Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 "Aqliy hujum" (breynstorming) usuli



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

5.3. "Aqliy hujum" (breynstorming) usuli 
Trening jarayonida eng ko‘p qo'llaniladigan usullardan biri Aqliy hujum usulidir. Aqliy 
hujum munozaraning eng erkin shakli hisoblanadi. Bu usulning asosiy vazifasi — g’oyalar 
generasiyasini ta’minlashdan iborat boTib, ishtirokchilar taklif etayotgan fikr va qarorlar hech 
qanday tahlilsiz va muhokamasiz qabul qilinadi. Bu shunday usulki, ta’limdagidan farqli oTaroq, 
muhokama qilinayotgan mavzu yuzasidan har bir ishtirokchi o‘z fikrini va qarashlarini bildirishi 


31
shart. Trener esa har bir javob variantlarini diqqat bilan tinglashi va e’tirozsiz qabul qilishi zarur. 
Bunda muhimi bildirilayotgan fikrga balm berish emas, balki ulaming hammasini qabul qilish 
va har bir ishtirokchi aytayottan fikmi doska yoki flipchart qog’ozga yozib borishdir. Aynan shu 
usuldan treninglarda juda ko‘p foydalaniladi. Chunki bu usul ishtirokchilaming o‘z mustaqil fikrini 
bildira olishining eng qulay yo’lidir. Bu usuldan trening mashg’ulotining boshidayoq foydalanish 
maqsadga muvoftqdir. Ayniqsa, guruh kayfiyatini bilish, ulaming bilim darajasini aniqlab olish va 
treningdan nima kutayotganliklarini bilib olishda “Aqliy hujum” - eng qulay usul hisoblanadi. 
Aqliy hujum natijasida olingan ma’lumotlar guruh bilan olib boriladigan keyingi ishlar uchun 
yo’llanma bo’Iishi mumkinligini ham trenerlar unutmasliklari kerak. Ya’ni guruhning keyingi 
ishlari jarayonida guruhning yoki aynan kimningdir awalgi bildirgan fikriga qaytish, aynan 
guruhning vakuniy xulosasiga qarab ish yo’nalishini o’zgartirish kabilar shular jumlasidandir. 
Bu usulning trening jarayonida foydali jihatlari ko‘p boiib, u ayniqsa quyidagi hollarda juda 
qoT keladi:
- nozik va munozarali savollami muhokama qilish uchun;
- o’ziga ishonmaydigan ishtirokchilami munozaraga tortish va ulami qiziqtirish uchun;
- qisqa vaqt mobaynida ko’proq fikr yig’ish uchun.
“Aqliy hujum” usulining muvaffaqiyati ikkita asosiy prinsipga amal qilinishiga bogTiq. 
Birinchi prinsip, energetika nazariyasi bilan bogiiqdir. Uning mohiyati quyidagicha: insonlar 
individual holda ishlagandagiga nisbatan guruhiy, birgalikdagi faoliyatda ijobiy va yaxshi g‘oyalar 
tez va oson paydo boTadi. Negaki guruhda kimdir tomonidan bildirilgan “yaroqsiz” g‘oya butun 
guruh tomonidan qo’shimcha fikrlar bilan to Idiriladi va qayta ishlab chiqiladi. Demak, bu 
prinsipga asosan, gurubdagilaming fikrlariga “hujum” qilinsa, ulardan yaxshi va original g’oyalar 
ko‘p chiqadi. 
Ikkinchi prinsipga ko‘ra, agar guruh g’oyalar generasiyasi holatida bo’lsa, u holda о sha 
kreativ tafakkumi turli sabablar bilan to’xtatish kerak emas. Chunki bunday holat yangi-yangi 
g’oyalaming yuzaga kelishiga asos boiadi. 
Aqliy hujumning afzalliklari:
-Ijodiy tafakkurni rivojlantiradi
-Standart tafakkur chegaralaridan chiqib ketishga imkon beradi
- Oddiy, lekin chiroyli g'oyalar yuzaga kelishi oson amalga oshadi. 
Aqliy hujumning afzalliklari qatoriga yana uning oson tushuniladigan va oson qoilaniladigan 
usul ekanligini hamda u yuqori texnologiyali asbob-uskunalami yoki uzoq muddatli o’qitishni talab 
qilmsligini, shuningdek uning natijalarini osonlik bilan baholash mumkinligini ham qayd etish 
mumkin. 
Aqliy hujumningo’ziga xos kamchiliklari ham mavjud bo'lib, ular: 
Ishtirokchilaming qatnashishida noqulayliklar mavjudligidir, ya’ni “Aqliy hujum ’da 
guruhning barcha a’zolari qatnashishlari shart bo‘I gam uchun fikr bildirish jarayonida 
gapirmaydigan, tortinchoq ishtirokchilar o‘zlarini noqulay his qilishlari yoki hech kimda taklif, fikr, 
g‘oyaning bo'lmasligi guruh va trenerning noqulay sukunatda vaqt o’tkazishiga olib kelishi 
mumkin. 
Aqliy hujum treningda muammolarni hal etish, qaror qabul qilish, ijodiy tafakkumi 
rivojlantirish maqsadida qo'llanilishi maqsadga muvofiqdir. U ishtirokchilarda tinglash 
ko‘nikmalarini rivojlantiradi va jamoani tuzishda foydali bog’lovchi elementni ta’minlaydi. “Aqliy 
hujum” usulini o’tkazish o‘ziga xos bosqichlarga bo'linadi va bu bosqichlarga amal qilish har bir 
trenerdan talab etiladi.
"Aqliy hujum"ni o‘tkazish bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Trener "Aqliy hujum" mavzusini tag‘dim qiladi.
2. Tag‘dim qilingan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini o'ylab olish uchun ishtirokchilarga 
vaqt beriladi.
3. Tag'dim qilingan mavzu yuzasidan fikr-mulohaza bildirish uchun ishtirokchilarga imkon 
beriladi.
4. Bildirilgan barcha fikr-mulohazalar maxsus qog'oz yoki doskaga yozib boriladi.


32
5. Muhokama yakunida guruhda turli fikrlilikdan yagona fikrga kelinadi. 
Shuningdek, aqliy hujum usulini o'tkazishning 3 ta qoidasi ham mavjud:
1. Barcha fikrlami e’tirozsiz qabul qilish va har bir ishtirokchiga aytilgan fikri uchun 
minnatdorchilik bildirish.
2. Fikrlami yozib olayotganda birorta ham fikrni tashlab ketmaslik, ya’ni har bir ishtirokchi 
bildirgan fikmi albatta yozib borish.
3. Bildirilgan fikrlami yakunlash va yagona qarorga kelish uchun har bir ishtirokchidan uning 
rozi yoki rozi emasligini so‘rash shart.
"Aqliy hujum"ning samaradorligi uchun albatta ana shu qoidalarga rioya qilish lozim. "Aqliy 
hujurri'ning asosiy qoidasi — bildirilgan barcha g'oyalarni hech bir e’tirozsiz qabul qilishdir. Shu 
sababli trener ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikrlami diqqat bilan tinglab borishi va yo'naltirib 
turishi lozim. Bu qoidaga amal qilmaslik guruh kayfiyatining tushishi va o‘zaro ishonch ruhining 
so’nishiga olib kelishi mumkin. 
Trener ishtirokchilar tomonidan bildirilayotgan taklif va fikrlami yozib olayotganda e’tiborli 
boTishi va ulardan birortasini ham tushirib qoldirmasligi kerak. t hunki ba zan ishtirokchi o‘z 
tortinchoqligini yoki o‘zidagi uyalish hissini yengib, fikrini hayajon bilan bildiradi va o‘zi 
bildirayotgan fikr barchaning diqqatini tortadi liamda muhokama qilinayotgan fikrlar ichida eng 
yaxshisi boTadi, deb ishonadi. Agar uning fikriga trener yoki ishtirokchilar tomonidan ozgma 
e’tiborsizlik qilinsa, u buni Menga e tibor qilishmadi, demak mening fikrim ulami qiziqtirmaydi", 
degan ma’noda tushunishi va "ichimdan top”, "indamaslik” kabi “kasallik”lariga chalinib qolishi 
ham mumkin. 
Bildirilgan barcha fikrlami ma’lum bir guruhga va shaklga keltirish bosqichiga о tayotganda 
boshlovchi albatta ishtirokchilardan uning fikriga rozi yoki rozi emasligini yoxud boshqacha 
tushunib qolmaganligini so‘rashi kerak, agar norozilik yo’ki tushunmovchiliklar boTsa, bunga 
albatta aniqlik kiritish lozim bo'ladi. 
Aqliy hujumning natijasi — turli xil g’oyalar, fikrlar, mulohazalar yig‘indisidan yagona fikrga 
kelish boTsa, asosiy maqsad - ishtirokchilaming faol ishlashini la minlashdan iborat. Shuning uchun 
trening davomida aqliy hujum natijalariga tez- ioz murojaat qilib turish kerakki, bunda 
ishtirokchilar 
o‘zlarining 
faol 
harakatlari 
uatijasini, 
ulardan 
keyinchalik 
ham 
foydalanilayotganligini ko'rishlari kerak, bu esa ularda "Nima keragi bor edi, bu gaplaming?" kabi 
savollar tug’ilishining oldini oladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin