90
muvofiqdir. Bundan tashqari ular stressmenedjmentning kasbiy stress profilaktikasi va ishchilaming
stressga chidamliligini oshirishga qaratilganligini ham alohida qayd etib o‘tishgan.
Stress tushunchasining ko'plab ta’riflari bo‘lgani kabi u bilan
bogMiq treninglami ham
turlicha nomlash mumkin. Treningning asosiy maqsad va vazifalariga muvofiq stressni bartarf
etuvchi treninglami umumiy qilib antistressli treninglar deb ham atash mumkin. Antistressli
treninglar - amaliy psixologiyaning alohida-sohasi bo‘lib,
interaktiv, autoaktiv, psixokorreksion
metodlarga yondashgan holda shaxsning stressga chidamliligini
rivojiantirishga qaratilgan
treninglardan iboratdir.
Stressni bartaraf etishga qaratilgan treninglaming turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular awalo,
auditoriyasining maqsadiga ko‘ra quyidagilarga bo'linadi:
• Rahbarlar uchun tashkil etiladigan treninglar. Bu treninglarda tashkilotning bar qanday
omadi va omadsizliklariga juda ham emotsional tarzda javob qaytaruvchi, o‘z ishchilari bilan
muloqotda ‘4ez yonib ketuvchi” , ko‘pincha jamoa a’zolari hurmat qilmaydigan, lekin qo‘rqadigan
barcha rahbarlar qatnashishlari kerak. Sress- menedjment treninglari rahbarlarga jamoada sog‘lom
muhitni tashkil etishga va ish bilan bogiiq har qanday muammolami sovuqqonlik bilan hal etishga
o‘rgatadi.
• Ishchilar uchun tashkil etiladigan treninglar. Bu treninglami doimo ishchilari o‘rtasida
paydo bo‘ladigan nizolar mavjud boTgan tashqilotlarda o'tkazish
maqsadga muvofiq, chunki
ishchilar o‘rtasidagi nizolar tashkilotning umumiy samaraciga putur yetkazadi. Bunday jamoalarda
o'tkaziladigan treninglar xodimlarda nizoli vaziyatlaming oldini olish yo'llarini hamda barcha
ishchilaming o‘z kasbiy burchlariga diqqatlarini qaratishga o‘rgatadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, odatiy hollarda treningga
murojaat etuvchilar
mashg‘ulotlarga maxsus trening markazlariga borib qatnashishadi. Lekin biron bir tashkilot rahbari
o‘z xodimlari uchun trening tashkil qilayotgan bo‘lsa uning oldida turgan vazifalardan biri treningni
qaerda o‘tkazish bilan bog'liq masaladir. Tashkilot rahbari trenemi tashkilot binosiga taklif qilishni
yoki xodimlami markazga yuborishni o‘ylaydi. Mutaxasslar stressni bartaraf etishga qaratilgan
treninglarni ofislarda o‘tkazish tavsiya qilinmasligini ta’kidlashadi. Treningga xodimlarini
yuborayotgan rahbar o‘z
xodimlari haqida, ulaming xarakteri, kim ko'proq agressivligini,
trening
nima sababdan tashkil qilayotganini trenerga batafsil gapirib berishi lozim, shu bilan birga
xodimlaming yoshi va jinsi ham inobatga olinadi.
Dostları ilə paylaş: