Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Emotsional sohadagi treninglar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

14.3. Emotsional sohadagi treninglar 
Ma’lumki inson ruhiyati juda nozik va unda kechadigan his-tuyg‘ular barqaror yoki 
beqarorligiga muvofiq o‘ta murakkabdir. Shaxsning hissiy olamida sodir bo'layotgan o’zgarishlar 
albatta uning ruhiyatiga yoki ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi aniq. Shaxsning aynan mana shu 


88
sohasiga tegishli muammolar bilan ishlashga yo'naltirilgan treninglar emotsional sohani 
barqarorlashtirishga yo'naltirilgan treninglar sifatida yuzaga chiqadi. Bunday treninglaming 
mijozlari kimlar boiadi? 
Ayrim odamlar o‘z hayoti davomida kuchli emotsional-ruhiy kechinmalami boshidan 
kechirishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kutilmagan halokatlarga uchrash, hayotda eng yaqin kishisi 
yo’qotish kabi holatlar kishida kuchli emotsional zo’riqishlami keltirib chiqaradi. Bunday voqea-
hodisalami boshidan kechirganlaming hammasi ham ulami unutib yubora olmaydilar. 
Kechinmalami unuta olmaslikdan qiynalish natijasida ulaming emotsional sohasida zo'riqishlar 
kelib chiqadi. 
Ayrim kishilar nizolashib qolgan yoki hatto yoqtirmagan odamini uchratib qolsa ham, ularda 
noxush hislar paydo bo’ladi va bilamizki, bunday noxush hislarga berilish ham shaxs psixikasiga 
salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Yoki yana bir holat: shaxs kimgadir nohaq yomonlik qilgan va endilikda bundan uning 
vijdoni azoblanmoqda, o‘zi esa qiynalmokda. Lekin uning o‘zi bu noxush hissyotni yengish 
yo‘Uarini bilmaydi. Bu esa kishiga juda katta ichki ruhiy zo'riqish beradi va bunday salbiy 
hissiyotlami chiqarib yubora olmaganligi natijasida uning rhiyatida ham salbiy o’zgarishlar (nevroz, 
stress, depressiya kabilar) kelib chiqadi. Kuzatilishicha, bunday kishilar o‘sha paytda nimani his 
qilganlarini gapirib bera olmaydilar. 
Emotsional hissiy zo‘riqishlami bartaraf etuvchi treninglarda bunday kishilar bilan ishlash 
yo‘llaridan biri — birovga nohaq ozor bergan holatini eslashga, uning ich-ichidan shu holatni his 
qilishiga va shu jarayonda nimani his qilganligini o‘z- o’ziga gapirib berishga, tasvirlab berishga 
harakat qildirishdan iborat. 
Emotsional hissiy zo'riqishlami bartaraf etuvchi treninglar natijasida ishtirokchi 
quyidagilarga erishadi:
• Shaxsni o‘z hayotida sodir bo'lgan noxush, ko'ngilsiz voqealami unutishga yoki buni to‘g‘ri 
qabul qilishga o‘rgatiladi; 
• Shaxsni ichki ruhiy azoblanish jarayonini har bir nuqtasigacha gapira olishga o‘rgatiladi, 
bunda shaxs hujayrasining har bir joyidagi kechinmani, holatni gapirtirishga O‘rgatiladi; 
• Shaxsni o‘z hissiyotlarini tasvirlab, gapirishga o‘rgatish orqali undagi salbiy hissiyotlami 
psixikasidan chiqarib yuborishga o‘rgatiladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin