Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

I. Raqobat usuli — muloqot jarayonidagi bir tomonning ikkinchi tomon ustidan 
hukmronligini namoyon qilgan holda muloqot vaziyatini boshqarishga va butun jarayonni o‘z 
qo‘liga olishga harakat qilishini anglatadi. Odatda, katta yoshlilar va kichiklar o'rtasida, rahbar va 
unga tobe xodim munosabatlarida shunday manzarani kuzatishimiz mumkin. Bunda birinchi tomon 
o‘z ustunligidan foydalangani holda ikkinchisining ustidan o'z erkini namoyon etadi. Tabiiyki
muloqotdan muloqotga tomon o'zini tobe deb his etayotgan odamda ichki noqulaylik va zo‘riqishlar 
yig‘ilib boradi. Bunday holatni psixologik til bilan ifodalanganda “yashirin nizo yig ilib boradi” 
deyish mumkin. Bu esa o‘zaro munosabatlaming keskinlashuvi va vaqti kelib kattaroq nizolaming 
paydo boiishiga olib keladi. 
II. Yon berish — yuqorida aytilgan holatga o‘xshashroq, biroq undan ko'ra farqliroq holat 
hisoblanadi. Bunda shaxs muloqot jarayohida yori berishga majbur emas, lekin u yon berishga 
burchliman deb hisoblaydi Bunda kishi o'zidan yoshi, mansabi, mavqei jihatdan katta kishi oldida 
o‘z manfaat va istaklarmi to‘la ifoda etolmay o'zini tobe his etadi. Agar yuqoridagi misolda tobelik 
o'zga kishi tazyiqij ostida vujudga kelsa, yon berish pozitsiyasida shaxs o‘z ixtiyori bilan shu xil 
munosabat tarafdori bo'ladi. Lekin ma’lum vaqt va natijalardan so‘ng unda ichki qoniqmaslik 
hislari paydo bo‘la boshlaydi. Bunday qoniqmaslik hislari ortib borishi natijasida esa yon 
berayotgan kishisiga nisbatan ichki norozilik kelib chiqadi. Yon berish insonni passivlikka undaydi, 
uning ichki tashabbusini bo‘g‘ib qo'yadi va erkinligini cheklaydi. Ko‘p jihatdan bu pozitsiya ham 
muqarrar nizolarga olib keladi. 
III. Passivlik — biron masalani hal etish lozim bo'lgan vaziyatlardan shaxsning o'zini olib 
qochishi, turli bahonalar bilan qaromi orqaga surishini anglatadi. Ko'pincha bu xil harakat nizoli 
vaziyatlami hal etish jarayonida namoyon bo'lishi mumkin. Aytish mumkinki, passivlik — nizodan 
qochish emas, balki masalani uzil- kesil hal etishdan qochishdir. Muammoni issig'ida hal qilish 
kerak, uni hal qilishni cho'zib yurish kerak emas. Chunki nizoni hal etishdan qochganimiz bilan 
nizo o‘z-o‘zidan hal bo'lib qolmaydi. Bu o'rinda ishtirokchida "Kelishmasdan qolgan yoki orasid" 
nizo paydo bo'lgan ikki kishi vaqt o'tishi bilan bir-birini kechirib ketishi ham mumkin-ku, buni 
qanday tushunish mumkin?" kabi e’tiroz tug'ilishi ham mu”kin. Bu e’tiroz tashqi tomondan 
qaraganda to'g'ri, lekin psixologik jihatdan taxlil qilinsa, atrofdagilar nazarida ular bir-birini 
kechirgandek ko'rinsalarda, aslida ma’lum muddatgacha bir-birlariga nisbatan ichki norozilik 
holatida qolaveradilar. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin