INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
359
TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATI
Hayitova Dildora
Navoiy Davlat pedagogika insituti magistrature mutaxassisligi 2 -
bosqich talabasi
Hayitov Zafar
Ilmiy rahbar dotsent
Kalit so’zlar:Jadidchilik harakati, Abdurauf Fitrat, Abduqodir Shakuriy,
Turkiston jadidchiligi, Xiva jadidchiligi, Buxoro jadidchiligi, Ismoil
G’aspirali
O’zbekiston buyuk kelajagi uning tarixan tarkib topgan umuminsoniy
qadriyatlari va ulug’ tarixiga bo’lgan ehtirom asosida tarkib topadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili» dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash
masalasi alohida o’rin egallashi tabiiydir. Yosh avlod tarbiyasi haqida
gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz,
ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o’g’ilqizlarimiz amal qilishlarini men
juda-juda istardim. Mana, ulug’ ajdodimiz nima deb yozganlar: «Xalqning aniq
maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-xurmat
topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini
tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi ularning o’z ota-
onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq». Qarang, qanday bebaho,
oltinga teng so’zlar
12
» deganlarida jamiyat taraqqiyoti uchun tarbiyaning va
ta’limning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan edilar.
O’zbekiston tarixini o’rganishdagi muhim omillardan biri - uni xolisona tahlil
etish, ilmiy-nuqtai nazardan asoslab berishdir.
XIX asr oxiri-XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jixatdan
inqiroz xolatiga tushib qolgan, mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada
bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik
zulmidan qutulish, o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotga yo’l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rdi. Bu borada
jadidchilik xarakati katta rol o’ynadi. . Turkiston mintaqasida jadidchilik
xarakati, tarqalish joyi va yo’nalishiga ko’ra uchga bo’linadi; Turkiston, Buxoro,
Xorazm jadidchiligi. . Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari
jadidchilik xarakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda: 1) XIX asr
oxirlaridan 1915 yilgacha - ma’rifatchilik; 2) 1915 yildan 1918 yil fevraligacha -
12
Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига
бағишланган маросимдаги маърузаси. 08 декабр 2016.
Dostları ilə paylaş: |