Bir marta ishlatiladigan zarba beruvchi UUA ning qo‘llanilishi
Agar maxsuslashtirilgan zarba beruvchi UUA 5-9 dan kam bo‘lmagan jangovar
uchishni
amalga
oshirishsa,
ular
“narh qiymat-samaradorlik” mezonini
qanoatlantirgan deb hisoblanadilar. Lekin UUA ning orqaga qaytmaydigan turkumi
mavjud va ular tobora rivojlanib bormoqda. Bir marta ishlatiladigan zarba beruvchi
UUA shular jumlasidan bo‘lib, ular dushmanning nafaqat radionurlash nishoniga,
balki erdagi boshqa kichik hajmdagi, shuningdek mobil nishonga ham talofat etkazish
uchun mo‘ljallangan.
Bunday “uchuvchisizlar”, “kamikadze” sxemasi bo‘yicha, jihozlangan UUA
ning jangovar qismini lazer apparatini nishonga yo‘naltirish yo‘li bilan talofat
etkazadilar.
Birinchi zarba beruvchi UUA razvedka ishlariga jalb qilingan MQ-1 Predator
AGM-114C Hellfire raketasi bilan jihozlangan. Taxmin qilishlaricha ushbu apparat
2002 yilning fevral oyida birinchi marta Usama Ben Ladenning hamtovog‘i mulla
Muxammad Umarga tegishli bo‘lgan mashinaga talofat etkazgan.
Taktik-razvedka qiluvchi UUA
Taktik-razvedkachi UUA quruqlikdagi piyoda qo‘shinlar qismlar va
birlashmalarning, shuningdek past bo‘g‘indagi bo‘linmalar, hamda harbiy dengiz
kuchlari qism va birlashmalarini razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlash uchun
mo‘ljallangan. Taktik-razvedkachi UUA HHK larining manfaatlari uchun ham
ishlatiladi.
Dunyoning zamonaviy va perspektiv (kelajakdagi rivojlanishi ko‘zda
tutilayotgan) tizimda qurollangan asosiy armiyalari tarkibida kompleks bilan
tashkillashtirilgan UUA roli boshqa vositalar, jumladan pilotlashtirilgan aviatsiyadan
keskin farqlanib, o‘ziga xos jangovar xususiyat bilan ta’riflanadi:
AQSH da yaratilgan taktik-razvedkachi UUA lar
quruqlikdagi piyoda qo‘shinlar, harbiy dengiz
kuchlari,
dengiz
piyodalari
korpuslarining
manfaatlari uchun qo‘llaniladi. Odatiy razvedka
ishlaridan tashqari ular jangovar harakatdagi
rayon
kartografiyasi
va
minalashtirilgan
maydonlarni topish uchun ham mo‘ljallangan.
Flot va dengiz piyodalari uchun tik holatda
uchuvchi va tik holatda qo‘nuvchi UUA
yaratilgan.
5
- yuqori-hajmli UUA larini sezilarli darajada qisqartilishi ular qiymatining
o‘ziga mos pasayishiga, hamda dushmanning havo hujumidan mudofaa vositalari va
kuchlarga qarshi harakat qilish sharoitlarida yashovchanlikni oshirish imkonini
beradi;
- nishonning bajaradigan ishidan kelib chiqib har xil vazifalarni echish uchun
foydalanilanish imkonini beradi;
- aniq masshtab vaqti bo‘yicha yoki shunga yaqinroq bo‘lgan razvedkaga oid
vazifalarni echish imkonini beradi;
- o‘ta murakkab va xavfli sharoitlardan foydalanilganda texnik va ruhiy
fiziologik holatning mavjud emasligi, muhim vazifalar bajarilayotganda yo‘qotilish
xatari yuqori darajada bo‘lishi mumkinligi;
- Tinchlik davrida shaxsiy tarkibining jangovar shayligini ta’minlash uchun
uchish xizmatida zarur bo‘lgan uchivchili aviatsiyasi bilan taqqoslaganda bir-ikki
marta qisqarishining sezilishi;
- o‘ta yuqori jangovar xususiyatlari va harakatchanligi.
KELAJAKDAGI IMKONIYATLARI
Xorijiy mamalakatlar harbiylari ishlab chiqargan UUA ning tahlili
quyidagicha xulosalanadi. AQSH HHK ining kelajakdagi rejasiga asosan 2020 yilga
borib, keng ko‘lamli hududlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan, uyushtirilgan
ommoviy zarbalarning 30% foizi uchuvchisiz apparatlar yordamida amalga
oshirilishi rejalashtirilgan. Amerika strategiklarining fikriga ko‘ra, ushbu masofadan
boshqaruv yoki avtonom jangovar UUA lar, dushmanning front ortida ham
qobiliyatlarini shunga moslashtirigan holda uchish vazifalarini bajarishlari, shundan
so‘ng esa uchivchisi bo‘lgan qiruvchi va bombardimonchi samolyotga juda xatarli
bo‘lgan vazifani, ya’ni har tomonlama himoyada bo‘lgan nishonni yakson qilishlari
mumkin deb o‘ylaydilar. 2015 yilda AQSH “Dronlar” ni yaratish, ularni ishlab
chiqarish va ulardan foydalanish borasida jahonda peshqadam deb hisoblanadi. Xitoy
va Rossiya davlatlari ham bu borada AQSH tenglashishga urinib ko‘rishganliklari
ma’lum. AQSH qurolli kuchlarida raketalar, bombalar bilan jihozlangan hamda
razvedka olib borishga mo‘ljallangan dronlar mavjud ekanligi ma’lum.
Hozirgi kunda Amerika harbiy dronlari ko‘p hollarda (HHM) Havo hujumidan
mudofaa tizimi bo‘lmagan mamlakatlarga qarshi, yoki HHM tizimi yakson
qilingandan
so‘ng foydalanish uchun mo‘ljallangan. HHM atakalaridan
himoyalanadigan tovush tezligidan ham yuqori tezlik bilan uchadigan dronlar ishlab
chiqish ishlari olib borilmoqda. Turli xil vazifalar, ya’ni hujum va razvedka ishlarini
kuzatuvi, dushman HHM ob’ektlarini yakson qilinishi yoki talofat etkazilishi kabilar
uchun imkoniyati bo‘lgan UUA uchuvchisi mavjud bo‘lgan jangovar tizimning
samarali yordamchisi bo‘lib xizmat qilish mumkin, shuning bilan birga uchuvchisi
mavjud bo‘lgan samolyot ekipajini dushmanning HHM vositalarini yakson qilish,
ma’lumotlarni keng doirada etkazish imkoniyatlarini yaratadi. SHu singari vazifalar,
ayniqsa HHK lariga “Global zarba” konsepsiyasiga xos, mojarolar vaqtida
imkoniyatlar cheklangan sharoitlarda UUA uchuvchisi mavjud bo‘lgan vositalarda
tirik qolishini va samaradorligini oshiradi. Hozirda Rossiya QK lariga qarashli UUA
jihozlanishini Mudofaa Vazirligi tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanishini yangilik
6
emas. Hozirda shubhasiz aytish mumkinki, faqatgina Rossiya armiyasi xorijiy ishlab
chiqaruvchilarning roziligi bilan o‘ta zamonaviy bo‘lgan taktik va tezkor-taktik UUA
larini sotib olish fikrida turibdilar. Zamonaviy UUAlarni ishlab chiqishda xorij
konstruktorlari rossiyaning o‘zida avvalroq ishlab chiqarilgan UUapparatlarni
konstruksiya va jihozlanish loyihasini aniqlab olganliklarini nazardan chiqarmaslik
kerak. Hozirda UUA proekti bo‘yicha barcha tadqiqod va tajriba-konstruktorlik
ishlari olib borilmayotganligini eslatib o‘tish kerak.
Avval ishlangan UUA lar zamonaviylashtirilishi bilan birga, ularning yangisini kashf
qilish ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan.
Kechagina
ushbu
ishlab
chiqarish
sohasiga
milliardlab
summa
sarflanayotgandek va har bir uchinchi samolyot quruvchi tashabbuskori, o‘zining
UUA ini ham afzalroq, ham qimmatroq qilib yaratishga harakat qilayotgandek edi.
Agar raqamlar tilga kirsa – AQSH MV pudratchilari 2001 yildan boshlab 30 mingga
yaqin turli xil uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirganliklari haqida ma’lumotlarga
ega bo‘lamiz.
Ular salobatli armiyalari uchun barcha UUA proektlarini sotib olish bilan
manbaaning qismini qisqartirib tashladi. AQSHlarining HHK ishlab chiqaruvchilari
va o‘zlarining 14 yildan buyon to‘qnash kelayotgan muammolari bunga sabab bo‘lib
kelmoqda. Bu muammolar bir neche turga bo‘linadi. Amerikada ixtiro qilingan UUA
larning asosiy kamchiligi mahsulotning o‘ta darajada qiymatining yuqoriligi va
harakat darajasining esa o‘ta pastligidadir.
Evropa
davlatlarida
UUAlarini
yanada
takomillashtirishga
va
ularning
qo‘llanilishini kuchaytirishga Kosovoda
bo‘lib o‘tgan havo jangi asosiy sabab bo‘lib
hisoblanmoqda. Unda qatnashgan Buyuk
Britaniya, Fransiya va GFR uchuvchisiz
apparatlarini
boshqaruvchilari
mavjud
bo‘lgan moslamalar razvedka bo‘yicha
ishlarda
qo‘llanilishi
haqiqatda
ham
nihoyatda vaqt ko‘lami cheklanganligiga
amin bo‘ldilar.
Ya’ni, avtomatik boshqaruvning
o‘nlab turlari bo‘lishiga qaramay, ularni
“qo‘l yordamida” boshqarish davom
etmoqda.
Moslamalarga
inson
boshqaruvi juda zarur bo‘lib bormoqda,
aks holda ularni ishlatish mumkin
bo‘lmay qoladi. Hattoki Reaper yoki
Global Hawk apparatlarining barcha
ishlash
rejimi
murakkab
bo‘lishiga
qaramay, parvozdan tortib qo‘nishigacha
bari bir qo‘lda boshqarilyapti.
7
Osmonda uchib yurib erdagi qo‘shin va muhim obektlarni nishonga olish va
qurolni qo‘llash vazifalari ham qo‘lda amalga oshirilmoqda. UUA uchun razvedkaga
oid ma’lumotlarning etishmasligi asosiy kamchilik bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pincha
UUA ni maxsus boshqaruvchisi jangovar topshiriqni bajarish joyidan ming kilometr
uzoqda joylashgan bo‘ladi.
Bevosita operatsiya olib borish hududida razvedka tomonidan er ustidagi
nishon haqidagi ma’lumot topilgani sababli operatorda ko‘pgina qarama-qarshi (zid)
axborot va bo‘yruqlar tez-tez paydo bo‘ladi, shu tufayli uchuvchisiz uchish apparat
tomonidan raketa qurol-aslahani qo‘llashda 10 ta holatidan beshta mo‘ljali tinch
aholiga to‘g‘ri kelardi. Agar o‘ylab ko‘rsak, hattoki mo‘ljalni o‘tkazib yubormaganda
ham-har bir ikkinchi otishi-begunoh insonga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |