Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


Ta’Iim (o‘quv) treninglari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

Ta’Iim (o‘quv) treninglari. 
Bunday treninglaming asosiy maqsadi - qisqa vaqt ichida shaxsda ma 1—m bir kasbga oid 
ko’nikma va malakalami hosil qilishdan iboratdir. 
Ta’Iim treninglari shaxsni yangi kasbiga moslashtiradi, shu kasbda ishlash uchun uning 
o‘ziga ishonchini oshiradi, kasbi yuzasidan zarur ko’nikmalami tarbiyalaydi, raqobatbardosh qiladi, 
kasbiy rivojlanishga yo‘naltiradi. Bunday treningdan olingan “chiniqish” bir necha yilga yetadi. 
Keyin esa yangi yuqoriroq darajadagi ta’lim treninglarida qatnashgan ma’qul, chunki rivojlanishda 
to‘xtab qolish bu nafaqat inson ruhiyatiga, balki shaxsning kasbiy jihatdan o’sishiga ham halaqit 


73
berishi mumkin. 
Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar. 
Bunday treninglar yuqoridagi treninglar kabi aniq yo'nalishga ega emas, lekin bu shaxsiy-
rivojlantiruvchi treninglaming natijasi unchalik yaxshi boimaydi, degani emas. Bunday shaxsiy-
rivojlantiruvchi treninglaming maqsadi qatoriga quyidagilami kiritish mumkin:
- insonning individualligini kashf etish, uning shaxsidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini 
aniqlash; 
- uning yashashiga xalaqit berayotgan yoki aksincha yordam berayotgan xususiyatlarini 
aniqlash;
- insonning ichki dunyosini garmoniyaga keltirish, kuchsiz tomonlarini korreksiyalab, kuchli 
jihatlariga urg‘u berish. 
Bu jarayonni buyurtmaga kiyim tikish jarayoniga ham o’xshatish mumkin: yaxshi tikuvchi 
mijozning qomatidagi kamchiliklami yashirib, tanasidagi go’zalliklariga urg'u beradi. Lekin 
psixologning ishi chuqurroq va nozikroq, u tikuvchidan farqli ravishda qomat bilan emas, balki qalb 
bilan ishlaydi, bundan tashqari psixolog kamchiliklami berkitmaydi balki ulami yutuqlarga 
aylantiradi. 
Bunday treninglar juda murakkab bo'lganligi uchun uni o'tkazuvchi trener- psixologga ham, 
mijozga ham bir qator jiddiy talablami qo'yadi. Afsuski, buni liamma ham tushunavermaydi. Biroq 
oddiydek tuyulgan, ammo psixolog tomonidan yuqori mahorat bilan tashkil etilgan va mijoz 
tomonidan jiddiy ishlanadigan shaxsni rivojlantiruvchi treninglar shaxsning ichki qadriyatlar 
tizimini, o'ziga, atrofdagilarga, umuman dunyoga nisbatan dunyoqarashini o'zgartirib yuborishga 
qodirdir. Shaxsni rivojlantiruvchi (barkamollashtiruvchi) treninglar va korreksion treninglar 
terapevtik treninglarga nisbatan profilaktik ta’sir ko’rsatish yuzasidan ahamiyatli darajada effektga 
ega. Bunday treninglarda asosiy qoida quyidagicha: ertaga muammolaring kam bo’lishini istasang 
o‘z ustingda ishlashni bugundan boshla. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin