Halq bilan muloqot va inson manfatlari yili



Yüklə 96,03 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü96,03 Kb.
#207617
  1   2   3
1-Мавзу (1)


1-MAVZU. RAQOBAT NAZARIYASI EVOLYUTSIYASI
Reja:
1.“Halq bilan muloqot va inson manfatlari yili” Davlat dasturiga kirgan ustuvor vazifalar va ularni amapga oshirishning iqgisodiy asoslari
2. «Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» kursiga kirish.
3. Raqobat bozor iktisodiyotini xarakatga keltiruvchi mexanizm..
4. Raqobat nazariyalari evolyutsiyasi.
5. Raqobat vazifalari. Yangicha erkin raqobat bosqichi.
Tayanch so`z va iboralar: Fanning mohiyati va vazifalari, raqobat, iqgisodiy kategoriya, raqobatning mohiyati. F.Perru, A.Smit(1723-1790), A.Marshapl (1842-1924)). Raqobat boskichlari, bozor raqobati. natural xo`jalik, tovar xo’jaligi, monopol raqobat, qonun-qoidalar, tsivilizatsiyalashgan raqobat, raqobat turlari, raqobat vositalari, raqobat usullari, xalol raqobat, girrom raqobat, Gomogen (differentsiallanmagan) raqobat, geterogen (differentsiallangan) raqobat.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Res­publikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini yaratish hamda mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi monopoliyani bosqichma-bosqich qisqartirish zarurligi alohida belgilangan.
“O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun loyi­hasi ayni boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. U bilan “Raqobat to’g’risida”gi, “Mas’uliya­ti cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi va “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunlarga hamda Fuqarolik kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasining asosiy maqsadi raqobatni cheklovchi kelishilgan harakat va kelishuvlarni aniqlash mexanizmini takomillashtirish, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan aktsiya (ulush)larni olishda monopoliyaga qarshi organ bilan kelishish tartibini soddalashtirish, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari, shuningdek, unitar korxonalarning asosiy jamiyat ustav kapitalida ishtirok etishini taqiqlash yo’li bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan manfaatlar to’qnashuviga barham berishdan iborat.
Loyiha normalarining qabul qilinishi raqobat va korporativ boshqaruv sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali O’zbekistonning Jahon banki tomonidan tayyorlanadigan “Doing business” hisobotidagi reytingini ko’tarishga xizmat qiladi.
SHuni ta’kidlash kerakki, Fuqarolik kodeksining 67-moddasiga muvofiq, agar bir (asosiy) xo’jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo’jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo’lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, yo bo’lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo’jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo’lsa, ushbu ikkinchi xo’jalik jamiyati sho’’ba xo’jalik jamiyati hisoblanadi. Qonun loyihasi asosida manfaatlar to’qnashuvini bartaraf etish maqsadida ushbu moddaga sho’’ba xo’jalik jamiyati o’z mulkida o’zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushga ega bo’lishga haqli emas. O’zining asosiy jamiyati (shirkati)ning ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushni sotib olgan sho’’ba xo’jalik jamiyati ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirgunga qadar asosiy jamiyat (shirkat)ning ishtirokchilari yoki aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishida ovoz berishga haqli emasligi haqidagi norma qo’shilmoqda.
SHo’’ba xo’jalik jamiyatlari tomonidan asosiy jamiyatning aktsiya (ulush)larini sotib olishga bo’lgan taqiq ko’plab rivoj­langan mamlakatlar (Buyuk Britaniya, Frantsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, SHvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Polьsha, Braziliya, Hindiston va boshqa mamlakatlar) qonunchiligida nazarda tutilgan bo’lib, unga ko’ra, sho’’ba jamiyatlar o’zining asosiy jamiyati aktsiya (ulush)larini sotib olish, aktsiya (ulush)larga egalik qilish, aktsiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig’ilishida ovoz berish imkoniyatiga ega emas.
Masalan, Buyuk Britaniyaning “Kompaniya­lar to’g’risida”gi qonunida belgilanganiga ko’ra, xolding kompaniya tomonidan nazorat qilinadigan sho’’ba kompaniya xoldingning ishtirokchisi bo’la olmaydi hamda xolding kompaniya aktsiyalarining sho’’baga chiqarilishi yoki berilishi haqiqiy emasdir. SHunga o’xshash taqiq Yangi Zelandiyaning “Kompaniyalar to’g’risida”gi qonunida ham nazarda tutilgan.
SHuningdek, Fuqarolik kodeksining qaram xo’jalik jamiyati, unitar korxona haqidagi moddalarida to’ldiruvchi normalar orqali ularning o’z mulkida o’zining mulkdori ustav fondi (ustav kapitali)­dagi ulushga ega bo’lishga, asosiy jamiyat (shirkat)ning ishtirokchilari yoki aktsiya­dorlarining umumiy yig’ilishida ovoz berishga haqli emasligi ko’rsatib o’tilmoqda.
Qonun loyihasining muhim normalaridan yana biri ruxsat berish jarayonlarini soddalashtirish bilan bog’liq. “Raqobat to’g’risida”gi qonunda monopoliyaga qarshi organdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar birlashmalarini tuzish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish, aktsiya (ulush)larni va boshqa mulkiy huquqlarni olish bo’yicha bitimlarni tuzishdan oldin rozilik olish kabi ruxsat beruvchi jarayonlar mavjud. Endilikda qonun loyihasidagi o’zgartish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ektlar birlashmalarini tuzish, boshqa mulkiy huquqlarni olish bitimlarini tuzishda monopoliyaga qarshi organ bilan kelishish normasini chiqarib tashlash taklif etilmoqda. Bu tadbirkorlik sub’ektlarining keng erkinligini ta’minlash, ularning faoliyatiga davlat organlari aralashuvini hamda ortiqcha ruxsat berish jarayonlarini qisqartirishga olib kelishi bilan ahamiyatlidir.
Tanlov (tender) savdolarida monopoliyaga qarshi talablar bo’yicha ham muayyan qo’shimcha qonun loyihasida o’z aksini top­moqda. Gap shundaki, amaliyotda alohida holatlarda buyurtmachilar savdo qatnashchilarining sonini qisqartirish maqsadida savdo lotlariga bir-biri bilan texnologik va funktsional bog’liq bo’lmagan mahsulotlarning ro’yxatini kiritishadi, bu esa raqobatning cheklanishiga, buyurtmachi va savdoning taxmin qilinayotgan g’olibi o’rtasida til biriktiruviga olib kelishi mumkin. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida “Raqobat to’g’risida”gi qonunning 11-moddasiga bitta lotdagi tovarlarning turlarini cheklovchi qo’shimcha kiritilmoqda. Bu esa savdo jarayonida buyurtmachi va yetkazib beruvchi o’rtasidagi til biriktiruvning yuzaga kelishi ustidan nazoratni ta’minlash imkonini yaratadi.
SHuningdek, qonun loyihasi asosida “Raqobat to’g’risida”gi qonunning 34-moddasidagi monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko’rsatmalari) ustidan shikoyat qilish normalarini “Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini nazorat qilish to’g’risida”gi qonunning 19-moddasi hamda “Tabiiy monopoliyalar to’g’risida”gi qonunning 20-moddasi normalariga uyg’unlashtirish ham ko’zda tutilgan.
Raqobatning iqtisodiy mazmuni va namoyon bo’lish shakllari
Iqtisodiyot nazariyasi fanining kategoriyasi sifatida raqobat nisbatan uzoq vaqtlardan buyon mavjud bo’lgan tushuncha hisoblansada, iqtisodiy tabiatining murakkabligi bugungi kunda ham uning mohiyatini to’liq ochib berilgan, deyishga asos bo’la olmaydi. CHunki, raqobatning iqtisodiy mazmuni va ob’ektiv asoslarini ochib berish, uni ta’riflashdagi serqirralik, turfalilik va ziddiyatlar mazkur jarayon tadqiqoti mantiqiy jihatdan davom etayotganligini anglatadi.
Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko’plab ta’riflari mavjud. Jumladan, SH.SHodmonov, R.Alimov, T.Jo’raevlar tomonidan tayyorlangan «Iqtisodiyot nazariyasi» o’quv qo’llanmasida raqobatga berilgan ta’rifda asosan ikki jihat: 1) uning iqtisodiy manfaatlar to’qnashuvidan iborat ekanligi; 2) yuqori foyda va naflikka ega bo’lish uchun kurash ilgari suriladi, ya’ni: raqobat - bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashishidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko’proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni kulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi.
Uz navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi.
Raqobat tushunchasi turli izohli lug’at va ma’lumotnomalarda ham turlicha ta’riflanadi. Jumladan, «Yazыk biznesa» nomli lug’atda: «Raqobat (lotincha soncurrere - to’qnashuv; inglizcha somretition, rivalry) - bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o’rtasidagi o’z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o’zaro ta’sir, o’zaro aloqa va kurash iqtisodiy jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik birlikni tashkil etib, doimo bozorda bir-birlariga qarama-qarshi turadilar»3, deb ifodalangan. Bundan ko’rinadiki, raqobatni nafaqat kurash, balki o’zaro ta’sir va aloqa jarayoni sifatida ham talqin etilgan. SHu bilan bir qatorda, raqobat maqsadini «xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish» sifatida belgilab, ma’lum noaniqlikka yo’l qo’yilgan. CHunki, raqobatning asosiy maqsadi xaridorning emas, balki uning ishtirokchisining manfaatlarini to’laroq ro’yobga chiqarishdan iborat bo’lib, bu maqsadga erishish yo’lidagi harakatlar pirovardida xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga olib keladi.
Taniqli iqtisodchilarimiz A.Ulmasov va N.To’xlievlarning «Bozor iqtisodiyoti» qisqacha lug’at-ma’lumotnomasida: raqobat, konkurentsiya — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda, katta hajmda sotish; umuman bozor iqtisodiyotida o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat asosi tovar ishlab chiqaruvchilarning mustaqil bo’lishi va o’z manfaati uchun kurash-intilishidan iborat. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuchdir, chunki raqobatda g’olib kelish uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tovar sifatini oshirish, tovar sotilishini xaridor uchun qulaylashtirish zarur, aks holda tovarlarni pullab, katta foyda ko’rib bo’lmaydi. Monopoliya raqobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni ta’minlab, o’zaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. Raqobat demonopolizatsiyani talab qiladi, o’zaro bellasha oladigan ko’pgina korxonalar bo’lishini taqozo etadi. Raqobatning asosiy sohasi - bozor, bozorda turli korxonalar tovarlari raqobatga kirishadi. Raqobat faqat tovarlarni sotuvchilar emas, balki xaridorlar o’rtasida ham yuz beradi. Korxonalar kerakli vosita, xom ashyo, materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadilar4, deb ta’kidlanadi. Ya’ni, yuqoridagi ta’riflardan ko’rinadiki, raqobat faqat bozor iqtisodiyotiga xos, degan qoida ilgari suriladi.
SHuningdek, ba’zi bir iqtisodiy manbalarda mehnatga oid bellashuv bir turinining boshqasidan sifat jihatidan farqlanishini ta’kidlanib, «raqobatlashuv», «raqibchilik», «bellashuv», «musobaqalashuv» tushunchalarining mazmuni farqlab berilgan. Bugungi kunda mazkur tushunchalarning o’zaro nisbati va tafovutini quyidagicha izohlash mumkin (1-jadval).

Yüklə 96,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin