2.1-chizma. Tahlilda qo‘llaniladigan omillarning iqtisodiy mazmuni
bo‘yicha tasnifi
Xo‗jalik yuritish samaradorligini oshirish imkoniyatini aniqlashda ijobiy
ta’sir etuvchi omillar harakatini kuchaytirish va ularning salbiy ta’sirini tugatish
rezervlar deb ataladi.
Deduktiv usul, asosan moliyaviy–iqtisodiy tahlilda qo‗llaniladi. Bunda
avvalo xo‗jalik faoliyatini belgilovchi umumiy ko‗rsatkichlar o‗rganilib, so‗ngra
ular bo‗laklarga bo‗linadi. Ko‗rsatkichlarni bo‗laklarga bo‗lish aslini olganda tahlil
demakdir.
Induktiv usul ko‗pincha texnik-iqtisodiy tahlilda qo‗llaniladi, ya’ni avval,
ayrim olingan ish uchastkalaridagi ko‗rsatkichlar har tomonlama tekshirilib,
so‗ngra ana shu aniq ko‗ rsatkichlardan korxonaning xo‗jalik faoliyatini
belgilovchi umumlashgan iqtisodiy ko‗rsatkichlar darajasiga chiqiladi.
Miqdor omillar
Sifat omillar
Omillar sifatining yaxshilanishi
bilan bog‘lq omillar
Omillar miqdorining o‘sishi
bilan bog‘lq omillar
Xodimlar soninin o‗sishi
Mеhnat unumdorligining
o‗sishi
Moddiy tеxnikani jalb qilish
Moddiy- tеxnika
samaradorligini oshishi
Yer maydonining ko‗payishi
Yer hosildorligining oshishi
OMILLAR
3
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning imkoniyatlarini aniqlash
tahlilning asosiy maqsadini ham belgilaydi. Ya‘ni, mahsulot ishlab chiqarish
hajmini oshirish va korxonaning moliyaviy natijalarini hamda holatini yaxshilash
bo‗yicha subyektda mavjud bo‗lgan ichki imkoniyatlarni aniqlash va ularni
amaliyotga tatbiq etish chora- tadbirlarini belgilash tahlilning muhim vazifasi
hisoblanadi.
Tahlilda har bir tarkib bo‗yicha mavjud bo‗lgan ichki imkoniyatlar aniqlanib
ularga baho beriladi. Jumladan, ishlab chiqarishda mehnat resurslari bo‗yicha
imkoniyatlar, mehnat vositalari va ulardan samarali foydalanish bo‗yicha
imkoniyatlar, mehnat predmetlari va ulardan samarali foydalanish bo‗yicha
imkoniyatlar, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan imkoniyatlar
mavjudligi va shu kabilarni belgilash mumkin.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning ichki imkoniyatlari –
resurslardan foydalanish bo‗yicha korxonada mavjud bo‗lgan, biroq ishga
solinmagan zaxiralarning mavjudligidan tashkil topadi.
Bu imkoniyatlar birinchi navbatda korxonaning mehnat vositalari,
texnologiyalari va zamonaviy mehnat vositalari bilan qurollanish darajasiga hamda
ularning holatiga bog‗liq.
Iqtisodchi olimlarning fikricha: ―Imkoniyat – korxona iqtisodini
kuchaytirishning muhim vositasidir. Agarda subyektda ulardan to‗liq va to‗g‗ri
foydalanilsa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan muhim ijobiy
natijalarga erishiladi‖
1
.
Demak, ishlab chiqarish samaradorligining oshirish ko‗p jihatdan mavjud
zaxiralardan foydalanish holatiga ham bog‗liq.
Korxona biznes rejalarini belgilashda barcha imkoniyatlar hisobga olinadi va
ularning realizatsiyasi reja bajarilishi davomida amalga oshiriladi.
Ishlab
chiqarish
imkoniyatlari
faoliyatdagi
texnologiyalarni
takomillashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etish hamda uning tashkiliy texnikaviy
darajasini yaxshilash, mehnatni tashkil etish, boshqaruvni takomillashtirish kabilar
orqali ham belgilanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda makro darajadagi imkoniyatlarning tarkiblashni
quyidagi uch guruhi ajratiladi
2
:
1. Iqtisodiyot.
2. Tarmoq.
3. Ichki xo‗jalik imkoniyatlari.
Korxonada har bir imkoniyatdan maqsadga muvofiq foydalanish yo‗llari
ishlab chiqilishi zarur.Imkoniyatlar faoliyatni intensiv rivojlanishiga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadi.
Ishlаb
chiqаrish
imkоniyatlаri
fаоliyatdаgi
tехnоlоgiyalаrni
tаkоmillаshtirish, ishlаb chiqаrishni tаshkil etish hаmdа uning tаshkiliy tехnikаviy
dаrаjаsini yaхshilаsh, mеhnаtni tаshkil etish, bоshqаruvni tаkоmillаshtirish kаbilаr
оrqаli hаm bеlgilаnаdi.
1 Ishonqulov A.N. va boshqalar. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Darslik. –T.: Sano-standart, 2014. -264 b.
2
Ishonqulov A.N. va boshqalar. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Darslik. –T.: Sano-standart, 2014. -270 b.
4
Kоrхоnаdа hаr bir imkоniyatdаn mаqsаdgа muvоfiq fоydаlаnish yo‗llаri
ishlаb chiqilishi zаrur. Imkоniyatlаrni аniqlаsh mехаnizmi kоrхоnаning аniq shаrt-
shаrоiti vа оldigа qo‗ygаn vаzifаlаrigа tаyanаdi. Iqtisоdchi оlim T.Sh.Shоg‗iyosоv
tоmоnidаn uning umumiy tuzilishi quyidаgichа ko‗rsаtilgаn
3
:
- ishlаb chiqаrish sаmаrаdоrligini оshirishdаgi bоsh bo‗g‗in аniqlаnаdi.
Ulаrgа sаrf-hаrаjаtlаrni kiritish mumkin, chunki, mаhsulоt tаnnаrхidа ulаrning
ulushi yuqоri. Sаrf-хаrаjаtlаrni qisqаrtirish tufаyli kаttа iiqtisоdiy sаmаrаgа
erishilаdi;
- ishlаb chiqаrishdаgi ―tоr tоmоnlаr‖ аniqlаnаdi, ulаr ishlаb chiqаrishning
o‗sish sur‘аtlаri, tаnnаrхini pаsаytirishgа imkоn bеrmаydi;
- ishlаb chiqаrish tipi hisоbgа оlinаdi. Mаsаlаn, kеng ko‗lаmli ishlаb
chiqаrishdа rеzеrvlаrni bеlgilаngаn kеtmа-kеtlikdа аniqlаsh tаvsiya etilаdi:
mаhsulоt, uzеl, dеtаl, оpеrаtsiya jаrаyoni; yakkа tаrtibdаgi ishlаb chiqаrishdа
ishlаb chiqаrish siklining аyrim оpеrаtsiyalаri bo‗yichа аniqlаnаdi;
- rеzеrvlаr mаhsulоtning hаyot siklini bаrchа bоsqichlаri yoki obyektlаri
(lоyihаlаshtirish, ishlаb chiqаrish, sоtish) bo‗yichа аniqlаnаdi;
- mоddiy rеsurslаrdаn iqtisоd, ya‘ni, mаvjud mеhnаt, uskunаlаrdаn
fоydаlаnishdа iqtisоdgа erishgаn tаqdirdаginа rеzеrv kоmplеkt dеb hisоblаnаdi.
Ichki хo‗jаlik rеzеrvlаri dеb, kоrхоnа fаоliyati nаtijаlаrini o‗rgаnish оrqаli
аniqlаngаn imkоniyatlаr vа ulаrdаn fоydаlаnishgа аytilаdi. Bundаy rеzеrvlаrgа ish
vаqtidаn to‗liq fоydаlаnmаslik sаbаblаri vа unumsiz hаrаjаtlаrni bаrtаrаf etish
tufаyli erishilаdi. Ulаr qаtоrigа ishni tаshkil etish vа ishlаb chiqаrish
tехnоlоgiyalаrining pаst dаrаjаdа bo‗lishi, хo‗jаsizlik vа hokazоlаr tufаyli ish
vаqtini yo‗qоtilishi, mоddiy rеsurslаrdаn оrtiqchа sаrflаrgа yo‗l qo‗yilishlаri
kirаdi.
Iqtisodiy tahlil usuli mazkur predmetni o‗rganish jarayoniga umumiy
jihatdan yondashuvdir. Shu sababli, tahlil usulini unga bo‗ysinuvchi maxsus
usullari bilan aralashtirib bo‗lmaydi. Zero, aniq shart - sharoit natijasida u yoki bu
usullarning o‗zgarishi ehtimoldan xoli emas.
Iqtisodiy tahlil usulining eng muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) Xo‗jalik faoliyatiga ta‘sir etuvchi texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni
tashkil qilish va barcha omillarni tekshirishni muntazam va kompleks tarzda
o‗tkazishga yondoshuv tahlil usulining eng muhim xususiyatlaridan biri bo‗lib
hisoblanadi. Bu o‗rinda muntazam tahlilni kompleks tahlil bilan almashtirish aslo
mumkin emas. Obyektni ierarxik usul (bo‗ysunish tartibi) orqali boshqarish,
masalan, sex korxonaning, korxona birlashmaning, birlashma tarmoqning bir qismi
va hokazo sifatida o‗rganish sistemali tahlilga misol bo‗ladi. Kompleks tahlilda
barcha ko‗rsatkichlar o‗rganiladi.
2) Tahlil usulining o‗ziga xos xarakterli xususiyatlaridan biri – iqtisodiy
ko‗rsatkichlarning hartomonlama bir-birlari bilan sababiy bog‗lanishida
ekanligidir. Bu borada tahlilning vazifasi ana shu sabablarni aniqlashdir. Shuni
ta‘kidlash kerakki, hatto ayrim olingan iqtisodiy ko‗rsatkichga bir qancha sabablar
ta‘sir ko‗rsatadi. Binobarin, bu sabablar harakatini aniqlash juda ham murakkabdir.
3
Shog
‗
yosov T.Sh. Kompleks iqtisodiy tahlil. Darslik. -Т.: Fan va texnologiya, 2012.
5
Shu sababli asosiy va hal qiluvchi sabab va omillar ta‘sirini aniqlash kerak.
Shunday qilib, tahlilning dastlabki sharti xo‗jalik faoliyatiga ta‘sir etuvchi
sabablarni iqtisodiy belgilariga qarab to‗g‗ri turkumlash zarur. Masalan, tovar
mahsuloti ishlab chiqarish hajmiga ta'sir qiluvchi omillar uch guruhga
umumlashtiriladi (2.2-chizma).
Dostları ilə paylaş: |