73
berishi mumkin.
Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar.
Bunday treninglar yuqoridagi treninglar kabi aniq yo'nalishga ega emas,
lekin bu shaxsiy-
rivojlantiruvchi treninglaming natijasi unchalik yaxshi boimaydi, degani emas. Bunday shaxsiy-
rivojlantiruvchi treninglaming maqsadi qatoriga quyidagilami kiritish mumkin:
- insonning
individualligini kashf etish, uning shaxsidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini
aniqlash;
- uning yashashiga xalaqit berayotgan yoki aksincha yordam berayotgan xususiyatlarini
aniqlash;
- insonning ichki dunyosini garmoniyaga keltirish, kuchsiz tomonlarini korreksiyalab, kuchli
jihatlariga urg‘u berish.
Bu jarayonni buyurtmaga kiyim tikish jarayoniga ham o’xshatish mumkin:
yaxshi tikuvchi
mijozning qomatidagi kamchiliklami yashirib, tanasidagi go’zalliklariga urg'u beradi. Lekin
psixologning ishi chuqurroq va nozikroq, u tikuvchidan farqli ravishda qomat bilan emas, balki qalb
bilan
ishlaydi, bundan tashqari psixolog kamchiliklami berkitmaydi balki ulami yutuqlarga
aylantiradi.
Bunday treninglar juda murakkab bo'lganligi uchun uni o'tkazuvchi trener- psixologga ham,
mijozga ham bir qator jiddiy talablami qo'yadi. Afsuski, buni liamma ham tushunavermaydi. Biroq
oddiydek
tuyulgan, ammo psixolog tomonidan yuqori mahorat bilan tashkil etilgan va mijoz
tomonidan jiddiy ishlanadigan shaxsni rivojlantiruvchi treninglar shaxsning ichki qadriyatlar
tizimini, o'ziga,
atrofdagilarga, umuman dunyoga nisbatan dunyoqarashini o'zgartirib yuborishga
qodirdir. Shaxsni rivojlantiruvchi (barkamollashtiruvchi) treninglar va korreksion treninglar
terapevtik treninglarga nisbatan profilaktik ta’sir ko’rsatish yuzasidan ahamiyatli darajada effektga
ega. Bunday treninglarda asosiy qoida quyidagicha: ertaga muammolaring kam bo’lishini istasang
o‘z ustingda ishlashni bugundan boshla.
Dostları ilə paylaş: