I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala
V. TENINGNIASOSIY BOSQICHI 5.1.Trening mashg‘ulotlarini olib borish usullari.
Treningni asosiy bosqichi bu trening mashg'ulotlarining boshlang'ich bosqichi tugaganidan to
yakuniy bosqich boshlangungacha davom etadi. Bu davrda ishtirokchilar bilan asosiy ish olib
boriladi. Mana shu jarayondaularning muammolari bilan ishlanadi va ular uchun zarur bo'lgan
ko'nikma va malakalami shakllantirishga qaratilgan ish olib boriladi.
S.Staut o‘zining “Trening o‘tkazish metodlari” deb nomlangan ilmiy ishida trening
mashg'ulotlari jarayonida qo‘llaniladigan faollik turlarini o'zida mujassam ctgan quyidagi ro'yxatni
keltirgan: ma’ruza, demonstrasiya, individual maslahat, diskussiya, rolli o'yinlar, muammoli
holatlar to'plami, trening o'yinlari, kompyuter dasturli treninglar, interaktiv video dasturlar, mustaqil
ta’lim uchun treninglar bo‘yicha qoTlanma, konkret vaziyatlar (keys-bosqichlar), ish joyida
instruksiya berish, dasturli ta’lim, proektli guruhlardagi ish va hokazo. Bu usullaming barchasidan
treningda foydalanishni maslahat bergan muallifning fikriga ko‘ra bular o‘qitishning bir xil
boimagan shaklda tashkil qilish uchun kerak bo‘ladigan usullar to'plami bo'lishi ham mumkin.
Har qanday trening mashg'ulotlarini olib borishda samaradorlikka erishish uchun eng avvalo
ishtirokchilar orasida samimiylik, ochiqlik, o'zaro ishonch muhitini yaratish lozim boTadi. Bular
amalga oshmasdan turib, treningdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. Bunday muhitni
yaratish esa boshlovchidan katta mahorat talab etish bilan birgalikda trening jarayonida
qo'llaniladigan usullarga ham bog'liq bo'ladi. Bunday usullar sirasiga "ta’limning noan’anaviy
usullari" deb nom olayotgan va bizning ta’lim tizimimizga ham keng kirib kelayotgan usullar
kiradi. Ular quyidagilardir: ma’ruza, aqliy hujum, bahs-munozara, psixogimnastik mashq, o 'yinlar,
rolli o'yinlar, psixodramma, SWOT - tahlil, guruhlarga bo'lib ishlash, keys metodi. Bulardan
tashqari maqsadga va vaziyatga qarab muammoli vaziyatlami tahlil etish usuli ham qo'llaniladi.
Endi ushbu usullami har birini alohida-alohida yoritib beramiz.