ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy
xayoli yuzasidan materiallarni qo‘llash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda
mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob'ekt bilan sub'ekt o‘rtasida
muloqot o‘rnatish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan ma'lum hukm,
xulosa chiqariladi.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o‘quvchilar, talabalar,
konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to‘g‘risida
ma'lumotlar to‘plash mumkin. Lekin insondagi psixik o‘zgarishlar kamol topish va
ularning kechishini ifodalovchi materiallar yig‘ish uchun bu metodning o‘zi
yetmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o‘rganish maqsadida boshqa
metodlardan ham foydalanish ma'qul.
Dostları ilə paylaş: