Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs ( 1588-1679)
ruhni mutlaqo rad etib, mexaniq harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning
qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini taʼkidladi. Uning
negizida epifenomenalizm (yunoncha epi o‘rta, phainomenon g‘ayritabiiy hodisa)
vujudga keldi, yaʼni psixologiya tanadagi jarayonlarning soyasi singari ro‘y
beradigan ruhiy hodisalar to‘g‘risidagi taʼlimotga aylandi.
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi (
Galler. Proxazka), buning natijasida psixika miyaning funksiyasi ekanligi haqidagi
taʼlimot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi Charlz Bell va fransuz Fransua Majandi
tomonidan yozuvchi va harakat nervlari o‘rtasidagi tafovut ochib berildi, uning
negizida reflektor yoyi degan yangi tushuncha psixologiya fanida paydo bo‘ldi.
Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar taʼsirida rus olimi I.M. Sechenovning ( 1829-1905)
reflektor nazariyasi ro‘yobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fanining
fiziologik asoslari, mexanizmlari bosh miya reflekslarning o‘ziga xos xususiyatlari
tabiatini ochib berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: