I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala
14.2. Tanadagi zo‘riqishlarni bartaraf etish. Psixologlaming ta’kidlashlariga ko‘ra, insonning ichki olami uning tana harakatlarida o‘z
aksini topadi, ya’ni inson tana harakatlarining qay darajada bo’lishi uning ichki hissiyotlari, fikr-
o‘ylari, dunyoqarashlariga bevosita bogiiq holda kechadi. Hayotda ba’zan shunday odamlami
uchratish mumkinki, bunday odamlaming kulishi qiyin. Ular hatto gapirlashayotganlarida ham
noverbal muloqot ifodalarini (yuz-ko‘z mimikalarini, imo-ishoralarini) juda kam qo‘llashadi, ular
aksariyat hollarda - ko'pchilikning orasida, ayniqs-, ko'pchilikning diqat-e’tiborida bo'lib qolgan
kezlarda erkin harakat qila olmaydilar, o‘zlarini ramkaga solingandek sezadilar va odamlar orasida
ham o‘zini haddan tashqari yolg‘iz his qiladilar.
Aytish mumkinki, bunday kishilar odamlar orasida bo’lganida "Noo’rin harakat qilib yoki
gap “ytib kulguga qolmay yoki atrofdagilarda o'zim haqimda salbiy fikr uyg'otib qo‘ymay", degan
hadik bilan biror-bir h”rakat qilishga, fikr aytishga ham qo'rqishadi.
Buning sababi — uning ichki dunyosida qandaydir muammoning mavjudligi bo‘lishi
mumkin. Masalan, kishi o‘zini baxtlilar ichida baxtsizligini (otasi, onasi, eri, farzandi yo‘qligi)ni
bildirib qo’ymaslik uchun nihoyatda ehtiyotkor boiib qolishi mumkin. Chunki u o‘z muammosini
boshqalar bilib qolishidan va bu uning jamiyatdagi statusiga, obro‘siga putur yetkazishidan
cho’chiydi, xuddi shu sabab bilan o‘z muammosini boshqalardan yashirib yuradi. Mana shu
muammolar uning tana harakatlarida namoyon bo‘ladi.
Trening jarayonida uning tanasi bilan ishlash, turli usullar orqali lining muammosini ayttirish,
muammoning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlarini tahlil qilish orqali uning yechimini ko'rsatishga
erishiladi. Alohida ta’kidlash lozim, bunday vo’nalishdagi treninglar juda kam sonli (3-5 nafar)
ishtirokchilar bilan o'tkazilishi maqsadga muvofiq. Aks holda, trening ishtirokchilarida o‘z
qobig'idan chiqa olmaslik, muammosini gapirmaslik va muammoning hal etilmay qolishiga sabab
boiish mumkin. Shuningdek, bu sohadagi treninglarda ishtirokchilar o'rtasida jda kuchli ishonch
mhitining yaratilishiga va “sir saqlash normasi”ning kuchli darajada amal qilinishiga erishish lozim
bo'ladi.