INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 360
muxtoriyatchilik; 3) 1918 yil fevralidan 20 yillar oxirlarigacha - sovetlar
davridagi faoliyati. Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari
orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi
diniy-dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gaspirali (1851-1914)
bo’ldi, jadid atamasi yangilik tarafdorlarini, yangilik g’oyalarini ifoda etuvchi
tushuncha sifatida qo’llanilgan. U Boqchasaroyda dastlabki “usuli jadid” (yangi
usul) maktabini 1884 yilda ochadi. Ismoilbek Gasprinskiyning eng katta
xizmati Rossiya sarhadlarida yashab turgan, lekin zamonning zayli bilan bir-
biridan uzoqlashib, begonalashish darajasiga yetgan turkiy xalqlarni bir-biriga
tanitdi, yaqinlashtirdi. Butun boshli ilg’or marifatparvar, ziyoliliar qatlamini
yetishtirdi. Sharq xalqlari ma’naviy hayotida, xususan, maktab-maorifda
chinakam inqilob yasadiXIX asrning oxirlarida dunyo tamaddunida bo’layotgan
ulkan madaniy –ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yangi munosobatlar u
yoki bu tarzda sekinlik bilan bo’lsada, Turkiston o’lkalariga kirib kela boshladi.
Yangilik tarafdorlarini Abdulla Avloniy so’zi bilan aytganda, “gazeta
o’qig’uvchilarni” mullalar “jadidchi” nomi bilan atar edilar.
Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishda
ko’rinadi.1. Yangi usul maktablarini ochish, ko’paytirish orqali. 2. Turli ma’rifiy
jamiyatlar ochish orqali. 3. Umidli iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga
yuborish orqali. Bog’chasaroyda dastlabki jadid maktabini ochgan Ismoil
Gaspirinskiy Turkiston general-gubernatori N.O.Rozenbaxga o’lka musulmon
maktablarini ham isloh qilishga doir loyihasini yuboradi. Rad javobini olgach,
1893 yil Turkistonga o’zi keladi, Buxoro, Samarqand, Toshkentda bo’lib,
taraqqiyparvar ziyolilar bilan uchrashuvlar o’tkazadi. Buxoroda amir
Abdulaxadni jadid maktabi ochishga ko’ndiradi. Bu maktabga “Muzaffariya”
nomi beriladi. 1999 yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo’qonda
Saloxiddin domla, Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo’lib jadid
maktablarini ochadilar
Turkiston jadidlarining tarixiga nazar tashlar ekanmiz turli adabiyotlarda
ularga zamonasining muhitiga qarab oʻz taʼrifini berishgan. Masalan,
jadidlarning faoliyati haqida Fayzulla Xoʻjayev birinchilardan boʻlib harakatni
ikki yoʻnalishda boʻlganini koʻrsatib bergan: “Shunday qilib, sentabr
revolyutsiyasi boshlanguncha Oktabr va uning oqibatlari tufayli vujudga
kelgan jadidlar tashkilotlarining tabaqalanishi uzil-kesil rasmiylashdi, bu
harakat bir-biridan butunlay boshqa boʻlgan ikki qismga boʻlindi: Uning
birinchi qismi Buxoro Kommunistik partiyasiga kirib, oʻz taqdirini Oktabr
revolyutsiyasi va jahon kommunistik harakatining taqdiri bilan, jahon sotsial
revolyutsiyasi uchun kurash bilan qoʻshdi va birlashtirdi. Jadidlarning