13.4. Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning turlari Shaxsga yo'naltirilgan treninglami shartli ravishda uch guruhga ajratish raumkin:
1. Psixologik kompetentlikni oshiruvchi treninglar
2. Ko‘nikmalar hosil qiluvchi treninglar
3. Shaxsni rivojlantiruvchi (lichnostniy rost) treninglar .
Psixologik kompetentlikni oshiruvchi treninglarda guruh ishtirokchilari psixologiya va
falsafaning keng olami bilan, odob va axloq borasidagi bilimlar bilan tanishadilar. Bunday
treninglar, mohiyatan “nihoyatda yengil” bo'lib, ishtirokchilaming ichki ruhiy olamini kuchli
darajada o‘zgartirmaydi. Bunday treninglar o ‘z ishtirokchilariga mashg'ulotlar jarayonida iliq va
samimiy muhitni. hamda ochiq va dildan gaplashish imkonini beradi, shuningdek trening
mavzulari yuzasidan guruhiy munozaralaming muvaffaqiyatli kechishini ta’minlaydi. Bulaming
natijasida esa shaxs dunyoqarashning rivojlanishi va unda psixologik^ kompetentlikning oshishi
kuzatiladi.
Ko'nikmalar hosil qiluvchi treninglar - o'zining hayotini o'zgartirmoqchi boiganlar va
hayotda nima qilishini aniq biladiganlar uchun tashkil etiladigan juda, keng qamrovli treninglardir.
Bunday treninglar o‘z ishtirokchilarida turli xil ko'nikmalami (kommunikativ, o‘ziga ishonch,
liderlik, o‘zgalar bilan o'zaro munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini) hosil qilishga qaratilgandir.
Shaxsni rivojlantiruvchi treninglar guruhini o‘ziga xos holda quyidagi guruhchalarga
bo'lish mumkin:
1. MEN va ULAR - jamiyat, jamoa, notanish kishilar bilan o‘zaro munosabatga kirisliish.
Bunday guruhchaga “Muloqot mahorati” treninglari kiradi.
2. U (ON) va (J (ONA) - qarama-qarshi jins vakili bilan o'zaro munosabatga kirishish. Bunga:
Oilani yuritish, Sevgi va Do‘stlik, Keling do‘stlashamiz, Seksologiya va shu kabi muammolarga oid
treninglar kiradi.
3. MEN va BIZNES - o‘z ishini, mavqeini, mansabini rivojlantirish va foyda ko'rish
maqsadida boshqalar bilan ishga oid (delovoe) o'zaro munosabatlarni yo'lga qo'yishga o'rgatish.
Bunday guruhchaga: Pullar bilan munosabat, Omad va muvaftaqiyat texnologiyasi,
Ishbilarmonlikka oid (Delovoe) hamkoriiklar, Sotish texnikasi, Ishga qanday joylashish mumkin va
shu kabi treninglar kiradi.
Shaxsni rivojlantiruvchi treninglar shaxsning ichki rivojlanishiga yo'naltirilgan bo'lib,
ulaming ko'nikmalar hosil qiluvchi trcninglardan farqi shundaki, bu treninglarda insomting ichki
mohiyatida o'zgarishlar sodir bo'ladi, uning dunyoqarashi kengayadi.