sovet psixologiyasida eng ko‘p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid materiallar bilan
qisqacha tanishib o‘tamiz.
S.L.Rubinshteyn bo‘yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo‘nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar,
ideallar,eʼtiqodlar, faoliyat va
xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
2. Bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
3. Individual tipologik xususiyatlar - temprament, harakter, qobiliyatlarda aks
yetadi.
K.K.Platonov taʼlimotiga ko‘ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:
I. Yo‘nalganlik ost tuzilishi - shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini
birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‘lam (hajm) darajalarini
farqlash lozim.
II. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - Taʼlim vositasida, shaxsiy tajribada
egallangan bilimlar, ko‘nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
III. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - Ijtimoiy turmush jarayonida
shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
IV. Biologik shartlangan ostto‘zilish.
Miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog‘liq
bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning
tipologik xosiyatlarini birlashtiradi.
А.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
1. Yo‘nalganlik - voqelikka nisbatan
inson munosabatini aniqlaydi, unga
o‘zaro taʼsir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar,
ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini
belgilaydi.
2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini taʼminlovchi
tizim. O‘zaro taʼsir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter. Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi.
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter
tizimidan irodaviy va maʼnaviy sifatlar ajratiladi.
4. Mashqlar tizimi. Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish
(korrektsiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni taʼminlaydi.
Kishining o‘z-o‘ziga baho berishi.
O‘ziga-o‘zi baho berish - shaxsning o‘zi tomonidan o‘ziga, o‘z
imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o‘rniga baho
berilishidir.O‘ziga-o‘zi baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to‘g‘rilanib,
tartibga solib turiladi. kishi o‘zi haqida baʼzi narsalarni allaqachon bilgani holda
boshqa
kishiga razm solib boradi, o‘zini u bilan solishtirib ko‘radi, u ham uning
shaxsiy fazilatlariga, xatti-harakatlariga, faolligiga nisbatan befarq qola olmaydi,
deb taxmin qiladi; ana shularning hammasi shaxsning o‘ziga o‘zi
baho berishiga
kiradi va uning psixologik kayfiyatini belgilaydi.
Psixologiyada kishining o‘ziga o‘zi beradigan bahoni, uning miqdoriy va sifatiy
taʼrifini aniqlashning bir qator eksperimental metodlari mavjuddir. Shaxsga
beriladigan baholar sistemasiga uchta ko‘rsatkich - o‘ziga o‘zi baho berish, kutilgan
baho, guruhning shaxs tomonidan baholanishi - shaxsning tuzilishiga kiradi va kishi
buni xohlaydimi-yo‘qmi, bundan qatʼi nazar, u o‘zining guruhdagi kayfiyatini,o‘zi
erishgan natijalarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligini, o‘ziga va
tevarak-atrofdagilarga nisbatan nuqtai nazarlarni belgilaydigan subʼektiv vositalarni
hisobga olishga obʼektiv ravishda majburdir.
O‘ziga-o‘zi baho berish shaxsning intilishlari
darajasi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o‘ziga o‘zi beradigan bahoning individ o‘z
oldiga qo‘yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari darajasida namoyon bo‘ladigan
kutilgan darajasi ("Men" siymolarining darajasi) dir. Kishi navbatdagi harakatning
qiyinchilik darajasini bemalol tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan paytda o‘ziga-o‘zi
beradigan bahoni oshirib yuborishga intilish ikkita tendentsiya o‘rtasida mojaro
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi: bir tomondan eng ko‘p yutuqqa erishish uchun
intilishni kuchaytirib yuborishga harakat qilinsa, ikkinchidan muvaffaqiyatsizlikka
uchramaslik uchun intilishlarni kamaytirishga harakat qilinadi.
Shaxsning psixologik muhofazasi. Shaxsning o‘zini anglashi o‘ziga o‘zi baho
berishi mexanizmini qo‘llagan holda xususiy intilishlar va real yutuqlari o‘rtasidagi
o‘zaro nisbatni aniq qayd etadi. Аmerikalik psixolog U.Djems o‘zining
psixologik
nazariyasida XX asrning boshlaridayoq shaxs "Men"i siymosining eng muhim
tarkibiy qismi-o‘zini hurmat qilishi haqiqatdan ham erishgan yutuqlarining kishi
daʼvogarlik qilgan, mo‘ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida
umuman to‘g‘ri fikr bildirgan edi.
Kishi o‘z faoliyatida qiyinchiliklar oldida bo‘sh kelmasligi, aksincha o‘zining
irodaviy fazilatlari va matonatliligini namoyon qilgan hamda shu orqali
muvaffaqiyat bilan real intilishlar o‘rtasidagi o‘zaro maqbul nisbatini saqlab qolgan
holda ularni yengishi kerak. Bu psixologik qulaylikning bo‘zilishi. Psixologik
muhofaza tushunchasiga yaqin "muhofaza mexanizmlari" to‘g‘risidagi tushunchani
psixoanaliz maktabining yetakchisi Freyd ishlatgan edi.
U bu tushunchani shaxsni
biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin
qilgan edi. Z.Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan, shahvoniy hirs) ongli
"Men"ning "muhofaza mexanizmlari", shaxsning "ichki senzurasi" bilan to‘qnashib
qoladi va buning natijasida turli xildagi o‘zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilgan.
Dostları ilə paylaş: