Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning turlari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

13.4. Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning turlari 
Shaxsga yo'naltirilgan treninglami shartli ravishda uch guruhga ajratish raumkin:
1. Psixologik kompetentlikni oshiruvchi treninglar
2. Ko‘nikmalar hosil qiluvchi treninglar
3. Shaxsni rivojlantiruvchi (lichnostniy rost) treninglar . 
Psixologik kompetentlikni oshiruvchi treninglarda guruh ishtirokchilari psixologiya va 
falsafaning keng olami bilan, odob va axloq borasidagi bilimlar bilan tanishadilar. Bunday 
treninglar, mohiyatan “nihoyatda yengil” bo'lib, ishtirokchilaming ichki ruhiy olamini kuchli 
darajada o‘zgartirmaydi. Bunday treninglar o ‘z ishtirokchilariga mashg'ulotlar jarayonida iliq va 
samimiy muhitni. hamda ochiq va dildan gaplashish imkonini beradi, shuningdek trening 
mavzulari yuzasidan guruhiy munozaralaming muvaffaqiyatli kechishini ta’minlaydi. Bulaming 
natijasida esa shaxs dunyoqarashning rivojlanishi va unda psixologik^ kompetentlikning oshishi 
kuzatiladi.
 Ko'nikmalar hosil qiluvchi treninglar - o'zining hayotini o'zgartirmoqchi boiganlar va 
hayotda nima qilishini aniq biladiganlar uchun tashkil etiladigan juda, keng qamrovli treninglardir. 
Bunday treninglar o‘z ishtirokchilarida turli xil ko'nikmalami (kommunikativ, o‘ziga ishonch, 
liderlik, o‘zgalar bilan o'zaro munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini) hosil qilishga qaratilgandir.
Shaxsni rivojlantiruvchi treninglar guruhini o‘ziga xos holda quyidagi guruhchalarga 
bo'lish mumkin:
1. MEN va ULAR - jamiyat, jamoa, notanish kishilar bilan o‘zaro munosabatga kirisliish. 
Bunday guruhchaga “Muloqot mahorati” treninglari kiradi.
2. U (ON) va (J (ONA) - qarama-qarshi jins vakili bilan o'zaro munosabatga kirishish. Bunga: 
Oilani yuritish, Sevgi va Do‘stlik, Keling do‘stlashamiz, Seksologiya va shu kabi muammolarga oid 
treninglar kiradi.
3. MEN va BIZNES - o‘z ishini, mavqeini, mansabini rivojlantirish va foyda ko'rish 
maqsadida boshqalar bilan ishga oid (delovoe) o'zaro munosabatlarni yo'lga qo'yishga o'rgatish. 
Bunday guruhchaga: Pullar bilan munosabat, Omad va muvaftaqiyat texnologiyasi, 
Ishbilarmonlikka oid (Delovoe) hamkoriiklar, Sotish texnikasi, Ishga qanday joylashish mumkin va 
shu kabi treninglar kiradi. 
Shaxsni rivojlantiruvchi treninglar shaxsning ichki rivojlanishiga yo'naltirilgan bo'lib, 
ulaming ko'nikmalar hosil qiluvchi trcninglardan farqi shundaki, bu treninglarda insomting ichki 
mohiyatida o'zgarishlar sodir bo'ladi, uning dunyoqarashi kengayadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin