O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti Iqtisodiyot yo‘nalishi



Yüklə 58,5 Kb.
tarix13.09.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#143171
Toxtasinov Sardor Menejiment mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
Farg’ona davlat universiteti
Iqtisodiyot yo‘nalishi
Iqtisodchilar uchun matematika” fanidan

MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Xarakteristik funksiyalar ta’rifi va asosiy xossalari.

Bajardi: “Iqtisod “ yo’nalishi
21.157-guruh talabasi: To‘xtasinov S.
Qabul qildi: Abdumannopov M.

Farg’ona-2022


REJA
KIRISH
I.BOB SONLI XARAKTERISTIKALAR

    1. Diskret tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalari

    2. Tasodifiy miqdor tarqoqligining sonli xarakteristikalari

    3. Uzluksiz tasodifiy miqdor sonli xarakteristikalari

    4. Ko’rsatkichli taqsimotning sonli xarakteristikalari

II.BOB XARAKTERISTIK FUNKSIYALAR
2.1 Ikki o’lchovli tasodifiy miqdorning taqsimot funksiyasi va uning xossalari
2.2 Xarakteristik funksiya va uning turlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

BOSHQARUV VAKOLATLARI
Reja:
1. Vakolat va uning zaruriyati
2. Boshqaruv mas‘uliyatlari
3. Vakolat va uning chegaralari
4. Boshqaruv vakolatlarini berish zaruriyati
Vakolat - bu biror shaxs, muassasa, tashkilot, davlat va shu kabilar nomidan ish qilish uchun berilgan huquq, vakillik huquqi. Masalan, xalq noibi o‘zining yuksak vakolatini saylovchilardan oladi. Boshqaruv tizimida rahbarlar tomonidan o‘z qo‘li ostidagi xodimlarga o‘zi javobgar bo‘lgan vazifalarni hal etish yoki ishlarni amalga oshirish hyqyqini berib qo‘yishi boshqaruv vakolatlari deb yuritiladi. Vakolatlarni topshirib qo‘yish tufayli rahbar boshqa ishlarning talayginasini bajarishi, istiqbolli va eng asosiy masalalarga diqqate‘tiborini ko‗ppoq jalb etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni chog‘da u umumiy rahbarlik va umumiy nazoratni o‘z qo‘lida saqlab qoladi.
Vakolat - bu vakillik huquqi bo‘lsa, ma‘suliyat bu biror ish, xatti harakat oqibati, natijasi uchun bo‘lgan javobgarlik. Demak, vakolatni mas‘uliyat bilan adashtirmaslik kerak, chunki vakolatlar boshqa odamlar ishini boshqarishni nazarda tutadi. Boshqa tomondan, bu ikkala tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ya‘ni, vakolatli shaxs qabul qilgan qarorlari, u qarorlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi, ishchan yoki ishchan emasligi to‘g‘risida yuqori rahbariyatga hisobot berishi kerak. U shularga mas‘uldir va javobgardir.
Vakolat – bu korxona resurslaridan foydalanish va kishilarni boshqarish bo‘yicha u lavozimdagi shaxsga cheklangan shart bilan berilgan huquq.
Ta’lim sifatini boshqarishga ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish xorijda XX asrning 20-yillarida, mamlakatimizda esa 50-yillarida boshlangan edi. Bizda bu ish uzoq vaqt mobaynida jahonda amalga oshirilayotgan ishlardan ajralgan holda olib borildi. Agar chet elda ta’lim sifatini boshqarish samaradorligini oshirish usullarini izlash ishlari avval boshdanoq ijtimoiy boshqaruvning umumiy nazariyasi yutuqlari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, mamlakatimizda asosan pedagogika nazariyasi qoidalariga tayangan edi. Ammo 80-yillarning o‘rtalaridan boshlab bu uzilish jadallik bilan bartaraf etila boshladi. Aytish mumkinki, boshqaruv fani boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonlarini o‘rganishi hamda qanday sharoitlarda boshqarishda ushbu vazifalar hal etilishi, ularni hal etish natijasi qanday bo‘lishi lozimligi, u yoki bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi bilimlarni olishi darkor.
Ushbu savollarga tayyor javob yo‘q, uni topish uchun boshqaruv o‘zi nima ekanligi haqida ayrim boshlangʻich tasavvurga ega bo‘lish lozim. Umumboshqaruv G‘oyalari evolyutsiyasini ko‘rib chiqar ekanmiz, ko‘pincha turli boshlangʻich tasavvurlarda boshqaruv nima ekanligi, uning vazifalari nimalardan iboratligi va bu vazifalarni qay yo‘sinda hal etishi lozimligi to‘g‘risidagi turli yondashuvlarga asoslanganligi ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotlarning turli predmetlari shu tariqa ajralib chiqqan. Masalan, klassik nazariya boshqaruv jarayonini boshqaruv funksiyalarining muayyan majmuini
amalga oshirish sifatida ifodalagan. Ushbu funksiyalarning amalga oshirilish sifati, eng avvalo, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tavsifi bilan bog‘angan.
Shu bois, asosiy vazifa qanday tashkiliy tuzilmada boshqaruv funksiyalari samaraliroq bajarilishini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Ya’ni, o‘rganishning asosiy
predmeti tashkiliy struktura tavsiflari bilan boshqaruv funksiyalarini amaliyotga
tatbiq etish natijalari o‘rtasidagi aloqadan iborat bo‘lgan. «Insoniy munosabatlar» nazariyasi norasmiy tuzilmani, ya’ni birgalikdagi faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni asosiy maqsad qilib olgan va maqbul norasmiy tuzilmani yaratish uchun nima qilish lozimligini aniqlashga intilgan. Shunday qilib, ushbu yondashuv doirasida boshqaruv vazifalari birmuncha anglab еtildi.
Tashkilotlar, xodimlar, jarayonlarni va h. k. boshqarishning o‘rganilishi ham turli umumboshqaruv yondashuvlari G‘oyalari asosida olib borilishi mumkin. Shu boisdan, tadqiqotlar predmeti ham turlicha bo‘ladi. Zero boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi, eng avvalo, uning predmetiga bo‘lgan qarashlarning o‘zgarishidir. Garchi turli yondashuvlarda tadqiqotlar predmetini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lsa-da, ularning barchasi, biron-bir tarzda, boshqaruvni tashkil etishdagi alohida funksiya sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bu funksiyani amalga oshirish bilan uning hayot faoliyati aniq maqsadga qaratilganligi va uyushganligi ta’minlanadi hamda boshqaruv tizimi tarkibiy qismlarining tuzilishi va o‘ziga xosligi, tashkilot faoliyatining ichki hamda tashqi shart-sharoiti va uning natijalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Umume’tirof etilgan boshqaruv tushunchasi bo‘lmagani kabi ta’lim tashkilotlari va ta’lim sifatini boshqarishning ham umumqabul qilingan tushunchasi yo‘q. Ilmiy bilim rivojlanib borgani sari bu tushuncha doimiy ravishda boyib boradi. Boshqaruv boshqariladigan obyektdagi jarayonlarning aniq maqsadga qaratilganligini va uyushganligini ta’minlashi lozim. Boshqaruv o‘zining bu vazifasini bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaning qiyofasini (maqsadlar va ularga erishish rejalarini) shakllantirish; ijrochilar o‘rtasida vazifalar va vakolatlarni taqsimlash (rasmiy tuzilmani yaratish va saqlab turish); ijrochilarning samarali mehnatdan manfaatdorligini ta’minlovchi sharoit yaratish (ragʻbatlantirish); jamoada umumiy qadriyatlar va qulay munosabatlarni shakllantirish (norasmiy tuzilma yaratish va saqlab turish); ishning borishini nazorat qilish kabi va boshqa maxsus boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali amalga oshiradi. Shundan kelib chiqqan holda ta’lim mazmuni, ta’lim tashkilotlari tartibini va ta’lim sifatini boshqarishni alohida faoliyat sifatida belgilash mumkin. Bunda uning subyektiv boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning birgalikdagi faoliyatining uyushqoqligini hamda ta’lim maqsadlari va rivojlanish
maqsadlariga erishishga yo‘naltirilganligini ta’minlaydi. Fan boshqaruv tizimi qanday vazifalarni, qay yo‘sinda hal etishi kerak, turli ichki va tashqi sharoitlarda boshqaruv samaradorligi ta’minlanishi uchun u qanday tuzilgan bo‘lishi lozim, degan savollarga javob berishi zarur. Shu boisdan boshqaruv tizimi xususiyatlari, boshqaruv jarayoni tavsiflari hamda turli tashqi va ichki sharoitlarda faoliyat yuritish va rivojlanish natijalari o‘rtasidagi qonuniy aloqalar alohida ilmiy fan bo‘lgan boshqaruvning umumiy vazifasi hisoblanadi. Boshqaruv vazifasini shu yo‘sinda tushunish uni boshqaruvga eskicha yondashish nuqtai nazaridan uni tadqiq qilish mumkin emasligidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Sh.M. Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy

  2. javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.:

  3. “O‘zbekiston”. – 2017.– 102b.

  4. 2. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan

  5. birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b

Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin