3.2. Korxona balansining likvidligi tahlili
Ma’lumki, balans aktividagi mablag‘lar naqt pulga aylansa, balans passividagi
majburiyatlarni qaytarish mumkin. Balans likvidligi — balansning aktiv tomonidagi
bir davrga borib naqt pulga aylanadigan mablag‘lar bilan shu davrda qaytariladigan
majburiyatlarni solishtirish demakdir.
Demak, balans likvidligi korxonaning boshqa korxona va tashkilotlar bilan
iqtisodiy aloqalar darajasini ko‘rsatadi. Ko‘rinib turibdiki, balans likvidligi moliyaviy
mustahkamlik
singari,
korxonalar
moliyaviy
holatini
ifodalovchi
asosiy
ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Balans likvidligi tahlilini boshlamasdan oldin quyidagi savollarga javob
berishimiz zarur.
1. Balans likvidligini, korxonaning butun majburiyatlarini, uzoq va qisqa
muddatga olingan qarzlar bo‘yicha aniqlash kerakmi, yoki faqat qisqa muddatga
olingan qarzlar bo‘yicha aniqlash kerakmi?
2. Balans likvidligi va korxonaning qarzlarini to‘lashga, qodirligi bir mazmunga
egami, yoki har xil mazmunga egami?
3. Balans likvidligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni chegaralash kerakmi va bu
chegaralangan ko‘rsatkichlar nima bilan aniqlanadi?
Xorijiy mamlakatlarda balans likvidligi tahlil etilganda korxonaning butun
majburiyatlari va ham uzoq ham qisqa muddatga olingan qarzlar bo‘yicha hisob-kitob
olib boriladi. Iqtisodiy adabiyotimizda, uslubiy ko‘rsatmalarda balans likvidligini
tahlil qilishda faqat qisqa muddatga olingan qarzlar e’tiborga olinadi.
Tashqaridan olingan qarzlarning hammasini — uzoq va qisqa muddatga olingan
qarzlarni qaytarib berish kerak bo‘lgandan keyin balans likvidligi bizni sharoitimizda
ham tahlil etilganda qisqa muddatga olingan qarzlar bilan chegaralanmasdan, uzoq
muddatga olingan qarzlar e’tiborga olinsa korxonalar balansining likvidligi to‘liqroq
baholanar edi. Bu holat bizning iqtisodiy adabiyotda o‘z o‘rnini topgan, lekin balans
48
likvidligini umuman korxona miqyosida aniqlaganda emas, korxona aktivlarini turlari
bo‘yicha balans likvidligi tahlil etilganda amalga oshiriladi.
Balans likvidligi va qarzlarni qaytarib berishda qodirligi to‘g‘risida gap
borganda, bir guruh iqtisodchilar ularni bir biridan ajratishadi, farqlanadi. Masalan,
qarzlarni qaytarib berishga qodirligi, (platejesposobnostь) umuman korxona
majburiyatlariga — uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlarga nisbatan, balans
likvidligi esa faqat qisqa muddatga olingan qarzlarga nisbatan aniqlanadi.
Bunday chegaralashga asos bor. Chunki uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlar
e’tiborga olinsa, korxonaning umuman potentsial qarzlarni qaytarib berishga qodirligi
ko‘rsatiladi. Balans likvidligi qisqa muddatga olingan qarzlar bo‘yicha aniqlanar
ekan, korxonalar iqtisodiy jihatdan nochor holatga tushib qolganda, ularni bankrot
deb e’lon qilish paytida foydalaniladi.
Fikrimizcha, balans likvidligi va qarzlarni qaytarib berishga qodirligi bir xil
mazmunga ega. Ikkala ko‘rsatkichlarda ham tashqaridan olingan majburiyatlarni
qaytarish to‘g‘risida gap ketyapti. Bozor munosabatlari davrida qisqa muddatga
olingan qarzlar kengroq foydalanilganligi uchun amaliyotda balans likvidligi nomli
ko‘rsatkichga, ya’ni qisqa muddatga olingan qarzlarga nisbatan aniqlanayotgan
ko‘rsatkichga ko‘proq e’tibor berilmoqda.
Shunday qilib, balans likvidligi kengaytirilgan va qisqa mazmunda aniqlanishi
lozim. Kengaytirilgan mazmunda olinadigan bo‘lsa, balans likvidligi korxonada ham
uzoq, ham qisqa muddatga olingan butun qarzlarni qaytarib berishga qodirligini
ko‘rsatsa, qisqartirilgan mazmunda olinadigan bo‘lsa, balans likvidligi korxonada
faqat qisqa muddatga olingan qarzlarni qaytarib berishga qodirlikini ko‘rsatib berishi
kerak.
Pirovardida, uchinchi muammo — balans likvidligini tahlil etish uchun
foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi to‘g‘risida.
Iqtisodiy adabiyotda balans likvidligini tahlil qilish uchun tavsiya qilingan
ko‘rsatkichlar keng va har xil bo‘lib, ular bir tizimga solinmagan, turkumlashmagan,
tavsiflanmagan.
Balansning likvidlik xususiyati bozor munosabatlarining asosiy talablaridan
biridir. Korxona likvidlik xususiyatiga ega bo‘lsa, bu korxona xalq xo‘jaligi
majmuasida faoliyat yuritishi mumkin. Agar korxona balansi bu xususiyatga ega
bo‘lmasa, u boshqa korxona va tashkilotlar bilan me’yoriy ravishda iqtisodiy
aloqalarni olib borolmaydi va faoliyat yuritishi og‘irlashib ketadi. Demak, balans
likvidligi katta ahamiyatga ega bo‘lib, uni tahlil qilib turish ob’yektiv zaruratga
aylanadi.
Balans likvidligi uch shaklda ifodalanadi.
1. Balans likvidlik ko‘rsatkichlari korxonaning mablag‘ elementlarini naqt pulga
aylanish jarayonini ko‘rsatadi.
2. Balans likvidligi korxonalarning olingan qarzlarini qaytarib berishga qodirlik
darajasini ko‘rsatadi.
3. Balans likvidligi korxona aktivlari, aylanma mablag‘lari bilan korxonaning
umumiy majburiyatlari, qisqa muddatga olingan qarzlar o‘rtasidagi nisbat asosida
aniqlanadi.
Balans likvidligining kerakli darajada bo‘lishi - bu korxona faoliyatini davom
49
etishi, boshqa korxona va tashkilotlar — ta’minotchi, kreditor, bank organlari va
davlat budjeti bilan me’yoriy iqtisodiy aloqalarni davom ettirish kafolatidir. Bozor
munosabatlari murakkab bo‘lib, bu vaziyatda korxona balansi likvidlik xususiyatiga
ega va ega bo‘lmasligi mumkin. Balansning likvidligi tasodifan, vaqtincha, uzoq
muddatli va doimiy bo‘lishi mumkin. Lekin amaliyot talabi — korxonalar balansi
likvidlikka ega bo‘lishidir.
Balans likvidligini tahlil qilish korxonalar faoliyatida uchraydigan ko‘p
muammolarni mavjud ekanligini va ularni tez fursatda yechish zarurligini ko‘rsatib
beradi. Bunday muammolar tarkibida quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- korxona mablag‘larini noto‘g‘ri joylanishi va uni bartaraf etish yo‘llarini
topish;
- korxona aktivlarini realizatsiya qilishni tezlashtirish imkoniyatlarini topish;
- korxonada ortiqcha mablag‘lar paydo bo‘lgan zamonoq bank va
ta’minlovchilar bilan hisob-kitoblarni tezlashtirish;
- sotilmagan tovarlar va debitorlik qarzlarining qoldig‘i oshib borsa, ularni
kamaytirish yo‘llarini topib, amalga oshirish;
- korxonalarni bankrotlikka uchrashdan saqlab qolish.
Korxona balansi likvidlik darajasining o‘zgarishi quyidagi omillar ta’siri ostida
bo‘lishi mumkin:
Birinchidan, korxona aylanma mablag‘larining ko‘payishi yoki kamayishi.
Ikkinchidan, korxona majburiyatlari, olingan qarzlarning kamayishi yoki
ko‘payishi.
Uchinchidan, umumiy aylanma mablag‘lar tarkibida moddiy aylanma
mablag‘lar bilan pul aylanma mablag‘lar o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi.
To‘rtinchidan, pul aylanma mablag‘lar tarkibida naqt pullar bilan debitorlik
qarzlari o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi.
Korxonalarda foydalanilayotgan aylanma mablag‘larni alohida elementlarini har
xil muddatda naqd pul mablag‘lariga aylanishi va korxona majburiyatlarini har xil
muddat o‘tishi bilan qaytarilishiga ko‘ra korxonalar balansi likvidligi ikki shaklda
aniqlanadi:
1. Umuman mablag‘lar va korxona majburiyatlari bo‘yicha, ularni asosiy
ko‘rsatkichlar deyish mumkin.
2. Korxona mablag‘larini alohida elementlari va majburiyatlarni qaytib berish
muhlatiga qarab, ularni qo‘shimcha ko‘rsatkichlar deb atash mumkin.
Iqtisodiy adabiyotda korxonalar balanslari likvidligini tahlil etish uchun har xil
tizimdagi ko‘rsatkichlar tavsiya etilgan. A.D. Sheremet va R.S.Sayfulin o‘z
monografiyasining
«Balansning
likvidligi
tahlili»
bo‘limida
qo‘shimcha
ko‘rsatkichlardan,
«Moliyaviy
koeffitsientlar
tahlili»
bo‘limida
asosiy
ko‘rsatkichlardan foydalanganlar.
V.G.Artyomenko va M.V.Bellendir ham balans likvidligini tahlil qilishda asosiy
va qo‘shimcha ko‘rsatkichlardan foydalanishgan.
I.T.Abdukarimov balans likvidligini tahlil etish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni
tavsiya etgan: qoplash koeffitsienti; tez fursatda likvidlik koeffitsienti; mutlaq
likvidlik koeffitsienti; pok aylanma mablag‘lar; foydalaniladigan kapitalning
chaqqonlik koeffitsienti; umumiy kapitalning chaqqonlik koeffitsienti.
50
A.N.Li va S.I.Shevchenko balans likvidligini tahlil etish uchun quyidagi
ko‘rsatkichlardan foydalanishgan: joriy likvidlik (qoplash) koeffitsienti; mutlaq
likvidlik koeffitsienti; harakatchan likvidlik; ishchi kapitalning samaradorligi;
qarzlarning o‘sish omili.
A.T.Ibrohimov balans likvidligini tahlil etish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni
tavsiya etadi: likvidlik darajasi; qoplashning o‘tish koeffitsienti; likvidlikning
umumiy koeffitsienti; toza tushum koeffitsienti.
Ko‘rinib turibdiki, mualliflar har xil tizimdagi ko‘rsatkichlardan foydalanishgan.
Bir xil ko‘rsatkichlarga har xil nomlar berishgan va tavsiyalar tarkibida balans
likvidligiga aloqasi bo‘lmagan ko‘rsatkichlardan foydalanishgan. Masalan, sof
tushum koeffitsienti, ishchi kapitalning samaradorligi, pok aylanma mablag‘lar va
xokazo.
Demak, balans likvidligini tahlil qilishni boshlamasdan oldin likvidlik
ko‘rsatkichlari tizimini aniqlab, tamoyillarini yoritib olishimiz lozim. Fikrimizcha bu
tamoyillar quyidagilardan iborat:
-
tanlagan ko‘rsatkichlar balans likvidligiga taalluqli bo‘lib, uning
shakllanishlarini ifodalashi lozim;
- likvidlik ko‘rsatkichlari bevosita likvidlik darajasini o‘lchashi yoki likvidlikka
tasir ko‘rsatuvchi omillar ta’sirini aniqlashi kerak.
- likvidlik ko‘rsatkichlari korxona aktivlarini naqt pulga aylanish jarayonini
ifodalashi lozim;
- balans likvidligini aniqlash uchun asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlardan
foydalanish lozim.
- balans likvidligiga ta’sir qiluvchi omillarni, shart-sharoitlarning ta’sirini
o‘lchaydigan omilli ko‘rsatkichlarni aniqlash.
Asosiy ko‘rsatkichlar korxonaning umuman aktivlari va majburiyatlari
o‘rtasidagi
nisbatni,
qo‘shimcha
ko‘rsatkichlar
korxona
aktivlari
va
majburiyatlarining alohida elementlari o‘rtasidagi nisbatni ifodalashi kerak.
Yuqorida ko‘rsatilgan tamoyillarga asoslanib, balans likvidlik ko‘rsatkichlar
tizimini shakllaymiz va balans likvidligini tahlil etamiz.
Balans likvidligi ko‘rsatkichlari quyidagi guruhlardan iborat bo‘lishi lozim:
asosiy ko‘rsatkichlar; qo‘shimcha ko‘rsatkichlar; omilli ko‘rsatkichlar.
Asosiy ko‘rsatkichlar sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi, tahlil etiladi:
1. Umumiy likvidlik koeffitsienti.
2. Joriy likvidlik koeffitsienti.
3. Xususiy yoki o‘tuv likvidlik koeffitsienti.
4. Mutlaq likvidlik koeffitsienti.
Umumiy likvidlik koeffitsienti korxonaning o‘zi butun aktivlaridan foydalanib,
majburiyatlarini, tashqaridan uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlarni qaytarib
berishga qodirligini ifodalaydi. Demak, bu koeffitsient korxonaning butun
imkoniyatlarini, salohiyatini ko‘rsatadi hamda bu korxona bilan aloqador bo‘lgan
barcha korxona, organ va tashkilotlar uchun katta ahamiyatga ega.
lari
majburiyat
Korxona
aktivlari
Korxona
i
koeffisent
likvidlik
Umumiy
Korxona aktivlari uzoq muddatli aktivlardan va joriy aktivlardan, korxona
51
majburiyatlari esa uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlardan iborat.
Demak, umumiy likvidlik koeffitsienti korxonalarni butun olingan qarzlarni —
ham o‘zoq, ham qisqa muddatga olingan qarzlarni o‘zining butun aktivlari hisobidan
qaytarishiga
qodirligini
ko‘rsatadi.
Balans
likvidligining
boshqa
asosiy
ko‘rsatkichlari faqat qisqa muddatga olingan qarzlar bo‘yicha aniqlanadi. Ulardan
birinchisi joriy likvidlik koeffitsienti. Bu koeffitsient adabiyotda qoplash likvidlik
koeffitsienti deb ham ataladi.
Joriy likvidlik koeffitsientining mazmuni quyidagilar bilan ifodalanadi:
- qisqa muddatga olingan qarzlar — bank kreditlari, kreditorlik qarzlar,
korxonaning joriy aktivlari bilan qanday ta’minlangan?
- korxona joriy majburiyatlarining har bir so‘miga nisbatan korxonaning qancha
joriy aktivlari to‘g‘ri kelyapti?
- korxonaning joriy majburiyatlari uning umumiy aylanma mablag‘lari bilan
qanday qoplanyapti?
- agar joriy likvidlik koeffitsienti haddan tashqari yuqori bo‘lsa, Demak,
korxonada moddiy aylanma mablag‘lar, debitorlik qarzlari talabdan tashqari ko‘payib
ketgan. Bu demak, aylanma mablag‘larni aylanishini susaytiradi, korxonaning
moliyaviy holati yomonlashadi;
- agar joriy likvidlik koeffitsienti pasayib boraversa, tavakkallik (risk) kuchayib,
korxonada joriy majburiyatlardan qutilish imkoniyatlari kamayib boradi;
- joriy likvidlik koeffitsientiga korxonada mavjud ishlab chiqarish davrining
uzunligi ta’sir ko‘rsatadi.
Joriy likvidlik koeffitsienti ham umumiy likvidlik koeffitsientiga o‘xshab,
korxona majburiyatlaridan foydalanishdagi uning imkoniyatlari va salohiyatini
ko‘rsatadi. Umumiy likvidlikda bu salohiyat korxonaning hamma majburiyatlariga
nisbatan olinsa, joriy likvidlikda faqat qisqa muddatga olingan qarzlarga nisbatan
olinadi.
Nima uchun joriy likvidlik koeffitsienti korxona salohiyatini ko‘rsatadi,
deyilganda shuni e’tiborga olish kerakki, korxona o‘z joriy majburiyatlaridan qutilish
uchun moddiy aylanma mablag‘larini tayyor mahsulotga aylantirib, uni sotishi kerak,
debitorlik qarzlarni oldin undirish zarur.
Joriy likvidlik koeffitsienti korxona aktsiyalarining egalari va bu korxona bilan
aloqadagi korxonalar va tashkilotlar uchun katta ahamiyatga ega.
Joriy likvidlik koeffitsienti korxonadagi butun aylanma mablag‘larni, ya’ni
moddiy aylanma mablag‘larni va pul aylanma mablag‘larni qisqa muddatga olingan
qarzlarga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni
lar
majburiyat
Joriy
aktivlar
Joriy
i
koeffisent
likvidlik
Joriy
Yuqorida
aytilganidek,
korxonalarning
o‘z
majburiyatlaridan qutilish
imkoniyatlariga ega bo‘lishi uchun uning aylanma mablag‘lari tez fursatda naqt pulga
aylanib turishi kerak.
Joriy likvidlik koeffitsienti butun aylanma mablag‘lariga asoslanib aniqlanar
ekan, zaxira va xarajatlarni tayyor mahsulotga aylantirib, sotish kerak, debitorlik
qarzlarni oldin undirish lozim. Bu koeffitsient korxonalarni qisqa muddatga olingan
qarzlardan qutilishdagi salohiyatini, imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
52
Demak, korxona balansining amaliy likvidligini aniqlash uchun boshqa likvidlik
koeffitsientlarini ham aniqlash lozim.
Xususiy, tezlik yoki o‘ta likvidlik koeffitsient pul aylanma mablag‘lari bilan
qisqa muddatga olingan qarzlar o‘rtasidagi nisbat asosida aniqlanadi va qisqa
muddatga olingan qarzlarni pul aylanma mablag‘lari bilan qoplanish darajasini
ko‘rsatadi, ya’ni:
lar
majburiyat
Joriy
lari
mablag'
Pul
i
koeffisent
likvidlik
Xususiy
.
Amaliyotda xususiy likvidlik koeffitsientning yuqori bo‘lishi hamma vaqt ham
korxona balansining yuqori likvidligini ifodalamaydi, chunki bu vaziyat ko‘p
debitorlik qarzlar hisobidan bo‘lishi mumkin. Demak, bu koeffitsientdan korxona
salohiyatini, qarzlarini qaytib berishdagi imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Bu koeffitsient
shunga qaramasdan bank va boshqa tashkilotlar uchun katta ahamiyatga ega.
Korxonalar balansi likvidligini tahlil qilishda eng asosiy ko‘rsatkich sifatida mutlaq
likvidlik koeffitsienti aniqlanadi.
Mutlaq likvidlik koeffitsienti korxonaning naqd pul mablag‘lari bilan qisqa
muddatli korxona majburiyatlarini korxonaning naqd pul mablag‘lari bilan qoplanish
darajasini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich korxona naqd pul mablag‘larini (kassadagi,
hisob-kitob va valuta schyotlardagi) qisqa muddatga olingan qarzlarga bo‘lish yo‘li
bilan aniqlandi, ya’ni,
lar
majburiyat
Joriy
pullar
Naqd
i
koeffisent
vidlik
Mutlaq uut
.
Shunday qilib, korxona aktivlari naqd pulga aylanish nuqtai nazaridan, korxona
tomonidan o‘z majburiyatlaridan qutilish imkoniyatlarini nazarda tutganda balans
likvidligini tahlil etish uchun yuqorida ko‘rsatilgan koeffitsientlardan foydalanish
mumkin. Amaliyot shuni tasdiqladiki, korxonalar ularning darajasi zaruriy,
tasdiqlangan me’yoriy darajada bo‘lishi lozim.
Bu darajalar qabul qilingan me’yoriy darajada bo‘lishi kerak:
1. Umumiy likvidlik koeffitsienti ≥ 2,0 yoki 200 foiz; undan yuqori
2. Joriy likvidlik koeffitsienti ≥ 2,0 yoki 200 foiz; undan yuqori
3. Xususiy likvidlik koeffitsienti ≥ 1,0 yoki 100 foiz; undan yuqori
4. Mutlaq likvidlik koeffitsienti ≥ 2,0 yoki 20 foiz; undan yuqori.
Balans likvidligi murakkab muammo bo‘lib, unga bir qancha omillar, shart-
sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli balans likvidligini tahlil qilishda asosiy
ko‘rsatkichlar bilan birga qo‘shimcha ko‘rsatkichlar ham foydalaniladi.
Shunday qilib, korxonalar balansi likvidligini tahlil etish moliyaviy tahlilning
eng asosiy bosqichlaridan biri bo‘lib, korxonalarning hayot-momotini, ularni bankrot
bo‘lish yoki kelgusida faoliyat kechirish muammolarini ochishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |