1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Ish staji bo‘lmagan shaxslarga ular lavozimga tayinlanganidan keyin kamida olti oy o‘tgach mansab darajasi beriladi. 11-modda



Yüklə 277,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/42
tarix29.03.2023
ölçüsü277,07 Kb.
#91107
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

10-modda. Ish staji bo‘lmagan shaxslarga ular lavozimga tayinlanganidan keyin kamida olti oy
o‘tgach mansab darajasi beriladi.
11-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab,
Departament va uning hududiy bo‘limlarining bir mansab darajasida belgilangan muddat xizmat
qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan xodimlari mansab
darajasi ko‘tarilmaydi.
12-modda. Mansab darajalari berilgan xodimlar shu mansab darajalarida umrbod bo‘ladi va
faqat sudlarda, Sudyalar oliy kengashida, Oliy maktabda, Departamentda va uning hududiy
bo‘limlarida ishlashga noloyiq xatti-harakatlari uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganda
ulardan mahrum qilinishi mumkin.
13-modda. Xizmat burchini qo‘pol ravishda buzgani yoki xizmat vazifalarini muttasil lozim
darajada bajarmagani uchun xodimning mansab darajasi unga berilganidan ikkidan ortiq
bo‘lmagan mansab darajasiga pasaytirilishi mumkin.
Mansab darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish mansab darajasi berish huquqiga ega
bo‘lgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
14-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab,
Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga mansab darajalari berish uchun attestatsiya
o‘tkazish tartibi Konstitutsiyaviy sud raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Sudyalar oliy
kengashi raisi tomonidan ularning vakolati doirasida belgilanadi.
15-modda. Mansab darajasi bo‘lgan sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy
kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining lavozim
maoshlariga ustamalar qonunchilikda belgilangan miqdorlarda belgilanadi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)

Yüklə 277,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin