95
Nizoning ishtirokchilari. Har qanday nizoda ham asosiy harakatlantiruvchi kuch - odamlar
bo‘ladi.
Ular shaxsiy, rasmiy va yuridik shaxslar sifatida harakat qiladi yoki gumhga birlashadi.
Nizoning ishtirokchilariga bog’iq holda nizoning quyidagi turlari ajratiladi:
1. Shaxsning ichki nizosi — shaxsning tashqi muhitdan noroziligini va qaror qabul qila olmay
qiynalishi bilan bog‘liq ichki kurashlar natijasida kelib chiquvchi kcskin negativ kechinmalardan
iborat boTgan nizo.
2. Shaxslararo nizo - ikki yoki undan ortiq alohida shaxslar o’rtasida yuzaga keladi. Bunda
ulaming ehtiyojlari, motivlari, maqsadlari, qadriyatlari, ustanovkalari va e’tiqodi kabilaming o‘zaro
mos kelmasligi kuzatiladi.
3. Shaxsiy—guruhiy nizo - ayrim holatlarda shaxsning xulq-atvori yoki xatti-harakati guruhiy
normalar va guruhning kutishlariga mos kelmaganda yuzaga keladi.
4. Guruhlararo nizo. Bu holatda turli guruhlaming xulq-atvor, norma, maqsad, qadriyatlarga
nisbatan stereotiplarining o‘zaro to‘quashuvi yuz beradi.
Nizoda ishtirok etishiga ko‘ra quyidagilami tahlil qilish (ajratish) mumkin:
• nizoning asosiy ishtirokchilari (yoki qarama-qarshi tomonlar) —
bir-birlariga qarshi faol
harakatlami amalga oshiruvchi kishilar, ulaming faol harakati qarshilik ko‘rsatish yoki himoya
reaksiyasi ko‘rinishlarida namoyon boTadi;
• qo'llab-quwatlovchilar (tarafkashlar) guruhi — o'zining faol harakati yoki ishtiroki orqali
nizoning rivojlanishi yoki barham topishiga olib keluvchi kuchlar;
• boshqa ishtirokchilar — nizoning rivojlanishi va natijasiga epizodik ta sir ko‘rsatuvchi
sub’ektlar (masalan, g’alamis fitnachilar; raediatorlar, ya’ni orada
turuvchilar va hakamlik
qiluvchilar; nizoni keltirib chiqaruvchilar).
Nizoli xulq-atvor (xatti-harakat). U nizo ishtirokchilarining qarama-qarshi harakatlaridan
tashkil topadi. Nizoli xulq-atvomi strategiya va taktikaga bo‘lish mumkin. Strategiya nizoga
nisbatan va nizoni hal etish shakllariga ko‘ra (masalan, o’zini chetga olish yoki passivlik, kelishuv,
raqobat, hamkorlik). shaxsning о z yo’nalishini, ustanovkalarini belgilab olishi sifatida qaraladi.
Dostları ilə paylaş: