Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


• Maktab bitiruvchilari va talabalar uchun tashkil etiladigan treninglar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

• Maktab bitiruvchilari va talabalar uchun tashkil etiladigan treninglar: Bunday 
treninglarda yoshlarga imtihonlardan qo‘rqmaslik o'rgatiladi, tinglovchilarda imtihonlarga 
tayyorlanish chog'ida zo‘riqishlarini paydo boTish darajasini susaytirish uchun ekstremal 
topshiriqlar beriladi va ulami bajarishda nimalarga e’tibor qaratish o‘rgatiladi. Shu bilan birga 
imtihonlar paytida o‘z-o‘zini nazorat qilish, shiddatli (haddan ortiq) o'qishning sogTiqqa negativ 
ta’sirini profilaktika qilish va yengish usullariga oid ko‘nikmalar shakllantiriladi.
• Ayollar uchun tashkil etiladigan treninglar. Bunday treninglarda asosan oilaviy ichki 
stressli vaziyatlarini yengishga, o'ziga boTgan ishonchni shakllantirishga, o‘z hissiyotlarini 
boshqara olish ko'nikmalarini egallashga qaratilgan boTadi. 
Istalgan trening turida psixoterapevtik effekt kutiladi. Biroq stressni bartaraf etishga 
qaratilgan treninglarda psixoterapiyadan ko‘proq foydalaniladi, chunki ishtirokchilar tashkiliy
metodik savollardan tashqari shaxsiy muammolarini ham yechishadi. 
Ba’zida ayrim ishtirokchilar o‘z bayotlarida yuz bcrayotgan stressli vaziyatlardan ma’lum 
yechimni topmaguncha guruhiy ishga butunlay qo'shila olmaydilar. O ‘z navbatida bu qaysidir 
mashqda ishtirokchiga qattiq ta ’sir qilgan kuchli emotsiyalami paydo qilishi mumkin. Agar trener 
bunday vaziyatlarda ishtirokchilarga psixologik yordam koTsatish uchun o‘zida yetarli kuch va 
mahorat borligiga shubhalansa, yaxshisi o‘z reja va dasturiga kuchli emotsional holatlarga olib 
keluvchi mashqlami kiritmagani ma’qul. 
Ammo ko'pincha neytrai mashqlar ham alohida ishtirokchilarda kuchli emotsiyalami yuzaga 
keltirishi mumkin va trener bunga tayyor bo'lishi lozim. Bunday muammodan chiqishning 
yo‘llaridan biri bu ko-treneriikdir, ya’ni treningni .kki mutaxassis tomonidan olib borilishidir. Bu 
trenerlardan birini mashqlarm O‘tkazishiga, ikkinchi trenerga esa ishtirokchilaming reaksiyasini 


91
kuzatishga va kerakli vaqtda ularga yordam berish imkonini beradi. Shunday qilib stressni bartaraf 
etishga qaratilgan treninglaming boshqaruvchisiga talablar alohida ahamiyatlidir. 
Avvalo u mutaxassis bo’ishi, maxsus psixologik ma’umotga ega bo’ishi va o’garuvchan 
sharoitga tez javob qaytaruvchi qobiliyatga ega bo’lib gumhlar bilan ishlashda tajribaga ega bo’ishi 
lozim. 
Stressni bartaraf etuvchi treninglarda eng muhim ahamiyat kasb etadigan usullardan bin - bu 
psixogimnastik mashqlar hisoblanadi. 
Chunki psixogimnastik mashqlarda ishtirokchilaming o'zaro jismomy harakatlar qilishiga 
imkon yaratiladi va ulardan yurish, yugurish va tananing turli a’zolarining harakati talab etiladi. 
Bunday harakatlar esa tanada stress tufayli yuzaga kelgan stress gormonlarini chiqarib yuborishda 
eng muhim omillardan biri sanaladi. 
Bunday o'yinlarda ishtirokchilar nafaqat muammolarini hatto o'zlarini ham unutib faqat 
o'yinga beriladilar, bu holat ham ulaming stress gormonlarini tanadan chiqarib yuborish uchun 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun aksariyat ishtirokchilar bunday psixogimnastik 
mashqlardan so‘ng o‘zlarini nihoyatda yengil his qiladilar va muamolariga yechim topgandek xush 
kayfiyatda bo'ladilar.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin