Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


IV. TRENINGNI BOSHLANGTCII BOSQICHI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

IV. TRENINGNI BOSHLANGTCII BOSQICHI 
4.1. Treningni birinchi kuni
Trening mashg'ulotlarini olib borishning 2-bosqichi boshlang'ich bosqich deb nomlanadi va 
mashg'ulotning birinchi kunida o'tkaziladigan quyidagi qismlami o'z ichiga oladi:
1. Guruhiy normalami ishlab chiqish qismi
2. Tanishuv qismi
3. Kutishlami aniqlash qismi. 
Har qanday trening treneming qisqacha ma’lumot berishi bilan boshlanadi. Bunda u treningni 
maqsadi, vazifalari, shuningdek, ishtirokchilar egaltashi mumkin bo'lgan natijalar haqida gapiradi. 
Ya’ni bu jarayonda ishtirokchilarga trening haqida tushuncha, uning qanday tashkil qilinishi
o'tkazilishi va ishtirokchilar trening oxirida qanday natijalarga erishishi mumkinligi tushuntiriladi. 
Guruhiy norma (tamoyil, qoida)iarni ishlab chiqish. Trening mashg'uloti boshlanganidan 
va treneming qisqacha tushuntirishlaridan so'ng dastlabki tashkil etiladigan qism— guruhiy 
normalami ishlab chiqish bilan bog'liq bo'lgan qismdir. 
Guruhiy normalami qabul qilishdan maqsad - guruhda mashg'ulotning dastlabki soatlaridanoq 
samimiylik, o'zaro ishoncb, o'zaro hurmat muhitini vujudga keltirish va eng asosiysi mashg'ulotning 
samarasini ta’minlashdan iboratdir. Guruhiy normalani ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida 
guruh a’zolari bilan bu normalarga albatta rioya qilish kerakligi to‘g‘risida kelishish va guruhning 
har bir ishtirokchisining roziligini olish kerak. Buning uchun ularga qoidalarga rioya etish treningni 
maqsadiga erishish va qulay psixologik iqlimning yaratilishida katta ahamiyatga ega ekanligini 
tushuntirish lozim. 
Guruhiy normalar trener bilan guruh ishtirokchilarining hamkorligida ishlab chiqilishi shart. 
Guruhiy normalami ishlab chiqishda trener “Aqliy hujum” usulidan foydalangan holda fikrlar 
yig‘ishishi maqsadga muvoftqdir. Mashg’ulot jarayonida qanday qoidalarga amal qilish lozimligi 
to‘g‘risida guruh a’zolarining o‘zi takliflar, fikrlar berishi, bunda ma’lum bir fikmi berayotgan 
ishtirokchining bu fikming trening uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini izohlashi maqsadga 
muvofiqdir, shundan so'ng ishtirokchilar bilan uning taklifi qabul qilinadi yoki rad etiladi. 


24
Ayrim hollarda, agar ishtirokchilar orasidan fikr bildiruvchilar topilmasa, vaqtni 
yo‘qotmasdan treneming o‘zi yo‘naltiruvchi fikr sifatida birorta normani taklif etishi ham foydadan 
holi bo'lmaydi. 
Trening mashg'ulotlari jarayonida guruhdagi ishlami tashkil qilishga doir normalar 
quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin