sud rayosati majlislarini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;
sud rayosati qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha
ishlarni tashkil
etadi;
sud majlislarida raislik qiladi;
quyi turuvchi sudlar faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashadi;
sudyalar, sud apparati xodimlari va xalq maslahatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha
ishlarni tashkil etadi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash
va sud statistikasini
yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
jismoniy
shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan
qabul qiladi va ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
Sudyalar oliy malaka hay’atiga sudyalar malaka hay’atlari qarorlari yuzasidan taqdimnomalar
kiritadi;
sud apparati
ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari
bilan mehnat shartnomalarini
tuzadi va tugatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o‘rinbosari:
sudlov hay’ati ishini tashkil etadi;
sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;
sudlov hay’ati faoliyati to‘g‘risida sud rayosatiga ma’ruza taqdim etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi;
sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi o‘rinbosari yo‘qligida uning vakolatlari mazkur sud
raisi tomonidan sudyalardan biriga yuklatilishi mumkin.
15-modda. Hududiy harbiy sud raisi:
sud majlislarida raislik qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini
tuzadi va tugatadi.
Hududiy harbiy sud raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi
mumkin.
Hududiy harbiy sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Harbiy
sudining sudyalaridan biri bajaradi.
16-modda. Harbiy sudlar tarkibi, shtatlar soni, shtatdagi lavozimlar ro‘yxati O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: