11
Aksincha, tahlil uchun boshlang`ich nuqta sifatida individlar emas, balki
institutlar belgilanishi ikkinchi tamoyilga asos bo`ladi. Shu tariqa ikkinchi
tamoyilda
xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, individlar
institutlarning ta’rifidan kelib chiqib tavsiflanadi. Institutlar esa, o`zlari
makrodarajada munosabatlar tizimini takror ishlab chiqarishda bajaradigan
funksiyalar orqali izohlanadi. Endi fuqarolar o`z hukumatini emas, balki hukumat
ma’lum xildagi fuqarolarning shakllanishiga ko`maklashadi. So`ngra, spontan
evolyutsiya konsepsiyasiga
institutsional determinizm tezisi qarshi turadi va u
muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Institutlar – o`tmishda sodir bo`lgan
«jarayonlar natijasi» bo`lib, ular o`tmish holatlariga moslashgan va shuning uchun
ijtimoiy mo`rtlik, psixologik mo`rtlik omili hisoblanadi va barcha keyingi
rivojlanish «doiralarini» belgilab beradi. Shunday qilib, xolizmda individlarning
manfaatlari va xatti-harakatlari ularning o`zaro hamkorigini oldindan belgilab
beruvchi institutlarning tavsifi orqali tushuntiriladi. Ya’ni, institutlar birlamchi,
individlar esa ikkilamchi o`rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: