uchun odamlarning bilimlari borliq to‘g‘risidagi tasavvurlari, shaxsning shaxsiy
tajribalarning yig‘indisi (majmuasi) reflektor harakat tarkibiga kiradi. Shunday qilib,
psixik hodisalar deganda miyaning tashqi ( qo‘rshab turgan olam )
va ichki
fiziologik tizimdagi organizmning holati) taʼsirlarga javobini tushunmoq kerak.
Shuni taʼkidlab o‘tish joizki, I.M. Sechenov psixikaning reflektorligi va
faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi taʼlimotini xaspushlab berdi. Bu ilgor
g‘oya, muhim taʼlimot, nazariya rus olimi I.P.pavlov ( 1849-1936) tomonidan
eksperimental tasdiqlandi va xususiy holatlarda keng kulamda yaqqqollashtiriladi.
I.P.Pavlov ham odamlarning, ham hayvonlarning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati
miya bilan boshqarilishi qonuniyatini ochgan edi. Uning mazkur qonuniyatlarga
ta’luqli qarashlari yig‘indisi birinchi va ikkinchi signallar tizimi to‘g‘risidagi
taʼlimot tarqasida fan olamida arzigulik mavqe egalladi.
Tevarak – atrof muhitdagi narsa va hodisalarning ko‘rinishi, eshitilishi, hid
tarqatish, yengil yoki og‘irligi, qattiq yoki yumshoqligi kabilar hayvonlar uchun
shartsiz qo‘zg‘atuvchi signal bo‘lib xizmat qiladi, keyinchalik ular shartli refleksga
aylanishi mumkin. Hayvonlar o‘z xatti-harakatlarida, I.P.Pavlov taʼbiri
bilan
aytganda, birinchi signallar sistemasining signallari(«birinchi signallar«)ga rioya
etadilar. Binobarin, ularning psixik faoliyati birinchi signallar sistemasi bosqichida
amalga oshadi va unga o‘zluksiz ravishda amal qiladi. Inson faoliyati va xulq-atvori
uchun ham birinchi signal sistemasining signallari (yaqqol, tasavvurlar, timsollar,
obrazlar ) ularni boshqarishi, yo‘naltirish, harakatlantirishi faollashtirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Masalan, yo‘l qoidalari, avtomobil, elektrovoz signallari, xavf-
xatar belgilari shaxs uchun muhim rol o‘ynaydi.
Shuni unutmaslik kerakki,
insonning xulq-atvorini signal qo‘zg‘atuvchilar mexaniq ravishda boshqarmaydi,
balki mazkur qo‘zg‘atuvchilarning miyaga o‘rnashib qolgan timsollari, yaʼni
signallari boshqarib turadi. Muayyan timsolga ega bo‘lgan timsollar narsa va
hodisalar to‘g‘risida signal jo‘natadi, buning natijasida insonning xatti-harakatini
boshqarib turadi.
Odamlarda hayvonlardan farqli o‘laroq, birinchi signallar sistemasi bilan bir
qatorda ikkinchi signallar sistemasi ham mavjuddir. Ikkinchi signallar sistemasining
signallari odamlar tomonidan talaffuz etilgan, qabul qilingan, eshitilgan, o‘qilgan
tushunchalar va so‘zlardan (« ikkinchi signallari»dan ) tashkil topadi.Odatda
birinchi signallar sistemasining signallar, o‘z navbatida so‘zlar bilan almashtiriladi,
o‘zatiladi. So‘z birinchi signallar sistemasi signallari o‘rnini bosishi,
umumlashtirishi va ular vujudga keltiradigan jamiki
xatti-harakatlarni amalga
oshirishi mumkin. Signalning ko‘zatuvchilari bilan ularning miyada so‘zlarning
mazmuni, mohiyati, maʼnosi tarzida mujassamlashuvini o‘zaro tafovutlash
maqsadga muvofiq. Mobodo, so‘zning maʼnosi shaxsga tanish bo‘lsa, u holda uning
xulq-atvorini boshqara oladi, tabiiy yoki ijtimoiy muhitga moslashuvini
taʼminlashga yordam ko‘rsatadi.Аgarda so‘zning maʼnosi notanish bo‘lsa, u odamga
faqat birinchi signallar sistemasining signallari tarzida taʼsir o‘tkazadi yoyinki shaxs
uchun mutlaqo qiymatsiz, ahamiyatsiz narsaga aylanib koladi. Yuqoridagi
mulohazalardan qilib chiqqan holda psixika obʼektiv borliqning subʼektiv obrazning
voqilik tarzida miyada aks etishi deb baholash mumkin.
Psixikaning aks ettirish imkoniyatini to‘g‘ri, oqilona talqin qilish uchun bilish
nazariyasi, bilish manbalari,
shakllari, uslublari, haqiqatni o‘lchash mezonlari,
vositalari, yo‘llari kabilarga ilmiy yondashish lozim. Psixikani o‘rganishda obʼekt
bilan subʼektning hamkorlikdagi xatti-harakatini hisobga olish shaxsning borliq
to‘g‘risidagi bilimlarning chinligi, inʼikosning o‘xshashligi muammolar yechimini
topishga puxta negiz hozirlaydi.
Psixologiya fani psixikani o‘rganishning tadqiqot metodlariga, yaqqol
vazifalariga, izlanishning rang-barang mavzulariga ega bo‘lib,
vaziyat va shart-
sharoitidan kelib chiqqan holda ularga murojaat qiladi.
Psixika faollik xususiyatiga ega bo‘lib, u mayllarda, maqbul yechimni
qidirishda, xatti-harakat variantlari ehtimolligini hayoldan o‘tkazishda, undashda,
turtkillarda o‘z ifodasini topadi. Xuddi shu bois psixik aks ettirish ( inʼikos) sust
narsa emas, balki u harakat, xatti-harakat, taʼsir, o‘zaro taʼsir kabilarni tanlash,
qiyoslash, izlash, ajratish bilan bevosita alaqador shaxs faoliyatining muhim jabhasi
sanaladi.
P.K.Аnoxin va А.N.Berenshteyn nazariyalariga asoslangan holda psixikaning
mavjudligi harakatning izchil dasturini(programasini) tuzish, oldiniga ichki rejada
ish
bajarish, xulq-atvordagi ehtimol ko‘rinishlarini tanlash, bosqichlarini amalga
oshirish tufayli harakat qilish imkoni tug‘iladi.
Tabiatshunos olimlarning mulohazalaricha, biologik evolyutsiya jarayonida
shaxs psixikasi xulq-atvorini boshqarishning alohida apparati tarzida paydo bo‘ladi,
sifat jihatidan o‘zgarib boradi. Ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabat, jamoaviy,
oilaviy turmush (hayot) qonunlari, qonuniyatlari taʼsiri
ostida odamlar shaxsga
aylana boshlaydi ( ijtimoiylashuv natijasida), ularning har birida mikromuhitning,
kamol topgan tarixiy sharoitning izlari o‘z aksini qoldiradi. Umumiylik (etnik) bilan
xususiylik (shaxslilik) o‘rtasida o‘zaro uyg‘unlik hukm sursada lekin alohida
olingan insoniylik xulq-atvori, xatti- harakatlari shaxsiy xususiyat kasb etadi.
Yuqorida yuritilgan mulahazalardan kelib chiqqan holda psixologiya faniga
taʼrif berish mumkin.
Psixologiya – voqelikning miyada obraz tarzida yuzaga
Dostları ilə paylaş: