87
albatta psixologik savodxonlik va ziddiyatlami yechishga tayorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi,
bu nday tayyorlik ziddiyatli vaziyatlarda yuzaga keladigan hissiy kechinmalarini neytrallashtirishga
imkon beradi. Bunday vaziyatga tez-tez tushib turadigan va muammoli vaziyatlarda hissiy
kechinmalami ycngib o‘ta olmaydigan insonlar uchun mutaxassis psixologiar quyidagi
maslahatlami tavsiya etadilar.
Noxushliklar bilan yolg'iz qolmaslik. Har bir insonda quvonchli kunlar bo'lgani kabi noxush
kechinmalar, ziddiyatli vaziyatlar ham bo'lishi tabiiy holdir. Bunga insonlar turlicha yondashadilar.
Agar kechinmalar u darajada og'ir bo'lmasa, kayfiyatga sezilarli ta’sir ko'rsatmasa, u holda ulami
mustaqil ravishda yengishga o'rganish maqsadga muvofiqdir. Bu holatda asosiy da’vo vaqtdir, u
o'tkir kechinmalami silliqlaydi.
Biroq, analogik va nisbatan jiddiyroq muammolar ba’zi kishilarda murakkab holatlami,
masalan, turg'un depressiyalarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holda ulaming butun
xayoli, fikri-zikri ulami jarohatlagan kechinmalarga qaratiladi, o'zming butun diqqatini o‘ziga
berilgan og'riqqa jamlaydi. Butun borliq ular uchun qorong’u bo’lib qoladi. Bilamizki, bunday
holatda inson yuzaga kelgan qiyinchilikni mustaqil va ob’ektiv ravishda baholay olmaydi. Shunday
holatda eng yaxshi yo‘l shaxsni jarohatlagan vaziyatni u o‘zi ishongan biror-bir boshqa shaxsga
so‘zlab berishidir. O ‘z kechinmalarini so ‘zlash va boshqa shaxsdan olingan rasional maslahat
insonda hissiy zo‘riqish zaryadkasiga olib keladi, muammoli masalaga boshqacha ko‘z bilan qarash
imkonini beradi. Shuningdek, ' nisbatan to‘g‘ri va aniq maslahatlami, albatta, maxsus tayorlangan
mutaxassis, shifokor - psixonevrolog berishi mumkin. –
Dostları ilə paylaş: