Frustratsiya va shaxsning kelajak rejalari.
Shaxsning belgisi va o‘zini anglashining mazmuni — uning biron maqsadni
ko‘zlashi, shunga intilishidan iborat. Shaxsning muhim xossasi shuki, u biron
maqsadni ko‘zlaydi, shu maqsadga intiladi. Shaxs hamisha biron narsaga, biron
maqsadga, biron obektga ko‘z tikadi, unga intiladi.
XXI asrda ham odam individ, shaxs, subʼekt, komil inson sifatida psixologik
ilmiy tushunchalar negizida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir
tushuncha mohiyatida va ko‘lamida sifat o‘zgarishlari yuz berishi mumkin, chunki
tashqi va ichki omillar, taʼsir etuvchilar, taʼsirlanuvchilar ustuvorligi yo‘qola boradi.
XXI asrda individ, inson, shaxs, subʼekt va komil insonni o‘rganish turli
yo‘nalishlarda, vaziyatlarda, yosh xususiyatlari, alohida yondashish negizida, o‘ziga
xos talhlilga, metodologik asosga suyanib olib boriladi Mustaqillik, istiqlol sharofati
bilan shaxsga oid qarashlar, mulohazalar mohiyati, uning mazmuni va shaklida
o‘zgarishlar yuz beradikim, buning natijasida erkin fikrlash, ochiq shakldagi ilmiy
farazlarni ilgari surish imkoniyati tug‘iladi.
Respublikamizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar xalqimiz, millatimiz
ruhiyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi, ona yurt madhi, ajdodlar
merosidan g‘ururlanish, maʼnaviyat durdonalaridan faxrlanish hislari vujudga
keladi. Vatan va vatanparvarlik tushunchalari o‘zining haqiqiy, chinakam maʼnosini
kasb yetadi. Kishilardagi o‘ta sabr-toqatlilik, itoatkorlik, tashabbuskorlikning
yetishmasligi o‘rnini erkinlik, ijodiyot, mehnat, batamom istiqlolga erishish
zaruriyati, oilaning butligi, to‘kisligi va ularning istiqboli kabi sifatlar, fazilatlar,
yuksak tuyg‘ular, xislatlar egallay boshlaydi. Shaxsning yo‘naltirilganligida
anglangan motivlar asosiy rol o‘ynaydi. Kishi ehtiyoj obʼektini maqsad deb
anglagan holda o‘zining shaxsiy maqsadlarini o‘zi kirgan jamoaning maqsadlari
bilan bog‘laydi va o‘z maqsadlarini tegishli ravishda o‘zgartiradi, mazmunga
to‘zatishlar kiritadi. Kishi faoliyatining natijasini xayolan oldindan belgilab
beradigan maqsadning o‘zigina emas, balki ushbu maqsad ahamiyatiga molik
obʼektda ro‘yobga chiqishining realligi ham anglanilgan bo‘lsa, bu hol shaxsning
istiqboli deb qaraladi. Istiqboli anglaydigan kishiga xos taʼbi xiralik, kechinmalarga
qarama-qarshi o‘laroq ruhsizlik holati frustratsiya deb ataladi.Bu kishi maqsadga
erishish yo‘lida real tarzda bartaraf etib bo‘l maydi deb hisoblangan yoki shunday
deb idrok etiladigan to‘sqinliklarga, g‘ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi.
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va uning o‘zini anglashida turli
xil o‘zgarishlarga olib keladi
Qiziqish - biron bir sohada to‘g‘ri mo‘ljal olishga, yangi faktlar bilan
tanishishga, voqeʼlikni ancha to‘la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan
motivdir.qiziqishning faoliyat jarayonidagi roli benihoyat kattadir. qiziqishlar
shaxsni o‘zida bilim olish,va anglab yetish borasida hosil bo‘lgan ishtiyoqni
qondirish yo‘llarini va usullarini faol tarzda izlashga majbur etadi. Shaxsning
yo‘naltirilganligini ifodalaydigan qiziqishning qondirilishi odamda uning so‘nishiga
olib kelmaydi, aksincha, uni qayta ko‘rgan, boyitgan va chuqurlashtirgan holda
bilish faoliyatining yanada yuksak darajasiga mos keladigan yangi qiziqishlarni
keltirib chiqaradi. qiziqishlar bilishning doimiy qo‘zg‘atuvchi mexanizmi sifatida
namoyon bo‘ladi. Shaxsning ko‘ngildagidek rivojlanishi qiziqishlar miqyosining tor
emas, keng bo‘lishini taqozo etadi. Qiziqishlar barqarorligi darajasiga ko‘ra ham
har xil bo‘lishi mumkin. Shaxsning asosiy ehtiyojlarini eng ko‘proq namoyon
qiladigan va shu boisdan ham uning psixologik tuzilishiga xos hislatlarga aylanib
qoladigan qizi qishlari barqaror hisoblanadi.qiziqishlarning baʼzan barqaror
bo‘lmasligi katta yoshidagi o‘quvchilarning yosh xususiyati hisoblanadi.
Xulq-atvo‘rning muhim motivlaridan biri-eʼtiqoddir. Eʼtiqod-shaxsni o‘z
qarashlariga, printsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko‘rishga daʼvat
etadigan motivlar sistemasidir. Eʼtiqod shaklida namoyon bo‘ladigan ehtiyojlarning
mazmuni - bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar va ularning
muayyan
tarzdagi
tushunilishi
demakdir.
Bu
bilimlar
nuqtai
nazarlar
(falsafiy,estetik,axloqiy, va h.k.) ning tartibga solingan va ichki uyushgan
sistemasini tashkil etgan taqdirda kishining dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi
mumkin.
Motivlar, avvalo, anglanilgani bilan harakterlanadi. Boshqacha qilib
aytganda, motiv (sabab) lar paydo bo‘ladigan kishi uni faoliyatga nimalar daʼvat
etayotganini, uning ehtiyojlari qanday maʼno kasb etishini biladi. Lekin barcha
motivlar ham bu kategoriyaga kiravermaydi. Inson ishlari va xatti-harakatlari
sababiyatining anchagina ahamiyatga molik jabhasi anglanilmagan motivlardan
tarkib topadi.
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘linishi.
Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili А.V.Petrovskiy inson
taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sotsial-psixologik nuqtai nazardan
yondashib, o‘ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida
yuksalish, yetuklikka intilish g‘oyasi yotganligi sababli bolalik, o‘smirlik,
o‘spirinlik davrlari yotadi, holos. А.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning
bir tekis jihatini olib o‘rgangan bo‘lsalar, bundan o‘laroq u shaxs shakllanishining
prosotsial (ijtimoiy qoidalarga rioya qilib) va asotsial (aksijtimoiy) bosqichlari
mavjud bo‘lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun
taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini sharhlab, uning birinchi turi bolalik
davriga to‘g‘ri kelib, ijtimoiy muhitga moslashish, ko‘nikish (adaptatsiya),
ikkinchisi - o‘smirlarga xos individuallashish (individualizatsiya), uchinchichi -
o‘spirinlik, yaʼni yetuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish
(birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi. А.V.Petrovskiy shaxsning
shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishini taʼkidlab o‘tadi.
1. Ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug‘ilgandan to 3
yoshgacha.
2. Bog‘cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha.
4. O‘rta sinf o‘quvchisi (o‘smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha.
5. Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
А.V.Petrovskiyning klassifikatsiyasi qanchalik takomil darajada bo‘lmasin,
taraqqiyotning oraliq bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini
eʼtirof etishga moyildir. Chunki ijtimoiy qoidalarga binoan o‘sishmi yoki
aksilijtimoiymi unga qaramasdan, har ikki yo‘nalishning ham oraliq jabhalari
bo‘lishi ehtimoldan holi emas, lekin bu g‘oyani chuqurroq sharhlab berish joiz.
D.I.Feldshteyn klassifikatsiyasi ham shaxsga ijtimoiy yondashuvga
asoslangan bo‘lsa ham, lekin u А.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi.
D.I.Feldshteynning fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita
katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tadi, ulardan biri - “ Dostları ilə paylaş: |