiga olib kelishi ham mumkin.
4. Ko‘nikish — bunda qarama-qaishilikni silliqlashga intilish ko‘pincha o'z
pozitsiyasini
o'zgartirish hisobiga amalga oshadi. Bu esa quyidagi holatlarda foydali boTadi, agar:
• nizoni qanday qilib boTsa ham hal qilish uchun istak boTganida;
• nizo va uning natijalari shaxsiy qiziqish va manfaatlarga daxl qilmasa;
• bir yoqlama yon berishga rozilikning mavjudligi;
• o‘z pozitsiyasini himoya qilish ko‘p vaqt va kuch talab qilsa.
5. Kompromiss (murosasozlik) — nizoni o'zaro kelishuv, murosa qilish orqali hal etish. Bu
usul quyidagi holatlarda effektiv boTadi, agar:
• nizolashuvchi tomonlaming dalillari ishonchli, ob’ektiv va haqqoniy boTsa;
• vaqt yetishmovchiligi bois nizoni tomonlar uchun maqbul keladigan qaror qabul qilish yoTi
bilan yechish talab etilsa;
• tomonlar nizoni muammoning bir qismini yechish barobarida hal etishga tayyor boTishsa;
• yon berish orqali muhim ishga aloqador va shaxsiy munosabatlami
saqlab qolish mumkin
boTsa.
Kompromiss nizoning boshqacharoq shaklda davom etishini inkor etmaydi, ya’ni nizo
boshqacharoq ko‘rinishda yana davom etaverishi mumkin.
Shunday qilib, har qanday nizoli harakat 4 xil asosiy choraga ega:
1) ikkinchi tomonning toTiq yoki qisman yon berishi;
2) kompromiss (murosasozlik);
3) nizoli harakatlami to'xtatish;
4) integrasiya.
Dostları ilə paylaş: