Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati


Nome’yoriy moliyaviy mustahkamlikka



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

3. Nome’yoriy moliyaviy mustahkamlikka uchragan korxonalarni jonlantirish 
bo‘limiga tushib qolgan kasallar bilan taqqoslash mumkin. Bu korxonalarda 
moliyaviy holatni yaxshilash uchun kerakli tadbirlar amalga oshirilmasa, ularning 
faoliyati to‘xtab qolishi turgan gap. 
Hayot shuni tasdiqlayaptiki, murakkab bozor munosabatlari davrida nome’yoriy 
moliyaviy mustahkamlikka ega bo‘lgan korxonalar ko‘proq uchrab turibdi. 
1. (E
s
: TMZ)x100 < 100%. 
2. (E
t
: TMZ)x100 < 100%. 
3. (E
Σ
: TMZ)x100 ≥ 100%. 
4. Inqirozga uchragan moliyaviy holat 
1. (E
s
: TMZ)x100 < 100%. 
2. (E
t
: TMZ)x100 < 100%. 
3. (E
Σ
: TMZ)x100 < 100%. 
Inqirozga uchragan moliyaviy holat shuni ko‘rsatadiki, na o‘zlik manbalari, na 
uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlar korxonani moddiy aylanma mablag‘larga 
bo‘lgan ehtiyojini qoplamaydi. Demak, korxona o‘z faoliyatini mo‘’tadil ravishda 
davom etolmaydi. Korxona o‘z majburiyatlaridan qutilish imkoniyatiga ega emas. Bu 
sharoitda korxonaga kredit bergan banklar, korxonaning ta’minlovchilari, kreditorlari 
uning ustidan xo‘jalik sudiga arizalar topshirib, korxonani bankrot deb e’lon qilish 
iltimosini havola etishi mumkin. 
Arizalar xo‘jalik sudi organlarida ko‘rib, natijalari ikki xil shaklda bayon 
qilinishi mumkin. 
1. Inqirozga uchragan moliyaviy holatli korxona, agar o‘ziga mablag‘lar bilan 
yordam beruvchi korxona va tashkilotlarni, ya’ni homiylarni topsa yoki kerakli 
organlarning qarorlariga binoan bu korxonani ishlab chiqarish, moliyaviy holatini 
yaxshilash maqsadida tashqaridan boshqaruvchi tayinlangan taqdirda, xo‘jalik sudi 
organlari bu korxonani sanoatda 1,5, qishloq xo‘jaligida bo‘lsa, 2 yil muddatgacha 
sanatsiyaga o‘tkazishi mumkin. 
Bu muhlat tamom bo‘lishi bilan xo‘jalik sudi organlari masalaga yana qaytib, 
korxonaning moliyaviy holati yaxshilangan bo‘lsa, uni ro‘yxatdan o‘chiradi, biroq 
korxonaning moliyaviy holati yaxshilangan bo‘lmasa, uni bankrot deb e’lon qiladi, 
mol-mulki kim oshdi savdosida sotilib, korxona qarzlari egalariga qaytarib beriladi. 
2. Inqirozga uchragan moliyaviy holatli korxona kerakli homiylarni topa olmasa, 
unga tashqaridan boshqaruvchi tayinlanmasa, korxona xo‘jalik sudi organlarining 
qaroriga binoan bankrot deb e’lon qilinadi va mol-mulki kim oshdi savdosida
sotiladi. 
Respublikada bankrot deb e’lon qilingan korxona va tashkilotlar kam emas. 
1999 yili bunday korxona va tashkilotlarni soni 969 ni tashkil etgan. Shunday qilib
moliyaviy mustahkamlikni shakllanishi moliyaviy vaziyatlari umuman quyidagicha 
bo‘ladi: 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin