Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

5.4. Bahs-munozara usuli. 
Hozirgi zamon ta’lim jarayonida keng qoTlanilayotgan noanaviy ta’lim usullaridan yana biri 
bahs-munozara usulidir. Bu usui trening mashg'ulotlarida ham yaxshi samara berishi ko‘pgina 
mutaxassislar tomonidan qayd etilgan. Bu usulning ma’nosi - trener va ishtirokchilar O‘rtasida 
fiklar, qarashlar, bilimlammg erkin holda verbal ayiriboshlashuvidir. 
Baxs-munozarani katta guruhlarda o‘tkazsa ham boTadi, lekin u kichik guruhlarda, ayniqsa 
trening gumhlarida o‘tkazilsa ko'proq foyda beradi. Muammoni gumhda muhokama qilish 
ishtirokchilarga nafaqat o‘zaro fikr almashish, balki muhokama etilayotgan mavzu haqida aniq 
ma’lumotlar olish, о z hissiyotlari va nuqtai nazarlarini ifoda etish imkoniyatini ham beradi. Bahs-
munozara boshlanishidan oldin trener tomonidan muhokama etiladigan mavzuga doir biror-bir 
hikoya yoki voqea aytib berish ishtirokchilarda uning "ildizi"ni ilg’ab olishga turtki bo lishi bilan 
birga munozara jarayonining yaxshi o’tishini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Munozara — trening usuli sifatida, faqat bitta savol yoki mavzu bilan cheklanadi hamda 
ma’lum bir tartibda tuziladi. Eng muhimi shuki, har bir ishtirokchi о z nuqtai nazariga ega bo'lishi 
va boshqalaming fikrlarini hurmat qilishi shart. So’zlayotgan ishtirokchining gapini bo‘lib qo‘yish 
ta’qiqlanadi. Ko‘p hollarda munozaralar emosonal sohani qo‘zg‘atib qo’yishi mumkin, ammo bu 
holatni bahslashuvga aylanib ketishiga yo‘l qo’yish kerakmas. Hamma ishtirokchilar umumiy 
maqsadlarga erishishga intilganlaridagina munozara amalga oshirilishi mumkin. Munozara samarali 
boTishi uchun ishtirokchilar bazaviy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak. Bu bilimlar ireningda ishtirok 
etishdan oldingi hayotiy tajribadan olingan bo'lishi yoki dastur talablariga taqdim etilgan 
ma’lumotga tayangan bo‘lishi mumkin. Bu usuldan foydalanish jarayonida vaqtning taqsimlanishi 


33
va tayyorgarlikka alohida e tibor qaratish lozim. Trener munozarani boshlashdan avval 
ishtirokchilarga vaqtning cheklanganligini va bahslashish uchun qancha vaqt ajratilganligini aniq 
aytishi kerak. Chunki vaqtning cheklanishi muhokamaning tempini oshiradi va uni jonlantiradi. Bu 
esa munozaraning qizg'in o'tishi va zaruriy xulosalarga erishishni kafolatlaydi. 
Bahs-munozarani tashkil etishdan oldin uni rejalashtirish ham katta ahamiyatga, ega. 
Munozaraning barcha jihatlarini oldindan rejalashtirib bo'lmaydi. Ammo mavzuning taxminiy eskiz 
(chizma)larini tayyorlab qo'yish mumkin. Unda: 

Mavzu bilan tanishtirish;

Munozaraning chegaralarini o’rganish, 

Munozaraning maqsadini demonstrasiya (namoyish) qilish

Munozaraning mavzusiga oid qo‘shimcha maTumotlami taqdim etish.

Munozarani boshqarish uchun bir qator asosiy savollami tayyorlab
qo‘yish.
Trener bu jarayonda ijobiy muhitni yaratish uchun mas’uldir. Istalgan mavzudagi baxs-
munozarani o‘tkazishda trenerning roli vositachi roliga juda yaqin turadi. Trener guruhni asta-sekin 
munozaraga olib kirishi lozim. Bunda u ochiq savollardan loydalanishi maqsadga muvofiq. 
Ishtirokchilar o’rtasida o‘zaro fikrlar almashinuvi boshlanganidan so‘ng esa trener munozarani hech 
kirn tomonidan monopollashtirilmasligini, ya’ni hech kimning yakka hokimlik, ustunlik qilishga 
Itarakat qilmasligini ta’minlashi kerak. Agar keltirilayotgan ma’lumotlar shubhali bo Isa, u holda 
trener so‘zlovchidan izoh so'rashi, yoki juda yuzaki aytib o'tilgan likrlarga oydinlik kiritishni 
so’rashi lozim. Trener, muhokama etilayotgan savollaming barchasi mavzuga oid boTishini hamda 
guruhlaming mavzudan chetga chiqib ketmaslini nazorat qilishi zarur. Munozara so’ngida trener 
guruh tomonidan aytilgan bandlami umumlashtirishi hamda erishilgan xulosalami yakunlashi kerak. 
Trening guruhlarida bahs-munozara o’tkazayotganda qoida sifatida i|uyidagilami e’tiborga 
olish kerak:
• Biror ishtirokchi o‘z fiknni bayon etayotganida boshlovchi uni bo‘lib qo’yishga yoki uning 
fikri noto‘g‘riligini isbotlashga va o'zming so‘zini o’tkazishga harakat qilmasligi kerak. Chunki bu 
beriladigan keyingi savolga butun guruhning yoki ko’pchilikning javob berishdan bosh tortishiga 
olib kelishi mumkin.
• Savol berilganidan so‘ng ishtirokchilami shoshiltirmaslik, javobni o’ylab olishlari uchun 
vaqt berish lozim. Lekin bunda ular berilgan savol ustida ko‘p о ylanmasliklariga ham e’tibor 
berilsa, mashg’ulotning bir xil tempda va qiziqarli o'tishiga sharoit yaratiladi.
• Trener iloji boricha "ha", "yo’q" javoblariga eltuvchi savollar bermaslikka harakat qilishi 
lozim.
• Ishtirokchilami gapirtirish uchun savollar tushunarli, aniq va lo‘nda tuzilgan bo’lishi kerak. 
Muayyan masalalarda guruhiy munozaralardan foydalanish muammoning turli yechimlarini 
topishda asqotadi. Munozara ishtirokchilaming muhokama qilinayotgan mavzuga qiziqishini 
oshiradi, ularga o‘z fikrini bayon qilish va boshqalaming fikmi eshitishiga imkon beradi. Bundan 
tashqari, munozara davomida muammo yechimining turli yo’llari topiladi, guruhning birlashishiga 
va o’zaro mustahkamianishiga asos solinadi. 
Treningda guruhiy munozara har bir ishtirokchining muayyan nmsalaga oid tushuncha va 
qarashlarini aniqlab olish usuli sifatida ishlatiladi. Misol uchun, ishtirokchilaming "Oilaviy hayot va 
mas’uliyat", "Oilada sevgi va jinsiy munosabatlar", "OITSga ongli munosabat", "Er-xotin 
munosabatida nizoli vaziyatlar" kabi mavzulardagi fikrlarini bilish qiziqarlidir. Shunda muammo 
yechimlarini topish ham osonlashadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin